Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/49
Sana13.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#999700
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Bog'liq
8-sinf 1-qism

«G'aroyib us-sig'arming 310-g'azali.
Baytlardagi mantiqiy bog'liqlik nuqtayi nazaridan bu g'azal ham «Jong'a chun dermen: «Ne erdi 
o'lmakim kayfiyati?..» g'azaliga o'xshaydi.
G'azal ramali musammani mahfuz (yoki maqsur), ya'ni foilotun - foilotun - foilotun - foilun (yoki 
foilon) vaznida bitilgan.
Uning taqte'si quyidagicha bo'ladi: -V -------------- / - V ----------- /-V --------- 
/ - V - (yoki - V ~).
Matla'ning o'zidayoq muallif avval yordan ayri ko'ngilni sultoni yo'q mamlakatga, keyin esa sultoni 
yo'q mamlakatni joni yo'q jismga o'xshatadi.
I k k i n c h i baytda mulohaza shu tarzda davom etadi: «Ey musulmonlar, jonsiz jismdan qanday hosil 
unadi, и gul-u rayhoniyo 'q bir qora tuproqning о zginasi-ku».


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
U c h i n c h i baytda aytiladiki: «Agar gul-u rayhoni yo'q bir qora tuproq bo 'Isa, и bir porlab turgan 
Oyi yo 'q qorong 4 kecha ekan-da».
T o ' r t i n c h i baytda aynan ana shu qorong'i kecha ta'rifi ketadi: «Porlab turgan Oyi yo'q qorong'i 
kecha bo'lsa, и hayot sarchashmasi yo 'q zulmat ekan-da».
B e s h i n c h i baytda aynan ana shu hayot sarchashmasi yo'q zulmat lirik qahramonni do'zaxiy 
kimsaning jannatdan noumidligi haqida so'zlashga undaydi, do'zax esa shunday bir xumordirki, unda 
mastlikning imkoni yo'q. (Mastlik deganda shoir ishqni, ya'ni Yaratganga intilishni ko'zda tutgan.)
M a q t a ' d a lirik qahramon Navoiyga murojaat qilib: «Unga shunday uqubatlar yuborilganki, 
hajridan dardi, lekin vaslidan darmoni yo 'q», — deydi.
Savol va topshiriqlar
1. Matla' badiiy go'zalligini ta'minlagan asosiy omil, mantiqiy asos nima? 
2. Baytdan baytga qaysi so'zlar o'tyapti va buning g'azal umumiy qurilmasidagi o'rni va mavqeyi nimadan 
iborat? 
3. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
4. G'azaldagi tahlilga tortilgan so'z-timsollarni daftaringizga yozib olib, ular talqinlarini o'zaro qiyoslab 
chiqing. 
5. G'azalni yodlang. 
«BO'MHJM SANGA
1
» RADIFLI G'AZAL
Ko'rgali husnungni zor-u mubtalo bo'ldum sanga, Ne baloliq kun edikim, oshno 
bo'ldum sanga.
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko'ngul, Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo 
bo'ldum sanga.
Men qachon dedim: «Vafo qilg'il manga», zulm aylading, Sen qachon deding: «Fido bo'lg'il 
manga», bo'ldum sanga.
«Qay pari paykarg'a, - dersen, - telba bo'lding bu sifat?» Ey pari paykar, ne qilsang, qil manga
bo'ldum sanga.
Ey ko'ngul, tarki nasihat ayladim, ovora bo'l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo'ldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom, Soqiyo, to tarki joh aylab gado 
bo'ldum sanga.
'Alisher Navoiy devonlari nashrlarining ko'pida bu g'azaldagi ushbu so'z «sango» tarzida yozilgan. Ammo 
vazn uni «sanga» tarzida o'qish ham mumkinligi va shu to'g'riligini taqozo etadi. Biz shu yoini tutdik.
G'ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro, To Navoiydek asir-u benavo 
bo'ldum sanga.
«G'aroyib us-sig'arming 16-g'azali.
Navoiyning oldingi g'azallari tahlilida ko'rdingizki, shoir bu janrga oid asarlarida har bir 
baytga olam-olam ma'no yuklaydi, kutilmagan, ohoriy, jozibador ifoda, bayon va tasvir 
vositalari-dan foydalanadi, qalamining kuchini ko'rsatadi.
An'anaviy yetti baytdan iborat «Bo'ldum sanga» radif-li g'azal ham bundan mustasno emas. 
U turkiy she'riyat uchun eng an'anaviy bo'lgan ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya'ni 
foilotun-foilotun-foilotun-foilun (yoki foilon)
vaznida yozilgan. Taqte'si: -V ----------- / - V ---------- /-V ----------- /
- V - (yoki - V ~).
G'azal baytlari mazmunini bir-bir tahlil etishning asar umum mohiyatini bilishda alohida 
o'rni bor. Shuning uchun baytlar ma'no-mazmuni bilan tanishib, ulardagi badiiy ifoda va tasvir 
xususiyatlarini aniqlash mumkin.
M a t 1 a 'da: «Husningni ko'rish uchun senga zor-u asir bo'lib qoldim. Senga oshno bo'lgan 
kunim qanday balolik кип ekan?» - deyilgan.
Bu yerda ko'ngilga ishq tushishi bilan oshiq uchun mashaqqatli jarayon boshlanishi 
ta'kidlangan.
I k k i n c h i baytning ma'no-mazmuni quyidagicha: «Sendan ko'ngil uzay deb har qancha 
uringanim bilan (bo'lmadi), kundan kunga badtarroq senga mubtalo bo'lib qolaverdim».
Mantiqiy jihatdan bu baytda tazod (zidlantirish) san'ati ishga solingan.
U c h i n c h i baytda: «Men qachon senga: «Menga vafo qil», - deb aytgan bo'lsam 
(aksincha), menga ustma-ust zulm qilaverding, sen qachon menga: «FJdo bo'lgin», - degan bo 


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
'Isang, senga fido bo 'ldim-ku», - degan fikr ilgari surilgan.
Bu qo'shmisrada tazod san'ati yana-da kuchliroq tus olgan: qachon oshiq yoridan vafo 
qilishni so'ragan bo'lsa, teskarisini qilgan, lekin, aksincha, qachon yor oshiqdan fido bo'lishni 
so'ragan bo'lsa, unga javoban yor, albatta, fido bo'lgan.
T o ' r t i n c h i bayt da lirik qahramon aynan kimga oshiq-ligini aniqlashtirib oladi va bunda 
yorining o'zini «aybdor» qiladi: «Qaysi pariga o'xshash qomatli go'za/ga bunday dara-jada 
oshiqi devona bo'lib qolding?» ■■■ deb so'rasang, ey pariqomatligim, menga nima qilsang, 
qilki, men seni sevib, devonang bo'lib qoldim».
Bu baytda shoir kam so'z qo'llab, ko'p ma'no chiqarish mahoratini ko'rsatgan. Chunki radifda 
kelgan «bo'ldum sanga» so'zlari mantiqan <\telba bo'ldum sanga» deb tushunishni laqozo etadi. 
Chunk- baytning birinchi misrasidagi savolda gap kim telba bo'lgani haqida ketayotgan edi. 
Mumtoz adabiyotshu-nosligimizda mahoratning bunday usuli balog'at deyilgan.
B e s h i n c h i bayt da lirik qahramon to'g'ridan-to'g'ri o'z ko'ngliga murojaatga o'tadi: «Ey 
ko'ngil, men nasihatlarga quloq solmadim, (endi) sen ham ovora bo'ladigan bo'lding, (boshing-
dagi) yuz balo yetmagandek, men ham senga bir balo bo'ldim».
Ma'lumki, inson hayoti hech qachon mashaqqatsiz kechmaydi. Ammo u ishq yo'liga kirsa, 
mashaqqati yana-da ortadi. Bu yerda lirik qahramon ana shu mantiqqa suyanib, ko'ngliga ishq 
yo'liga kirgani uchun yuz balosiga yana bir balo orttir-ganini bayon etyapti.
O l t i n c h i bayt da soqiyga murojaat qilinadi: «Ey soqiy, mansab-lavozimlardan voz kechib, 
senga gado bo'lgunga qadar ham doim jomi Jam bilan Xizr payg'ambar suvi mening na-sibim 
bo'ldi».
Shuni ta'kidlash kerakki, bu qo'shmisra g'azaldagi begona bayt hisoblanadi. Albatta, begona 
baytni asardan butunlay uzi-lib qolgan parcha tarzida tushunmaslik kerak. Har holda, shoir 
oldingi baytlardagi ma'no-mantiqdan kelib chiqilganda, nisbatan kutilmagan bir fikrni ilgari 
suradi. Soqiy timsolida ham piri komil, ham yori aziz ko'zda tutilgan.
Baytda talmeh san'ati qo'llangan. «Jomi Jam» ~ afsona-viy Jamshid podshoh yasattirgan 
qadah. Tasavvufiy adabiyot-da u vasl sarxushligi, ya'ni mastligini anglatadi. Bu timsolda ramzan 
ko'ngilda yor aks etishiga ishora ham mavjud. Sharqda, Xizr payg'ambar abadiylik suvini 
ichgani uchun hamisha tirik yashaydi, degan qarash hukmron. Shoir bu yerda shundan foy-
dalangan. Jomi Jamda ham, Xizr suyida ham ramzan piri komil qalbiga ishora bor. 
Aytilmoqchiki, Alloh ishqidan mast bo'lgan, abadiy, boqiy zot vasliga intilgan oshiq uchun 
mansab-lavo-zimlarning zarracha ahamiyati yo'q. Boshqacha ifodalaganda, Alloh vasliga 
erishaman, abadiylik baxtiga musharraf bo'laman, degan kishi mansab-lavozimlarga (ya'ni 
dunyoviy rag'batlarga) ko'ngil qo'ymasligi, ulardan voz kechishi, kamida, ustun turishi, ya'ni 
darvesh bo'lishi lozim.
Maqta'da oshiqlikning martabasi yana-da balandroq ko'ta-riladi: «To Navoiydek senga asir-u 
benavo bo'lmaguncha g'am-g'ussa changi(sozi)dan biron-bir kuy eshitmadim».
Bu baytning birinchi misrasidagi «navoye» («bir navo») so'zi bilan ikkinchi misrasidagi 
«Navoiy» so'zi o'rtasida o'zakdoshlik bor. Bu ajib lisoniy joziba hosil qilgan. O'zaro o'zakdosh 
so'zlarni ishlatish Sharq mumtoz badiiyati ilmida ish-tiqoq san'ati deyiladi.
Bu g'azal shoirning hofizlarimiz tomonidan sevib kuylana-digan she'rlaridan biri hisoblanadi. 
Ko'p o'zbek shoirlari asrlar davomida bu g'azalga naziralar bitgan, taxmislar bog'lagan.
Bu she'r misolida ishqiy mavzuni yoritishda g'azalning juda keng imkoniyatlari borligini ham 
his etamiz.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling