Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
adolatlilik prinsipi, yaʼni aybdor boʻlmagan shaxsni javobgarlikka tortilishiga yoʻl
qoʻymaslik, sodir etilgan qilmishning isbotlanishi zarurligi, qoʻllanilayotgan jazoning sodir etgan qilmishga mosligi tushuniladi; qonuniylik prinsipi, yaʼni yuridik javobgarlik faqat vakolatli davlat organlari tomonidan faqat qonunda belgilangan tartibda va asosda amalga oshiriladi; gumanizm (insonparvarlik) prinsipi, yaʼni yuridik javobgarlikka tortish jarayonida qonunda belgilanmagan usullarni, vositalarni (qiynoqqa solish, kamsitish va hokazo) qoʻllamaslik tushuniladi; jazoning asoslanganligi prinsipi, yaʼni sut ishni har tomonlama oʻrganib, tahlil qilib, aybni isbotlab keyin jazoni tayinlashi tushuniladi; maqsadga muvofiqlik prinsipi, yaʼni belgilangan jazo yuridik javobgarlikning maqsadiga toʼgʼri kelishi kerak; yuridik javobgarlikning muqarrarligi prinsipi, yaʼni har qanday sodir etilgan huquqbuzarlik uchun javobgarlik qoʻllanilishi shart; ?Hech bir huquqbuzarlik jazosiz qolmasligi lozim; individuallik prinsipi, yaʼni huquqbuzarlik uchun faqat aybdor shaxsning oʻziga javobgarlik qoʻllaniladi. !Shaxsning shaxsiy huquqlaridan biri aybsizlik huquqi hisoblanadi. !Aybsizlik prezumpsiyasi deganda, gumon qilinuvchi yoki sudlanuvchining aybdor ekanligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmaguncha uning qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz hisoblanishi tushuniladi (K 26-m). !Shaxs oʻzining jinoyat sodir etganligini isbotlashga majbur emas. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 83 Fuqarolik jamiyati bu – komil insonlardan tashkil topgan, yaʼni axloqiy maʼdaniyatga tayanadigan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, maʼdaniy bilimlarni egallagan, oʻzaro uzviy aloqadorlikda boʻlgan hamda davlat aralashuvidan xoli boʻlgan jamiyat hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati uchta jihat boʻyicha namoyon boʻladi. Bular: iqtisodiy jihat; siyosiy jihat; maʼdaniy-axloqiy jihat. Fuqarolik jamiyatning iqtisodiy jihati shunda namoyon boʻladiki, fuqarolik jamiyatida xususiy mulkchilik, mulk daxlsizligi, xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti munosabatlari hamda erkin iqtisodiy faoliyatning taʼminlanganligida namoyon boʻladi. Davlat iqtisodiy hayotda shaxs va tashkilotlarning qonuniy iqtisodiy faoliyatlariga aralashmasliklari lozim. Davlat faqat xususiy mulk va mulkdorlarni himoya qilish lozim. Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy jihatini quyidagilar asosida shakllantirish kerak: xususiy mulk huquqi va mulk daxlsizligini taʼminlash kerak; davlat tasarrufidan chiqarish va davlat mulkini xususiylashtirish hamda mulkni osonlashtirish kerak; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi maʼmuriy toʻsiq va cheklovlarni olib tashlash kerak, tadbirkorlikka erkinlik berish bilan huquqni taʼminlash kerak; huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jamiyatning iqtisodiy hayotiga noqonuniy aralashuvlarga yoʻl qoʻyilmasligi kerak; mamlakatning iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish kerak; iqtisodiyotni davlat boshqaruvining markazlashuvidan chiqarish; iqtisodiyotni boshqarishda jamoat, tashkilotlar, fuqorolarning oʼzini ozi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini oshirish lozim. Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy jihatidagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzilmalar quyidagilar: xususiy mulk asosida vujudga kelgan nodavlat notijorat tashkilotlar; shirkat xoʻjaliklari yoki shirkat uyushmalari; ijara xoʻjaliklari; aksiyadorlik jamiyati; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridagi moliyaviy jamgʻarmalar; ishlab chiqaruvchi korporatsiyalar; konsernlar; birlashmalar; fermerlar uyushmalari, tadbirkorlar uyushmalari va hakozo; Fuqarolik jamiyatining siyosiy jihatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi, yaʼni fuqarolik jamiyatning siyosiy jihati huquqiy davlat hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati qurishdan oldin huquqiy davlat yaratilishi zarur. Fuqarolik jamiyatida siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi tuzilmalar quyidagilar: huquqiy davlat; siyosiy partiyalar; ijtimoiy siyosiy harakatlar; Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 84 siyosiy muxolifatning mavjudligi; inson huquqlarini himoya qiluvchi tuzilmalar va h.k. Fuqarolik jamiyatining madaniy-axloqiy jihati yuksak axloq va yuksak maʼdaniy, insoniy munosabatlarga tayanadi, yaʼni har bir inson ulugʻlanadi. Bunda jamiyatdagi insonlar oʻrtasidagi munosabatlarni belgilovchi asosiy mezon inson, uning hayoti, shaʼni, qadr-qimmati kabilar hisoblanadi (K 13-m). Fuqarolik jamiyatining madaniy-axloqiy jihatini shakllantirishning yoʻnalishlari quyidagilar: fuqarolarning erkin va ozod boʻlishini taʼminlash; har bir fuqaroning tengligini, yaʼni qonun oldida barchaning tengligini taʼminlash; ijtimoiy adolatning taʼminlanganligi; jamiyatning har bir aʼzosini fuqarosi sifatida mustaqilligini taʼminlash; toʼgʼri yoʻnaltirilgan taʼlim tizimini yaratish va h.k. Fuqarolik jamiyatining madaniy-axloqiy sohasidagi manfaatlarini aks ettiruvchi tuzilmalar quyidagilar: oila; taʼlim-tarbiya muassasalari; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari; mustaqil OAV; diniy tashkilotlar; milliy maʼdaniy markazlar; koʻngilli jamiyatlar; jamoatchilik fikrini aniqlash va oʻrganish markazlari va boshqa jamoat birlashmalari va tashkilotlari. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling