Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
tikmoq» kabi ifodalarning ma'nosi bilan matla 41a bayon etilgan mazmun o'rtasida muayyan
o'xshashlik bor. Chunki lirik qahramon yor-ning (bu yerda ham komil insonning, ham Allohning) vasliga ko'z tikyapti. Matla' - nihoyat darajada puxta-pishiq, ohoriy va ta'sirchan. Mumtoz adabiyotshunosligimizda bunday boshlanmalar «husni Ц matla'» yoki «shohbayt» deyilgan. Oshiq - yori uchun tamoman sadqa bo'lishga tayyor. G'azal baytlarida u buni bosqichma-bosqich isbotlab boradi. Lirik qahramon m a t l a ' da yorning ko'zi o'z qorachig'idan o'rin olishini istagan bo'lsa, i k k i n c h i b a y t d a uning yuzi ko'ngli jannatida, qaddi-qomati esa joni gulshanida joy tutishini orzulaydi. Bu baytda birato'la to'rtta («yuzung guli», «ko'ngul ravzasi», «qading niholi», «jon gulshani») istiora qo'llangan. Lirik qahramon yori yuzining guliga ko'ngil jannatini gulshan, uning qadd-u qomati niholiga esa jon gulshanini chaman qilishni istaydi. Shu tariqa oshiqning iltijosi yana-da kuchaytirilgan. Bu yerda zim-dan «jon» so'zining arab alifbosida yoziladigan ko'rinishi ham nazarda tutilgan. Chunki bu so'z o'rtasida keladigan «alif» harfi tik tayoqcha tarzidagi shaklga ega. Bu esa adabiyotda yorning tik qomatiga o'xshatilgan. Bu o'quvchi ko'z o'ngida gulzor oralab tik qomat yor yurgandagidek tasavvur uyg'otadi. Xuddi «jon» so'zini yozuvda ifodalaganda «alif»{«o») harfi «jim» (<») va «nun» («n») harflari o'rtasidan o'rin olgani kabi, yorning qaddi ham - jon gulshani ichida. Yuz timsoli tasavvufda ilohiy go'zallik ko'rinadigan ma-kon (mazhar) tarzida talqin etiladi. Ko'ngil ravzasi bu yerda oshiqning intizor qalbini bildiradi. Baytda komil inson (pir) diydoridan bahramand bo'lgan oshiq dilining yayrab ketishi aks ettirilgan. U c h i n c h i baytda lirik qahramonning tasavvurot ola-mi kengayib, o'quvchi diqqat- e'tiborini kutilmagan tasvir sari yetaklaydi: «Ey yor, yo'rg'a oting oyoqlariga bag'rim qonidan hino bog'lab, g'amingda qiynalib, azob-uqubat chekayotgan jon ipini itingning bo'yniga arqon qilib bog'la». Hino qo'yish - Sharq xalqlari, jumladan, o'zbeklarga ham xos qadimiy an'anaviy odatlardan biri. Bu xursandchilik kun-lari qo'yilgan. Hinoning rangi qon rangiga o'xshaydi. Shundan foydalanib, lirik qahramon yorining o'z oti oyog'iga uning bag'ir qonidan hino bog'lashini istaydi. Bu bilan ishq yo'lida uning har qanday qiynashlari, hatto, xo'rlashlariga tayyor ekani-ni bildiradi. Boringki (baytning ikkinchi misrasida), u yorining g'am chekayotgan joni ipidan o'z itiga arqon qilib olishiga ham rozi. Lirik qahramonning hissiy-xayoliy tasavvuroti kengaygandan-kengayib boraveradi. Agar, deydi u t o ' r t i n c h i baytda, ajralish («firoq») tog'ida tuprog'im topilsa, uni loy («xamir») etib, yana qaytadan tog'da tosh yo'nuvchi («ko'hkan») qilib yasa. Bu yerda Odam Atoning loydan, yaratilganiga ishora mavjud. Shu tariqa shoir Haqqa bo'lgan ishq azaliy va abadiyli-gi, u Odam Atodan meros bo'lib qolganini bildirib o'tmoqchi. Shuningdek, baytda an'anaviy Farhod timsoliga ishora ham bor-ligi ayon bo'lib turibdi. Farhod ham «ko'hkan», ya'ni tosh yo'nuvchi edi. Shu mav-zudagi dostonlarda u Shirin dardida www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan tog'da halok bo'ladi. Farhod - adabiyotda ishqda sadoqat ko'rsatish, maqsadi yo'lida o'rtanish, g'am-anduh chekish, hijron dardlarini haddi a'losida boshdan o'tkazish timsoli sifatida mashhur. Bejiz emaski, Na-voiy «Farhod va Shirin» dostonida, uning ismi «firoq», «ranj», «hajr», «oh» va «dard» so'zlaridan (arab alifbosi asosidagi im-loda bu so'zdagi «a» tovushi yozuvda aks etmaydi) tashkil top-gan, deb bitadi. Bu bilan link qahramon: «Mening ishqdugi dardim Far-hod dardidan kam emas, hatto, ortiq ham, shutting uchun agar men ma'shuq ishqi yo'lida jon bersuin, luprog'iimti boshqatdan qorib, qayta yaratsang, ey fdlak, yana о 'sha ishq log Ida tog' yo'nuvchi qilib yarat», - demoqchi. - B e s h i n c h i baytga kelib l i ri k qahramon biroz «hovu-ridan tushganday»bo'ladi, cndi yana bevosila yorga murojaat yo'liga o'tadi. Bu yerda avvalgi baytlardagi yalinib-yolvorish ohangi yo'q. Lirik qahramon: «Bordi-yu, ko'ngu/lar vuzingning visoliga yetsin, desang, inula sochingni bosliJan-oyoq o'rab-chirmab tashla», - dcydi. «Yuz» timsoli ilohiy go'zallik manbasi ranizi ekanini bilib oldik. Baytning tub mohiyatiga tushimib ycli sh uchun endi «soch», «chin» va «shikan» timsollarining ham dunyoviy, ham tasavvufiy ma'nolaridan yaxshi xabardor bo 'l i sh kerak. «Soch» tasavvufiy timsol-atama sifatida she'riyatda mavjud dunyo ramzi hisoblanadi. Albatta, mavjud dunyoni ham Alloh yaratib, uni harakatga keltirgan, unga o'/. ilohiy nurini soch-gan (tajalli etgan). Biroq dunyo kasrat, ya'ni ko'plikni angiatadi. Soch - yuzga nisbatan qora. Shunga ko'ra, tasavvufiy talqinda u Iloh manbasiga nisbatan qorong'i va bepoyon (chunki soch -uzun). Sochning chin-u shikanlari (jingala-yu halqalari) solik ruhi ovora va band boiadigan dunyo tashvishlarini angiatadi. Inson ham - tajalliyot mahsuli, aniqrog'i, uning oxiri. Shuning uchun u hayoti mobaynida ana o'sha asl manbaga qaytishga intilaveradi. U ana shu chin-u shikanlarni (bu dunyo tashvishlarini) yengmasa, Mutlaq ruh, ya'ni Alloh jamolini (yuzini) ko'rish baxtiga musharraf bo'la olmaydi. O l t i n c h i bayt - nihoyatda ohoriy: kuz kelib, xazon sipohi yurish boshlasa, ey bog'bon, bu bog' tomida ignadan tikan qilib qo'ysang ham, monelik qilolmaydi. Bu bilan zimdan umrning o'tkinchiligiga, ishq yo'lida oshiqning imkoniyatlari ozligiga, vaqt g'animatligiga ishora qilinyapti. Chunki dunyoga, mol-u mulkka qancha mehr qo'yma, baribir, u o'tkinchi, bebaqo va bevafo. Faqat Allohgina boqiy, abadiy, yolg'iz uning yodi bilangina yasha. Baytdagi tasvirda shoir o'sha paytlardagi bog' va hovlilar devori ustini tikanakli butalar bilan o'rab chiqish odatidan badiiy vosita sifatida foydalangan. Y e t t i n c h i baytga kelib shoir yana oldingi ishqiy tas-virga qaytadi. Yorimning yuzida terni ko'rib, o'lsam, deydi oshiq rafiqqa (do'stga, o'rtoqqa) murojaat qilib, gulob bilan yuvib, gulning bargidan kafan qilginl Gulob - jaydari oq atir-guldan (uni Toshkentda «qirqog'ayni», Buxoroda esa «gulbut-ta» deyishadi) tayyorlangan sharbat. Baytda «gul» timsoli zimdan oldingi qo'shmisradagi «xazon»ga qarama-qarshi qo'yilgan. «Ter» timsoli zamirida ham teran ramziy ma'nolar yashirin. Shoir nazdida u pokizalik, fayz, tarovat, yor jamolining por-lashi, vafo alomati hisoblanadi va unda piri komil qalbining musaffoligi nazarda tutiladi. Gulob bilan gulga o'rash orqa-li esa oshiqning Alloh vasliga musharraf bo'lish bilan abadiy hayotga erishish istagi ilgari surilgan. M a q t a ' da lirik qahramon, Navoiyga murojaat qila turib, agar jon aro shavq anjumanini tuzsang, uning boshoqlik о 'qini shu anjumanning shami qilgin, deydi. «Anjumani shavq» - zavqli-shavqli majlis-ma'rakani angiatadi. Bu oshiq qalbida yor vasliga musharraf bo'lish ishtiyoqining haddi a'losiga yetganini bildiradi. Zimdan u ichki qo'zg'alish yuzaga kelgani, ya'ni ruhiy hayajon kuchayganidan dalolat beradi. «Boshoqli o'q» - aslida, o'tkir uchli kamon o'qi. Ammo baytda u yorning kiprigini anglatib kelgan. U ham, xuddi boshoqli o'q kabi, to'ppa-to'g'ri yurakka borib qadaladi. G'azalning ikkinchi baytida «jon» so'zi o'rtasida keladigan «alij» harfi bilan yorning tik qomati qiyoslanganini ko'rib o'tgan edik. Maqta'da yana «jon» so'zi ishlatilgan. Bu yerda endi shoir «boshoqlik o'q», ya'ni kiprikning anjumanda jon aro sham (u ham «boshoqlik o'q»qa, ham «alif» harfiga o'xshaydi) www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan bo'lishi tasviri orqali ikkinchi bor ana shunday o'xshashlikka asoslanadi. E'tibor bergan bo'lsangiz, matla' ko'z atrofidagi tasavvurlar bilan boshlangan edi. Maqta'da ham undan uzoqlashilmadi - kip-rik haqida so'z bordi. Bu mutanosiblik g'azalda tanosib san'atini yuzaga keltirgan. Maqta'dagi xulosa boshqa baytlardagi mantiqqa asoslanadi: modomiki, у or diydori orzusi yuragingni band etib, tobo-ra zo'raysa, shu ishq dardida to'lib-toshsang, uning kiprigini shu orzung avjga chiqqan anjumanning chirog'iga aylantir, ko'nglingni uning muhabbati shami bilan yorit, ana shun-da ma'shuq dardiga giriftor diling doim yoniq, mash'alador bo 'ladi. G'azalning boshidan oxirigacha har baytda kutilmagan tim-sol, ifoda va tasvir ishlatiladi. Baytdan baytga o'tgani sari lirik qahramonning oshiqlik o'ti balandlab borganini ko'ramiz. Oxirgi ikki baytda oshiq yor ishqida jondan kcchishga tayyor turganini ham bildiradi. Bu ham ishqning kamolga yetganini ifodalash-ning bir yo'li edi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling