Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
kelmadi, shuning uchun tong otgunga qadar ko'zlarimga uyqu kelmadi, deydi. Shuning
o'zidayoq lirik qahramon holati, u che-kayotgan iztirob ma'lum qilinadi. Betoqat oshiq har zamon-har zamon chiqib, ma'shuq yo'liga intizor bo'ldi, hatto, jon uning og'ziga keldi-yu, u yomon fe'l-atvorga ega sho'x go'zal kelmadi (ikkinchi bayt). «Ul sho'xi badxo'» deganiga qarab: «Yor yomon ekan, unda nega oshiq uni sevadi?» - degan fikrga bormaslik kerak. Chunki shoirning bu ifodasida o'ziga xos erkalash ohangi ham bor. Yorning «badxo '»ligi va'da berib, va'dasida turmaganida, xolos. Uchinchi baytda yorning orazi (yuzi) «oyrfm»(ya'ni oq) ligi bilan oshiq hayotining qorong'iligi bir-biriga zidlashtiriladi: «Agar orazidek oydin bo'lganida ehtiyot qilib (birov ko'rib qolmasin deb) kelmagan bo'lsa, (kecha) hayotimdek qorong'u bo'lganda ham kelmadi-ku!» T o ' r t i n c h i bayt lirik qahramon holati yanada og'ir-lashganini ko'rsatadi: «U paridek yor hajrida devonalardek yig'ladim, buni ko'rib, kulgisi kelmaydigan kimsa topilarmikan?» B e s h i n c h i baytga kelib lirik qahramon bevosita ko'p-chilikka (g'azalxonlarga) murojaat qiladi: «Ko'zlaridan qancha suv kelar ekan deb, meni o'ldirmanglar, (chunki) bu kecha ko'zlarimdan faqat qon keldi, suv kelmadi». Bu yerda qon bilan suv bir-biriga zidlantirilgan. G'azalning o l t i n c h i b a y t i alohida ajralib turadi. Unda lirik qahramon tolibi sodiq topilmasligidan shikoyat qilishga o'tadi. Baytning so'zlardan kelib chiqadigan ma'no-mazmuni quyidagicha: «Sodiq tolib topilmaydi, shunday bo'lmasa edi, kimki yo'lga qadam qo'ysa, «avvalqadam», ya'ni undan oldin-roqda yuradigan bir ma'shuq ro'baro' kelmaydimi?'/» Agar g'azalning dastlabki besh baytida boshdan-oxir va'da berib, so'zida turmagan yorni kuta-kuta chekkan azob-iztiroblari haqida gapirib kelingan bo'lsa, bu baytda birdan, kutilmagan- da lirik chekinish qilinadi. Lirik chekinish - keng tushuncha. G'azaldagi bunday lirik chekinish «begona bayt» deyiladi. Bu yerda nozik falsafiy-tasavvufiy masala ko'tarilgan. «Yo'l» baytda tasavvufni, Alloh ishqini bildiradi. Bu yo'lda esa sadoqatli talabgor (oshiq) topilmayapti. Ayni gap bilan shoir pirga ishora qilgan. Chunki pir hamisha bu yo'lni muriddan avvalroq bosib o'tgan, ya'ni u «avvalqadam» bo'ladi. Avvalqadam oshiq esa Alloh vasliga yetib, ma'shuqqa aylanadi. Murid ana shu shayxning etagidan tutib, unga ergashmoqchi. Chunki Allohni sevish uchun murid avval pirini sevishi kerak. Boshqacha aytganda, Allohga muhabbat yo'li bevosita pir qalbi orqali o'tadi. Chunki tasav-vufda pirga komillik timsoli sifatida qaraladi. Shuning uchun ushbu g'azalda majoziy tasvir orqali ilohiy ishq kuylangani, lirik qahramon begona baytda ishqda undan ko'ra «avvalqadam» bo'lgan «tolibi sodiq», ya'ni pir izlayot-ganiga hech qanday shubha bo'lmasligi kerak. Navoiy g'azallarining yozilgan yillari ma'lum emas. Ammo uning «Xazoyin ul-maoniy»dagi uchinchi devon bo'lmish «Badoye' ul-vasat»dagi ushbu g'azali dastlab muxlislar tomonidan tartib ber-ilgan «Ilk devon»ga ham, muallif o'zi tuzgan ikkinchi devon - «Navodir un-nihoya»ga ham kiritilganidan ma'lum bo'ladiki, u shoiming yoshlik davri lirikasi mahsuli hisoblanadi. M a q t a ' ham - juda tahliltalab. Chunki unda ikki karra «boda» so'zi tilga olinadi. Shaklan, ya'ni yuzaki qaraganda, o'quvchida mayparastlik targ'ib etilayolgandek tasavvur tug'ilishi ham mumkin. Holbuki, Navoiy buyuk islom shoiri edi. Islomda esa mast qiluvchi ichimliklar harom hisoblanib, man etilgan. May, sharob, boda, chog'ir... O'tmishda ajdodlarimiz istc'mol etgan kayf beruvchi ichimliklar shunday so'zlar bilan nomlangan. Albatta, bu to'rt ichim-lik nimadan hozirlangani, tayyorlanish usuli, tarkibidagi spirt miqdori jihatidan o'zaro bir-biridan farq qilgan bo'lishi kerak. Biroq shoirlarimiz bu so'zlarni o'zaro ma'nodosh (sinonim) sifatida qo'llayvergan. Nega? www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan Gap shundaki, adabiyot, xususan, she'riyatda bu so'zlar o'z ma'nosida emas, aksaran ko'chma ma'noda - badiiy timsol (obraz) sifatida ishlatilgan. Xo'sh, badiiy timsol nima? Timsol - asli, surat, rasm degani. Surat esa narsaning o'zi emas, u haqda ma'lumot beradi, tasavvur uyg'otadi, xolos. Uni ko'rib, o'sha narsaning o'zini xayolga keltirasiz. Badiiy timsol ham - shunga o'xshash. Shoir bir nimani ko'zda tutadi, o'sha narsani o'quvchi yaxshiroq, osonroq ko'z oldiga keltirsin uchun uning o'rniga biror timsol ishlatadi. May, sharob, boda, chog'ir timsollarini ham mumtoz shoirlarimiz shu maqsadda qo'llagan. Endi asosiy masalani o'rtaga tashiasak bo'ladi: bu timsollar nimani anglatadi? Boshqacha aytganda, mumtoz she'riyatimizda may, sharob, boda, chog'ir so'zlari uchrasa, o'quvchi may, sharob, boda, chog'irni emas, boshqa narsani ko'z oldiga kelti-rishi kerakmi? Bu masalada shoshilmaslik zarur. Xususan, Alisher Navoiy ijodi ana shunday ehtiyotkorlikni taqozo etadi. Agar bu so'zlar shoirning she'riy ijodida uchrasa - ular badiiy timsol. Bordi-yu, bu so'zlarni muallif ilmiy yoki, umuman, nasriy asarlarida ishlatsa, vaziyat o'zgaradi: endi uni badiiy timsol deb emas, aynan o'sha spirtli ichimlikning o'zi deb hisoblashimiz - shart. Bobokalonimiz ijodida unisi ham, bunisi ham uchraydi. Avval o'sha o'z ma'nosida qo'llangan asarlariga to'xtab o'taylik. «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» asarida tasvirlanishi-cha, Sayyid Hasan Ardasher xos ma'naviy suhbatlar chog'ida bodaxo'rlik qilishni xush ko'rganlar. Lekin har gal ichkilikboz- likdan keyin Yaratganga iltijo qilib, mayxo'rlikdan tavba beri-shini so'raganlar... Bu yerda o'z ma'nosidagi mastlik ko'zda tutilgan. Navoiy zamondoshlariga yo'llagan xatlarini yig'ib, «Munshaot» nomi bilan to'plam qilgan. Shu asardagi hukmdorlardan biriga jo'natilgan maktubda ikki narsa maslahat tariqasida qattiq shart qilib qo'yiladi: birinchisi - Haq taolo amriga to'la itoatda bo'lib, buyurgan ishlarini so'zsiz bajarish; ikkinchisi - Tangri man etgan ishlar(nahy)ni qilmaslik. Odamlar ustidan hukm yuritish baxtiga muyassar bo'lgan kishi uchun Alloh amriga itoat etishda adolatga teng kcladigani yo'q. Man etilgan ishlardan tiyilishning hech bin esa «chog'ir tarkicha bo'lmas». Navoiy bu gaplarning o'zi bilan ham cheklanib qolmaydi. Adolatning qadrini ham, may ichmaslikning foydasini ham Muhammad payg'ambar(s. a. v.)ning so'zlari bilan mustahkamlab tushuntiradi: «...Hazrat risolat (ya'ni Muhammad) sallallohu alayhi vasallam buyurubturkim, Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling