Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Oddiy gipoteza.Huquq normasining harakatga kelishi bir holatning mavjudligi yoki
mavjud emasligiga bog’liq bo’lsa ushbu gipoteza oddiy gipoteza deyiladi (M: FK 22-m. K 38,117-m); Murakkab gipoteza.Agar huquq normasining harakatga kelishi bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq holatlarning bor-yoʻqligiga bog’liq bo’lsa, bunday gipoteza murakkab gipoteza deyiladi (M: K 66,39-m); Alternativ (muqobil) gipoteza.Yuridik normaning harakatga kelishi sanab oʻtilgan holatlardan bittasiga, yo unisiga yo bunisiga bog’liq gipotezaga alternativ gipoteza deyiladi (M: K 95-m. 93-m. 19-band). Dispozitsiyada huquqiy munosabat subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilanadi hamda ularning amalga oshirishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlarning variantlari koʻrsatilgan boʻladi, yaʼni dispozitsiya huquq normasining asosiy tarkibiy elementi hisoblanadi.Huquq normasi dispozitsiyasiz mavjud boʻlmaydi (M: K 1-17-m). Dispozitsiyaning 4ta turi mavjud. Bular quyidagilar: Oddiy dispozitsiyada, xatti-harakat tavsiflab berilmaydi, balki barchaga maʼlum boʻlgan bir tushuncha, iborat, soʻz yoki soʻz birikmasi bilan ifodalanadi (M: JK 97-m. 1- qism); Tavsiflovchi dispozitsiyada, huquq va majburiyat, xatti-harakat yoki huquqbuzarlikning belgilari, xususiyatlari toʻliq bayon etilgan boʻladi (M: 169,153-m); Blanket dispozitsiyada, huquq va majburiyatning belgi va xususiyatlari shu normada koʻrsatilmagan bo’ladi va uning belgi va xususiyatlarini aniqlash uchun boshqa normalarga havola qilingan boʻladi (M: MJTK 110,90-m); Havolaki dispozitsiyada, huquqbuzarlik belgilariga ega bo’lgan o’sha qonunning boshqa normasiga yoki o’sha normaning boshqa qismiga havola qilinadi (M: JK 110-m). Sanksiya–bu huquq normasi buzilgan taqdirda yoki majburiyat bajarilmagan yoki talab etilgan harakat sodir etilmagan hollarda huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan davlatning taʼsir chorasi hisoblanadi. Sanksiya deganda, quyidagilar nazarda tutilishi mumkin Javobgarlik choralari, yaʼni jazolar. Masalan, ozodlikdan mahrum etish, jarima kabilar (MJTK 23-m JK 43-m); Ogohlantirish choralari. Masalan, maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish(MJTK 286-288- m) , o’zboshimchalik bilan qurilgan binolarni buzib tashlash, majburiy da’volash, gumonlanuvchini ushlash kabilar; Muhofaza choralari.Masalan, noqonuniy ishdan boʻshatilgan xodimni ishga qayta tiklash, aliment undirish, yetkazilgan moddiy zararni qoplash, majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash kabilar ( MK, OK, FK); Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 46 Subyektning xulq-atvoridan kelib chiqadigan noxush oqibatlar. Masalan, kasalxonada belgilangan tartibni buzganligi tufayli be’morning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini yo’qotishi. Sanksiyaning turlari quyidagilar: Mutlaq aniq sanksiyalarda, taʼsir chorasining miqdori aniq koʻrsatilgan boʻladi.Masalan, xodimni ishdan bo’shatish, yetkazilgan zararni qoplash kabilar, jarimaning aniq miqdori (MJTK 223-m); Nisbiy aniq sanksiyada, taʼsir chorasi chegarasining eng ozidan eng ko’pigacha yoki faqat eng ko’pigacha keltirilgan boʻladi (MJTK 40,41,52-m JK …-m; Alternativ (muqobil) sanksiyada, bir nechta taʼsir choralari keltirilgan boʻladi, ulardan faqat bittasi, yaʼni eng maqsadga muvofiqi bo’lgani qoʻllaniladi (MJTK 90-m; Ayrim huquqshunoslar sanksiyaning to’rtinchi turi ham boʻlishi mumkin deb koʻrsatib oʻtishgan. Bu komulyativ sanksiya hisoblanadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling