Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
, tadbirkorlik huquqi,
soliq huquqi tarmog’i kabilar. Bundan tashqari milliy huquq tarmoqlariga kirmaydigan xalqaro huquq tarmogʻi ham mavjud. Xalqaro huquq tarmogʻi xalqaro subyektlar, yaʼni davlatlar, xalqlar, millatlar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmog’i hisoblanadi. Xalqaro huquq manbalari quyidagilar bo’lishi mumkin: xalqaro shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, deklaratsiyalar, billar, konvensiyalar, paktlar va shunga oʻxshash boshqa xalqaro- huquqiy hujjatlar, shuningdek BMT tomonidan qabul qilingan boshqa hujjatlar ham boʻlishi mumkin. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 59 Qonunchilik tizimi deganda, huquqning mazmuni va ichki tarkibiy tuzilishini rasmiylashtiruvchi, moddiylashtiruvchi normativ-huquqiy hujjatlar yigʻindisi tushuniladi. Qonunchilik tizimini turlicha tasniflash mumkin. Bular quyidagilar: I. Qonunchilik tizimining gorizontal tuzilishi. Bunda qonunchilik tizimi sohalari boʻyicha tasniflanadi, yaʼni huquqiy tartibga solish predmeti boʻyicha tasniflanadi. Misol uchun, mehnat huquqiy munosabatlarni mehnat huquqiy normalari tartibga soladi; II. Qonunchilik tizimining vertikal tuzilishi.Bunda normativ huquqiy hujjatlar yuridik kuchiga ko’ra iyerarxik tarzda tizimlashtirishadi. Masalan, qonun hujjatlari va qonunosti hujjatlariga ajratish; III. Qonunchilik tizimining kompleks tuzilishi.Bunda huquqiy tartibga solish obyektining xususiyatiga koʻra huquqiy normalar tizimlashtiriladi. Masalan, transport, aloqa, sog’liqni saqlash, suv xo’jaligi, taʼlim kabi sohalardagi qonunchilikni tizimlashtirish. Huquq tizimidan kelib chiqqan holda qonunchilik tizimini ham tizimlashtirish mumkin. Masalan, huquq tizimi – huquq normasi, huquq instituti, huquq sohasidan tashkil topgani kabi qonunchilik tizimini ham – qonunchilik normasi, qonunchilik instituti va qonunchilik sohalarga ajratish mumkin. Qonunchilik va huquq tizimi o’rtasida bir necha farqlar mavjud. Bular quyidagilar: huquq tizimining birinchi elementi huquq normasi bo’lsa, qonunchilik tizimining birinchi elementi modda bo’ladi yoki biror-bir normativ-huquqiy hujjatning qoidasi bo’ladi; qonunchilik tizimi mazmuniga koʻra baʼzida huquq tizimidan kengroq boʻlishi mumkin; huquq tarmoqlarining mazmuni bir xil boʻladi, qonunchilik tarmoqlari esa turli xarakterdagi munosabatlarni tartibga solishi mumkin. Normativ huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish deganda, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish va ularni mantiqiy umumlashtirish tushuniladi Huquqshunoslikda tizimlashtirishning ikkita turi mavjud. Bular quyidagilar: I. Kodekslashtirish; II. Inkorparatsiya. Kodekslashtirish deganda, amaldagi qonunchilik normalarini har tomonlama qayta ishlab va zarur boʻlsa unga jiddiy oʻzgartirishlar kiritish orqali yangi kompleks tizimlashtirilgan normativ-huquqiy hujjat– kodeks qabul qilish tushuniladi. Demak, kodekslashtirishda normativ-huquqiy hujjatlar shunchaki birlashtirmaydi balki bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar mantiqiy birlashtirilib yangi kodeks vujudga keladi Kodeks bu – muayyan huquq sohasidagi eng asosiy va ustuvor normalarni ifoda etuvchi va oʻzida mujassamlashtiruvchi tizimlashtirilgan qonun hujjati hisoblanadi. Agar qonun va kodeks bir vaqtning oʻzida bitta munosabatni tartibga solsa, bunda kodeks yuridik kuchi va tartibga solish imkoniyati jihatidan ustunlik qiladi Kodeksdan tashqari ham kodekslashtirishgan boshqa hujjatlar ham bor. Bular ustav va nizom hisoblanadi Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 60 Ustav - boshqaruvning u yoki bu sohasidagi muayyan organ tashkilot yoki muassasa faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalarni oʻzida aks ettirgan kodekslashtirilgan huquqiy hujjat hisoblanadi. Masalan, Qurolli kuchlar intizomi ustavi. Nizom -muayyan davlat tuzilmalarining yoki jamoat birlashmalarining tashkil etilishi tartibi, tuzilishi, vazifasi, funksiyalari, vakolatlarini belgilovchi kodekslashtirilgan hujjat hisoblanadi. Nizomlar huquq ijodkorligi organlari yoki vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi to’g’risidagi nizom prezident tomonidan, Oliy Majlis palatalarning qoʻmitalari to’g’risidagi nizomni Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senat palatasi tomonidan tasdiqlangan. Inkorparatsiya deganda, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuniga hech qanday oʻzgartirish kiritmasdan ularni alifbo boʻyicha, xronologik tartibda, mavzu bo’yicha yoki boshqa bir tarzda tizimlashtirish tushuniladi. Kodekslashtirishning inkorparatsiyadan farqli jihatlari quyidagilar: Kodekslashtirish qonun chiqaruvchi organ yoki boshqa bir vakolatli organ va mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Inkorparatsiyani esa istalgan shaxs amalga oshirishi mumkin; Kodekslashtirish natijasida yangi normativ huquqiy hujjat yaratiladi va normativ- huquqiy hujjatlarning mazmuniga oʻzgartirish kiritiladi. Inkorparatsiyada esa yangi normativ-huquqiy hujjat yaratilmaydi hamda normativ-huquqiy hujjatning mazmuni ham oʻzgartirilmaydi. Inkorporatsiyaning uchta turi mavjud. Bular: 1.Rasmiy inkorporatsiya.Bunda normativ huquqiy hujjatlar ularni chiqargan organ tomonidan to’plam yoki majmua shaklida tizimlashtiriladi. Masalan, Oliy Majlis axborotnomasi; 2.Norasmiy inkorporatsiya. Bunda normativ huquqiy hujjatlar maxsus vakolatli bo’lmagan shaxslar tashkilotlar tomonidan to’plam yoki majmua shaklida tizimlashtiriladi; 3.Ofitsioz inkorporatsiya. Bunda normativ huquqiy hujjatlar ularni tizimlashtirish vakolatiga ega boʻlgan idoralar tomonidan to’plam yoki majmua shaklida tizimlashtiriladi. Masalan, Adliya vazirligi qonunlarni to’plam holda chop etadi. Qonunlar majmui bu – qonun hujjatlarini toʻplab, ularni qatʼiy tartibda mavzuli tizimlashtirish tushuniladi. Bu inkorporatsiyaning eng yuqori koʻrinishi hisoblanadi. Konsolidatsiya qilish deganda, normativ-huquqiy hujjatlarni jamlash tushuniladi. Konsolidatsiya qilish tizimlashtirishning dastlabki bosqichi hisoblanadi, yaʼni normativ- huquqiy hujjatlar birinchi jamlanib keyin tizimlashtiriladi. Normativ-huquqiy hujjatning tili va uslubi deganda, normativ huquqiy hujjat gramatik qoidalariga qattiq rioya etilgan holda sof adabiy tilda yozilishi zarurligi tushuniladi. Yuridik texnika deganda, normativ-huquqiy hujjatlarni aniq tushunarli va samarali boʻlishini taʼminlash maqsadida ularni ishlab chiqish, rasmiylashtirish va tizimlashtirishning qoidalari, usullari, vositalari majmui tushuniladi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 61 Fransuz olimi Sharl Lui Monteskye yuridik texnikaning quyidagi qoidalari bo’lishi kerak deb aytgan: Qonun aniq va sodda boʻlishi kerak va dabdabadan xoli boʻlishi kerak; Har xil talqin etiladigan tushunchalarni ishlatmaslik kerak; Real masalalarni tartibga solishi kerak hamda mavxumlikdan qochish kerak; Qonunlarda mantiqiy mashqlar bo’lmasligi kerak; Qonunda istisnolar, cheklashlar, eslatmalar koʻp boʻlmasligi kerak; Qonun amaliyot uchun zarur boʻlishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻyiladigan eng asosiy talablar quyidagilar: Bir ijtimoiy munosabatni toʻliq tartibga solishi kerak; Qoidalar aniq boʻlishi kerak hamda mavxum bo’lmasligi kerak; Qoidalar oʻrtasida aloqadorlik bo’lishi kerak; Qoidalarda ziddiyat boʻlmasligi kerak; Qoidani iloji boricha ixcham bayon etish kerak, lekin tushunarsiz ham boʻlib qolmasligi kerak; Muvaqqat va doimiy normalar aniq ajratilgan boʻlishi kerak; Hujjatning tili sodda va aniq boʻlishi kerak; Normativ-huquqiy hujjat yagona mazmunga ega bitta tartibga solish predmetiga ega boʻlishi kerak; Ayni bir masalani tartibga soladigan bir nechta hujjatning qabul qilinmasligi kerak; Huquq ijodkorligi faoliyatida ushbu texnik usullaridan bir xilda foydalanish kerak. Huquqiy tizim Huquqiy tizim tushunchasi yuridik fanga XX asrning soʻnggi choragida kirib kelgan. Huquqiy tizim huquq tizimi bilan bir xil tushuncha emas, ular mutlaq farqli tushunchalar hisoblanadi.Huquqiy tizim juda keng tushuncha hisoblanib, hattoki, huquq tizimini ham o’z ichiga oladi. Huquqiy tizim deganda, muayyan mamlakatdagi, davlatdagi huquqiy hodisalar, vositalar, jarayonlar, prinsiplar, institutlar, muassasalar, huquq ijodkorligi, huquqni qoʻllash, huquqiy amaliyot, huquqiy ong, huquqiy madaniyat va barcha huquqiy tushunchalarning o’zaro mantiqiy bog’liq holdagi ifodasi tushuniladi. Huquqiy tizim muayyan mamlakat va davlat miqyosda amal qiladi, yaʼni huquqiy tizim tushunchasini bir davlatdagi huquqiy voqealikka nisbatan qo’llash maqsadga muvofiq.Masalan: Oʻzbekiston respublikasining huquqiy tizimi, Qozogʻiston respublikasining huquqiy tizimi, Fransiya davlatining huquqiy tizimi va h.k. Huquqiy tizim turli yoʻnalishlardagi tuzilmalarni qamrab oladi, yaʼni huquqiy tizimning tarkibini turli xususiyatdagi elementlar tashkil etadi. Huquqiy tizimning tarkibiy elementlarini quyidagi guruhlarga ajratamiz: Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 62 I. Normativ xususiyatga ega boʻlgan tarkibiy elementlar (rasmiylashtiruvchi). Bular huquq normasi, huquq tizimi, huquq prinsiplari, huquq manbalari, normativ huquqiy hujjatlar; II. Harakat va muayyan jarayon orqali ifodalanadigan tarkibi elementlar (sotsiologik, ijtimoiy).Bular: huquq ijodkorligi, huquqni amalga oshirish, huquqni qoʻllash, huquqiy munosabatlar; III. Gʻoyaviy-mafkuraviy mazmunga bo’lgan tarkibiy elementlar (falsafiy). Bular: huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy tafakkur, huquqiy mafkura, huquqiy ruhiyat, huquqiy tartibot, qonuniylik muhiti; IV.Tashkiliy-institutsional tarkibiy elementlar. Bular: huquq ijodkorligi bilan shugʻullanuvchi yuridik muassasalar, huquqni qoʻllash jarayoni bilan shugʻullanuvchi yuridik muassasalar, huquqiy faoliyat bilan shugʻullanadigan davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va hakozo. Huquqiy islohot deganda, jamiyat huquqiy tizimini isloh qilish, yaʼni uni demokratik yangilash va umumeʼtirof etilgan (umumiy, maxsus va h.k) prinsiplar asosida takomillashtirish tushuniladi. !Lotin tilida "reforma" soʻzi oʻzgartirish, tuzatish, isloh qilish, qayta tashkil etish, yangilash degan maʼnolarni anglatadi. Huquqiy tizimning tarkibiy elementlarini inobatga olgan holda, huquqiy islohotlarning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini ajratib koʻrsatish mumkin: I. Huquqiy tizimni liberallashtirish (erkinlashtirish), yaʼni ushbu yoʻnalishda huquqqa erkinlikni taʼminlash vositasi sifatida qaratiladi. Huquq adolat, erkinlik va tenglik, mulkiy mustaqillik hamda mulk daxlsizligini taʼminlashi kerak. Bunga erishish uchun quyidagi masalalar hal etilishi lozim: Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling