Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Fransuz olimi Devid tomonidan yaratilgan nazariya boʻyicha huquq oilalari Roman-
german, Anglo-sakson hamda Sotsialistik huquq oilalarga ajratiladi; Nemis olimi Svaygert nazariyasi boʻyicha huquq oilasi sakkizta oilaga ajratilgan. Bular: Roman-german, Anglo-sakson, Odat-an’anaviy, Musulmon huquq oilasi, Skandanaviya huquq oilasi, Hind huquq oilasi, Lotin amerika huquq oilasi hamda Afrika huquq oilalari hisoblanadi. Roman-german huquq oilasiga kiradigan huquqiy tizimlarning oʻziga xos belgilari quyidagilar: yozma huquqning mavjudligi; huquqning yagona iyerarxik tizimi mavjudligi; huquqning ommaviy va xususiy huquqqa bo’linishi; huquq tizimining tarmoqlarga boʻlinishi; kodekslashtirishning mavjudligi va asosiyligi Roman-german huquqiy oilasini ikki guruhga ajratamiz.Bular: 1- Rim-fransuz huquqiy guruhi (Ispaniya, Fransiya, Belgiya, Gollandiya va bosh.); 2- German huquqiy guruhi (Germaniya, Shvetsariya, Avstriya va h.k.). Anglo-sakson huquq oilasiga kiradigan huquqiy tizimlarning asosiy belgilari quyidagilar: yuridik pretsedentning mavjudligi; sud pretsedentining huquqning asosiy manbayi ekanligi; odat huquqining mavjudligi, yaʼni yozma huquq bilan birgalikda ogʻzaki huquqning ham mavjudligi. Anglo-sakson huquq oilasiga kiradigan huquqiy tizimlar ikki guruhga boʻlinadi. Bular: 1- AQSh huquqiy guruhi; 2- Ingliz huquqiy guruhi(Buyuk Britaniya, Shimoliy Irlandiya, Kanada, Avstraliya va shu kabilar). Musulmon huquqiy oilasiga kiradigan davlatlarning (M: Eron Islom respublikasi) huquqiy tizimi shariat deb nomlanadi. Shariat arabcha “haq yoʻl” degan maʼnoni anglatadi. Shariat ikki qismdan iborat. Bular: Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 69 Aqida(din qoidalari); Fiqh(huquq qoidalari). Fiqh qoidalari ham ikkiga boʻlinadi.Bular; Muomalat(musulmonlar oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi); Ibodat. Shuningdek musulmon huquqi oilasida uchta oqim mavjud.Bular: sunniylik, shialik, havorijlik. Sunniylikning 4ta maktabi mavjud. Bular: Hanafiylik (Imomi A’zam); Molikiylik (Imom Molik); Shofiylik (Imom Shofi’iy); Xanballik (Ahmad ibn Xanbal). Shialikning uchta maktabi bor.Bular: Jafariy; Ismoiliy; Zaydiy. Lotin amerikasi huquq oilasiga kiradigan huquqiy tizimlarning oʻziga xos belgilari quyidagilar: kodekslashtirish mavjud. Shu jihat bilan Roman-german huquqiy oilasiga o’xshaydi, lekin normalar mavjud emas; ayrim davlatlarda huquqiy odat mavjud,ayrim davlatlarda mavjud emas; sud pretsedentidan ham foydalaniladi. Skandinaviya (Norvegiya, Daniya, Finlandiya va.b) huquq oilasiga kiradigan huquqiy tizimlarning asosiy belgilari quyidagilar: kodekslashtirilmagan; sud presedenti muhim oʻrin tutadi; huquqda Skandinaviya davlatlarning ijtimoiy-ma’daniy jihatlari muhim o’rin tutadi; asosiy ijtimoiy munosabatlar yozma va ogʻzaki shartnomalar bilan tartibga solinadi. Hind huquqiy oilasigakiradigan huquqiy tizimlarning asosiy belgilari quyidagilar: hind an’anaviy-odat huquqining mavjudligi; huquqida varna, kasta qoidalarning mavjudligi. Afrika huquqi oilasiga kiruvchi huquqiy tizimlarning asosiy belgilari quyidagilar: odat huquqining ustuvorligi; odat huquqi guruh huquqi hisoblanishi; arbitraj – hakamlik sudining mavqei balandligi; qasam ichishga majbur qilinadi. Huquqiy tartibga solish Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 70 Huquqiy tartibga solish deganda, ijtimoiy munosabatlarga huquq normalari yordamida ularni tartibga solish maqsadida taʼsir etish jarayoni tushuniladi. !Tartibga solish lotincha “regulyativ” soʻzidan olingan boʻlib “qoida”,“yoʻlga qoʻyish”, “bir narsani ikkinchisiga muvofiqlashtirish” degan maʼnolarni anglatadi. !Taʼsir etish tushunchasi esa “biror narsani oʻzgartirishga erishish” degan maʼnoni anglatadi. Huquqiy tartibga solish ikki xil shaklda amalga oshiriladi. Bular: huquqiy munosabatlar orqali hamda huquqiy munosabatlardan tashqarida. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling