To‘rchidan:
- Kuzatishning maqsadi yaxshi tashkil etilgan ta'lim muhitida bolalarning rivojlanadigan yutuqlarining sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganishdan iborat. Pedagogik nazoratning vazifalari:
bolaning rivojlanish sohalarini rivojlanishini aks ettiruvchi va uning rivojlanish parametrlarida ifodalanuvchi dalillarni to‘plash;
har bir tarbiyalanuvchining individual rivojlanish traektoriyasi haqida ob'ektiv va informasion tasavvurlar hosil qilish
turli xil ta'lim turlarini rivojlantirishda bolaning rivojlanishini o‘rganish faoliyati
ta'lim jarayonini individuallashtirish (jumladan, bolalarni qo‘llab-quvvatlash, zarur hollarda uning yakka tartibdagi ta'lim traektoriyasini yoki pedagogik korreksiyasini tuzish)
bolalar guruhi bilan ishlashda ta'lim muhitini yaratish (guruh ishlarida bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda);
ta'lim-tarbiya jarayonining metodik resurslaridan yanada to‘liq va maqsadga muvofiq foydalanish imkonini beruvchi o‘quv vazifalarining hal etilishi ustidan nazoratni ta'minlash
Maktabgacha ta'limda baholash
Maktabgacha ta'lim pedagogoglari milliy assosiasiyasi tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra (NAEYC (1998)), maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishini baholash uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, bolaning barcha faoliyati ularning tabiiy muhitida kuzatib boriladi va barcha natijalar saqlanib, kuzatib boriladi, qayd etiladi va mavjud yo‘llar bilan hujjatlashtiriladi.
Maktabgacha ta'limda pedagogik baholash tarbiyalanuvchining rivojlanish darajasini belgilab borish va dinamikasini baholash imkonini beradi
1
Har bir rivojlanish sohasi bo‘yicha bolaning eng yaqin rivojlantirish zonasini inobatga oladi; bolaning to‘liq rivojlanish davrini yagona jarayon sifatida ko‘rishga imkon beradi va bu pasportdagi yoshga bog‘liq bo‘lmagan holda turli yosh bosqichlariga shartli ajratishsiz amalga oshiriladi
2
Tarbiyalanuvchi faoliyatidagi o‘zgarishlarni baholashga tayanib, rivojlanishning yosh xususiyatlarini inobatga oladi; “Ilk qadam” Davlat dasturiga kiritilgan maqsadlarni inobatga oladi
3
Bolalarning chindan erishgan yutuqlari bilan rasmiy solishtirishda asos sifatida qo‘llamaydi. Baholash natijalari faqatgina ta'limiy vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |