Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

!Ehtiyotsizlik deganda, shaxsning sodir etayotgan harakatlarini huquqqa zidligini
ijtimoiy xavfliligini va oqibatlarini bilgan, tushungan, anglagan holda yoki bilishi kerak 
boʻlgan holda oʻz-oʻziga haddan ortiq ishonib yoki beparvolik bilan ushbu oqibatlarni oldini 
olish mumkin deb oʻylab harakat qilishi tushuniladi (MJTK 12-m) (M: MJTK 52-1-qism, JK 
102-m). 
Huquqbuzarliklar ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra 2 guruhga boʻlinadi. Bular:
 jinoyat;
 nojoʻya xatti-harakat. 
Jinoyat–bu sodir etilganligi uchun jinoyat kodeksida jazo nazarda tutilgan ijtimoiy 
xavfli, aybli qilmish hisoblanadi (JK 14-m). 
Nojoʻya xatti-harakat ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyatga qaraganda kamroq boʻladi va 
shunga qarab nojoʻya xatti-harakatlarga qoʻllanadigan jazolar ham jinoiy jazolardan farq 
qiladi. 
Ijtimoiy xavflilik darajasi quyidagi mezonlarga koʻra aniqlanadi:
 huquqbuzarlikning obyekti hisobga olinadi;
 keltirilgan zararning hajmiga qaratiladi;
 huquqbuzarlikning sodir etish usuli, vaqti va sodir qilish joyi, shuningdek 
huquqbuzarlikning takroran sodir etilishi ham inobatga olinadi;
 huquqbuzarning shaxsi inobatga olinadi. 
Nojoʻya xatti-harakatlarning uchta koʻrinishi bor. Bular:
Fuqaroviy 
huquqbuzarlik 
deganda, 
fuqarolik 
huquq 
va 
majburiyatlarni 
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik tufayli kishilarning mol-mulkiga, 
sogʼligiga, shaʼniga, qadr-qimmatiga zarar yetkazilganligi tushuniladi. Ushbu huquqbuzarlik 
mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalarini buzish 
oqibatida vujudga keladi, shuningdek ushbu huquqbuzarlik natijasida ikki xil zarar mulkiy 
va maʼnaviy zarar yetkaziladi;
Maʼmuriy huquqbuzarlik deganda, shaxsning davlat va jamoat tartibiga, davlat yoki 
shaxsning mulkiga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, atrof-tabiiy muhitga tajovuz 
qiladigan va sodir etilganligi uchun qonunda maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan 
gʻayriqonuniy aybli harakat yoki harakatsizlik tushuniladi (MJTK 10-m);


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 81 
Intizomiy huquqbuzarlik deganda, korxona, tashkilot, muassasalaridagi ichki tartib 
qoidalar hamda xizmat intizomining buzilishi va xodimlar tomonidan xizmat vazifalarini 
bajarmaganligi tushuniladi. Intizomiy huquqbuzarlik uchun intizomiy javobgarlik 
qoʻllanilishi mumkin. 
Baʼzi yuridik adabiyotlarda protsessual huquqbuzarlik ham keltirilgan. 
Protsessual huquqbuzarliklar tezkor qidiruv, tergov va odil sudlovni amalga 
oshirish jarayonida vujudga keladigan huquqbuzarliklar hisoblanadi. 
Yuridik javobgarlik
deganda, huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan huquq 
normalarida belgilangan sanksiyalar asosida davlatning majburlov choralarini qoʻllash 
tushuniladi.Yuridik javobgarlik faqat davlatning vakolatli organlari tomonidangina 
qoʻllaniladi va aybdor deb topilgan shaxs muayyan huquqlaridan mahrum etiladi.Yuridik 
javobgarlik tushunchasini tushunib olish uchun dastavval javobgarlik tushunchasini bilib 
olish lozim. 
Javobgarlik ikki xil maʼnoda tushuniladi. Bular:
o
ijobiy maʼnodagi javobgarlik - maʼsuliyatlilik, yaʼni shaxsning jamiyatdagi oʻz 
oʻrnini, ijtimoiy taraqqiyotdagi rolini va jamiyat ishlaridagi oʻzining ishtirokini chuqur 
anglagan holda harakat qilishi tushuniladi;
o
retrosepiktiv javobgarlik- bu shaxsning harakatlarining salbiy natijalari uchun
huquqni buzganligi uchun muayyan bir huquqlardan mahrum boʻlish shaklida oʻtaydigan 
javobgarligi hisoblanadi. 
Yuridik javobgarlikning belgilari quyidagilar:
 
yuridik javobgarlikning davlat majburlov choralari bilan bogʼliqligi;
 
yuridik javobgarlikning huquqbuzarlik bilan bogʼliqligi;
 
yuridik javobgarlik huquqbuzar shaxs uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, yaʼni 
huquqbuzar bir nechta huquqlaridan mahrum boʻladi;
 
yuridik javobgarlikning turi va hajmi huquq normasining sanksiyasida belgilangan 
boʻladi;
 
yuridik javobgarlik choralari faqat vakolatli davlat organlari tomonidan qonunda 
belgilangan tartibda va shaklda amalga oshiriladi. 
!Yuridik javobgarlikka tortish uchun asos bu huquqbuzarlik. 
!Yuridik javobgarlikdan koʻzlangan maqsad - bu huquqiy-tartibotni muhofaza qilish 
hamda shaxsni tarbiyalash hisoblanadi. 
Bu maqsadlarga erishish uchun yuridik javobgarlik quyidagi funksiyalarni bajaradi:
 
jazolash funksiyasi;
 
huquqni tiklash funksiyasi;
 
maxsus ogohlantirish funksiyasi;
 
umumiy ogohlantirish funksiyasi;
 
tarbiyaviy funksiya (umumiy va maxsus tarbiyalash).


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 82 
!Agarda ogohlantirish funksiyasini amalga oshirish bilan yuridik javobgarlikdan 
koʻzlangan maqsadga erishilsa, shuning oʻzi bilan kifoyalanadi. 
Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud: 
1. Jinoiy javobgarlik jinoyat sodir etilganda kelib chiqadi; 
2. Maʼmuriy javobgarlik maʼmuriy huquqbuzarlik natijasida kelib chiqadi. 
3. Fuqoroviy huquqiy javobgarlik, yaʼni fuqaroviy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga 
nisbatan qoʻllaniladi va ular tomonidan yetkazilgan hamda maʼnaviy zararni qoplash bilan 
bogʼliq majburiy taʼsir chorasi qoʻllanilishi tushuniladi; 
4. Intizomiy javobgarlik korxona, tashkilot, muassasalarida belgilangan ichki tartib 
qoidalarini buzish jarayonida kelib chiqadi. Intizomiy javobgarlik Mehnat kodeksi, korxona, 
tashkilot, muassasalarning ichki tartib qoidalari yozilgan ustavlari yoki nizomlarida 
belgilangan boʻladi. 
Yuridik javobgarlikni belgilashda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling