Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
«Adhin saatun xayrun min ibo-dat is-saqalayn» («Bir soatlik adolat ikki dunyo - insonlar va
jinlar dunyosi ibodatidan yaxshiroq») va chog'irni «umm ul-xabois» («yaramasliklar onasi») debdurlar, jam'i yomonlig' an-din mutavallid bo'lurkim (ya'ni tug'iladikim), borcha yaxshiliq va yomonliq bu ikki nima zimnida mundarijdur (ichiga kiradi)». Bundan ma'lum bo'ladiki, ulug' mutafakkir hech ikkilanmas-dan chog'irxo'rlikni Xudo man etganini, barcha yomonliklar shu ichkilikdan kelib chiqishini ta'kidlab turibdi. Shunday so'zlarni she'r qilib emas, asar deb emas, to'g>fdan-to'g'ri hukmdorga nasihat tarzida bitgan kishining o'zi ichkilik tarafdori bo'lishi, uni maqtashi mumkinmi? Masalani shu tarzda juda aniq qilib qo'ygan paytimizda beixtiyor shoirning ana shu mashhur g'azali maqta'sida aytilgan fikr yodimizga tushadi. Ana shunda bu parchadagi «boda» aslo o'z ma'nosida emas-ligini to'la tushunib olamiz. Adabiyotda islom ta'sirisiz ham dunyoviy ma'nodagi mastlik kayfiyatini tarannum etish, mayni ta'riflash bor edi. Tasavvuf adabiyoti shu shaklni saqlab qoldi. Ammo endi mayni Xudoga ishqning timsoli qilib oldi. Shuning uchun tasavvuf she'riyatida ham shaklan, ya'ni tashqi tarafdan aynan dunyoviy adabiyot-dagidek may va mastlik tilga olinaveradi, mohiyatida esa ilohiy ishq ko'zda rutiladi. Boda kelgan uyga qayg'u kelmasligining dunyoviy asosi bor: ichgan kishining, sun'iy ravishda bo'lsa ham, kayfiya-ti ko'tariladi, qayg'usi, vaqtincha bo'lsa ham, esdan chiqadi. Tasavvufiy ma'noda esa Yaratganning ishqi bilan kuyib-yonib yashayotgan kishining g'am chekishiga o'rin qolmaydi. Shuning uchun ham lirik qahramon yorining kelmaganiga, ochiqroq ifodalaganda, bu dunyoda Alloh vasliga yetolmayotganiga ko'p ham g'am chekavermay, www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan Yaratgan zotni scvishini davom ettira-versin, shunda barcha kulfatlar bartaraf bo'laveradi... Shoirning may, sharob, boda, chog'ir haddi a'losida ta'rif-langan she'rlari shu qadar ko'pki... Bayt - asli oshiqona g'azalning maqta'si. Lekin boda tilga olindimi, demak, g'azalga rindonalik ruhi ham qo'shildi. May ta'rifida kelgan g'azallar rindona g'azallar deyiladi. Ko'rinib turibdiki, bu g'azalda oshiqonalik bilan rindonalik o'zaro uyg'unlashgan. Ulug' shoir asarlari mohiyatini tushunib olishga qiynalmas-lik, xususan, so'zlarning o'z ma'nosi bilan ko'chma, ya'ni ba-diiy ma'nosini fahmlashda adashib ketmaslik uchun shoirning timsollar olamidan boxabarlik talab etiladi. Demak, Navoiy asarlari mag'zini chaqishda ilm juda kerak. Bu shoirning o'ta mashhur g'azallaridan hisoblanadi. Ho-zirgacha ham qo'shiq qilib kuylanadi. Ko'p hofizlarimiz shu g'azal ijrosida o'z kuchini sinab ko'radi. Kuyda haqiqiy yor, ya'ni Alloh vasliga yetolmaslik dard-u g'ami, iztirobi aks etgan. Bu g'azal mumtoz qo'shiqchiligimizda o'ta mashhur «Muno-jot» kuyiga solib aytiladi. O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning «Munojotni tinglab» she'ri shu qo'shiq ta'sirida bitilgan. Bu she'r: Kuyi shunday bo'lsa, g'amning o'ziga Qanday chiday oldi ekan odamzod?! - deya tugallanadi. «Munojot» kuyining og'ir-bosiqligi, g'am-iztirob ruhiga moyilligi bilan g'azal mazmunidagi oshiqning yor vasliga yetol-maganidan chekayotgan g'am-iztiroblari o'rtasida kuchli hamo- hanglik bor. Savol va topshiriqlar 1. G'azal hajmi va mavzusi haqida ma'lumot bering. 2. Muhabbat misolida mohiyatan nima ko'zda tutilgan? 3. Asar vazni, qofiyasi va radifini .tahlil qilib bering. 4. G'azaldagi asosiy ifoda va tasvir vositasi nima? Uning asardagi o'rni va vazifasini tushuntirib bering. 5. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 6. «Begona bayt» - qanday bayt? Bu g'azaldagi begona baytning o'rni va mavqeyi nimalarda ko'rinadi? 7. Maqta'da qo'llangan «boda» timsolining ikki ma'nosini tushuntirib bering. 8. May timsolining tasavvufiy adabiyotdagi o'rni va mavqeyi haqida so'zlang. 9. G'azal mazmun-mohiyati bilan u qo'shiq qilib aytiladigan «Munojot» kuyi o'rtasida qanday bog'liqlik bor? 10. G'azalni yodlang. «JONG'ACIUJN DKKMEN: «NE KRD1 O'LMAKIM KAYFIYATI?..» G'AZALI Jong'a chun dermen: «Ne erdi o'lmakim kayfiyati?» Derki: «Bois bo'ldi jism ichra marazning shiddati». Jismdin Jbo'rsamki: «Bu za'fingg'a ne erdi sabab?» Der: «Anga bo'ldi sabab o'tluq bag'irning hirqati». Chun bag'irdin so'rdum, aytur: «Andin o't tushti manga, Kim ko'ngulga shu'la soldi ishq barqi ofati». Ko'ngluma qilsam g'azab, ayturki: «Ko'zdindur gunah, Ko'rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati». Ko'zga chun dermenki: «Ey tardomani yuzi qaro, Sendin o'lmish telba ko'nglumning balo-yu vahshati». Yig'lab aytur ko'zki: «Yo'q erdi manga ham ixtiyor, -Kim ko'rundi nogahon ul sho'xi mahvash tal'ati». Ey Navoiy, barcha o'z uzrin dcdi, o'lguncha kuy, -Kim sanga ishq o'ti-o'q ermish azalning qismati. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling