Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
ijtimoiy foydaliligi, yaʼni huquqiy xulq-atvor jamiyat, shaxs, davlat manfaatlari uchun
foydali boʻlishi va biror bir shaxsga zarar keltirmasligi kerak; ixtiyoriy va ongliligi, yaʼni shaxslar huquqiy harakatlarni jazodan qoʻrqqanligi uchun emas, balki oʻz ixtiyori bilan huquqni hurmat qilganliklari uchun bajarishi lozim; huquq normalariga muvofiqligi, yaʼni shaxsning xatti-harakatlari amaldagi huquq normalariga mos boʼlishi kerak. Huquqiy xulq-atvorni turli xususiyatlarga koʻra tasniflash mumkin. Masalan, davlat va huquq nazariyasida huquqiy xulq-atvor uch turga ajratiladi. Bular: o huquqqa muvofiq xulq-atvor; o yuridik betaraf xulq-atvor; o huquqqa zid xulq-atvor. Huquqiy xulq-atvor tuzilishiga koʻra toʻrt elementdan tashkil topgan. Bular quyidagilar: - subyekt (jismoniy va yuridik shaxslar); - obyekt (moddiy olam neʼmatlari, intellektual faoliyat natijalari, subyektning xulqi hamda shaxsiy va nomulkiy neʼmatlar; - obyektiv tomon huquqiy xulq atvorning harakat yoki harakatsizlik shaklida namoyon boʼlishi hisoblanadi; - subyektiv tomon, yaʼni huquqiy xulq-atvor subyekti harakatlarining motivi, ruhiy holati, masʼuliyatlilik darajasi, ichki kechinmalari subyektiv tomonni tashkil qiladi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 78 Huquqiy xatti-harakat shaxsni huquqiy tartibga solish jarayoniga jalb etilish darajasiga qarab 4 turga boʻlinadi. Bular: faol (aktiv) huquqiy xatti-harakat. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar oʻz aqliy salohiyati, shaxsiy tashabbusi va imkoniyatlariga tayangan holda faol ravishda huquq normalarini amalga oshiradilar va boshqalarni ham huquq normalarini bajarishga daʼvat etadilar va huquq normalarini buzganlarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻladilar; odatdagi huquqiy xatti-harakat. Bunda shaxs doimiy hayotiy faoliyatidan kelib chiqqan holda ortiqcha tashabbus va harakatlarsiz huquq normalariga muvofiq harakat qiladi; konformistik (sust)huquqiy xatti harakat. Bunda shaxslar ijtimoiy muhit taʼsirida, yaʼni odamlarning koʻz oʻngida huquq normalariga rioya qiladilar; marginal huquqiy xatti-harakat. Bunda shaxs jazo tizimidan qoʻrqishi oqibatida huquq normasi talabiga boʻysinadi. Huquqiy xatti-harakatlar tashqi namoyon boʻlish xususiyatiga koʻra ikkiga boʻlinadi. Bular: harakat (aktiv); harakatsizlik (passiv). Huquqiy xatti-harakat huquq sohalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: konstitutsiyaviy huquqiy, maʼmuriy huquqiyxatti-harakat va h.k. Huquqiy xatti-harakat huquqiy qoidalarni amalga oshirish shakllariga koʼra toʻrtga boʼlinadi. Bular: rioya etish, yaʼni huquq normalarda belgilangan qoidalarga amal qilish; bajarish, yaʼni huquq normalarida belgilangan majburiyatlarni bajarish; foydalanish, yaʼni huquq normalarida mustahkamlangan huquqlardan foydalanish; qoʻllash, yaʼni huquq normalari buzilganda vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan huquq normalarida belgilangan qoidalarini huquq normalariga muvofiq qoʻllash hisoblanadi. Huquqiy xatti-harakatni amalga oshirish sohasiga koʻra toʻrtga boʻlinadi. Bular: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, maʼdaniy sohadagi huquqiy xatti-harakat. Huquqiy xatti-harakatni amalga oshirish subyektlariga koʻra beshga boʻlinadi. Bular: jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat, jamoat birlashmalari hisoblanadi. Huquqbuzarlik deganda, shaxsning jamiyat, davlat va shaxs manfaatlariga zarar keltiruvchi yuridik javobgarlikni keltirib chiqaruvchi huquqqa zid aybli harakati yoki harakatsizligi tushuniladi. Huquqqa zid hatti-harakat deganda, shaxslar tomonidan huquq normalarida oʻrnatilgan qoidalarni bajarmaslik yoki ularga rioya qilmaslik tushuniladi. Huquqbuzarlikning 4ta belgisi mavjud: Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 79 Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling