Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
xususan, g'azalga nis-batan qarashlarini, ijodiy qat'iyatlarini bayon etdi
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
xususan, g'azalga nis-batan qarashlarini, ijodiy qat'iyatlarini bayon etdi. «Debocha»
Navoiyning turkiy she'riyatga o'ta yuksak mczonlar bilan yon-dashadigan sohibi qalam sifatida bo'y ko'rsata boshlaganidan dalolat beradi. 1486-yili shoir o'zining ikkinchi devoni «Navodir un-ni-hoya» («Behad nodirliklar»)ni tuzdi. Navoiy 1493-yili forsiyda bitilgan bareha lirik she'rlarini yig'ib, «Devoni Foniy»(«Foniy devoni»)ni tartib berdi. Chun-ki shoir fors-tojik tilidagi lirik she'rlarida «Foniy» taxallusini qo'llagan. Bu devonda jami 554 g'azal mavjud. 1491-92-yildan e'tiboran shoir bareha turkiy she'rlarini yig'ib, to'rt devondan iborat «Xazoyin ul-maoniy» («Ma'nolar xazinasi», u «Chor devon» nomi bilan ham mashhur) maj- muasini tuzishga kirishdi. Bu keng ko'lamli va jiddiy ish 1498-1499-yillargacha davom ettirildi. «Xazoyin-ul-maoniy»dagi har bir devonga alohida-alohida nom qo'yilgan: l.«G'aroyib us-sig'ar» («Bolalik g'aroyibliklari»). 2.«Navodir ush-shabob» («Yigitlik nodirliklari»). 3.«Badoye' ul-vasat» («O'rta yosh yangiliklari»). 4.«Favoyid ul-kibar» («Qarilik foydalari» yoki «Qarilik xulo- salari»). Shu to'plamga yozilgan «Debocha»da kichik asarlarini nega aynan to'rt kitob qilganini aytib, uni yilning fasllariga qiyosan amalga oshirganini yozadi: «...Awalg'i devonnikim, tufuliyat (bolalik) bahori g'unchasining ajib gullari va sig'ar (o'smirlik) gul-zorining bog'chasining g'arib chechaklari bila orosta bo'lub erdi, «G'aroyib us-sig'ar» deyildi. Va ikkinchi devonnikim, yigitlig-u oshuftalig' va shabob-u oliftalig' yozi-yu dashtida yuzlangan nodir vaqoye' bila piyrosta bo'lub erdi, «Navodir ush-shabob» ataldi. Va uchunchi devonnikim, vasat ul-hayot (umrning o'rtasi) mayxonasida ishq bila shavq paymonasidin yuzlangan badi' ni-shotlar kayfiyatin yozilib erdi, «Badoye' ul-vasat» ot qo'yuldi. Va to'rtunchi devonnikim, umrning oxirlarida yuzlangan ishq dard-u ranji foyidalarikim, jonso z oh urmoq-u jon topshurmoq- durkim, anda sabt bo'lubtur, «Favoyid ul-kibar» laqab berildi». Keyin shoir umrning bu to'rt davrini yoshga mos tarzda taqsimlab chiqadi: - bolalik davri (tufuliyat avoni) - 7-8 yoshdan 20 yoshgacha; - yigitlik davri (shabob zamoni) - 20 yoshdan 35 yoshgacha; - o'rta yasharlik davri (kuhulat ayyomi) - 35 yoshdan 45 yoshgacha; - qarilik davri (fusulning qishi) - 45 yoshdan 60 yoshgacha. Ammo bu tartibga qarab, shu to'rt devonga shoirning aynan shu yoshlarida bitgan asarlari kiritilgan, deb tushunmaslik kerak. Bu yerda ramziylik ham bor. «Xazoyin ul-maoniy» Navoiy umum merosining salmoqli qismini tashkil etadi. Undan jami 16 lirik janrga oid asarlar o'rin olgan. Majmuada g'azal eng asosiy janr hisoblanadi. Har bir devonga bir xil miqdorda, ya'ni aynan 650 tadan, jami 2 ming 600 ta g'azal kiritilgan. «Chor devon» butun Sharq so'z san'atining ulkan yodgorligi hisoblanadi. Jahon adabiyoti xazinasida ham bu qadar yirik lirik meros yaratgan shoirlar u qadar ko'p emas. www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan «Xazoyin ul-maoniy»ga kirniay qolgan, ya'ni muallif um-rining so'nggi yilida yaratilgan g'azallarini hisobga olmagan taqdirda ham, shoir ikki tilda yaratgan va devonlariga kiritgan g'azallarining umumiy soni 3 ming 154 tani tashkil etadi. «QILG'IL» R A O t i ' l I GW/AL Qaro ko'zum, kel-u, mardumliq cmdi tan qilg'il, Ko'zum qarosida mardurn kcbi vatan qilg'il. Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan, Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il. Takovaringg'a bag'ir qonidin hino bog'la, Itingg'a g'amzada jon rishlasin rasan qilg'il. Firoq iog'ida topilsa, tufroqim, cy charx, Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il. Yuzung visolig'a yetsun dcsang ko'ngullarni, Sochingni boshtin-ayoq chin ila shikan qilg'il. Xazon sipohig'a, ey bog'bon, emas mone', Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il. Yuzida terni ko'rub, o'lsam, ey rafiq, meni Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg'il. Navoiy, anjumane shavqi jon aro tuzsang, Aning boshoqliq o'qin sham'i anjuman qilg'il. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling