Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/49
Sana13.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#999700
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
Bog'liq
8-sinf 1-qism

bor, ana, boshqa birovga boqsin, yuray desa, oyog'i yo'q uning.
Bu qit'a zamirida, har qanday kishi o'z ahvolidan shikoyat qilishdan oldin orqa-oldiga, yon-
atrofiga qarasin, qiyoslasin, keyin xulosa chiqarsin, degan oqilona o'git - yashirin. Mingni ko'rib 
fikr qil, birni ко'rib shukr qil, degan xalq maqoli ham aynan shu g'oyani ilgari suradi.
Ammo Navoiy yaratgan qit'adagi qiyos - juda ta'sirchan. Uni o'qigan zahoti kishi ko'z o'ngida 
bir martalik umrni oyoq-siz o'tkazayotgan, yo qo'ltiqtayoqqa suyanib yurayotgan, yo ara-vachada 
birov surgalab ketayotgan nogiron kishilar gavdalanadi. Kiyishga poyabzali bo'lmasa ham, to'rt 
muchasi but odam -oyog'i borligiga shukr qilishi shart, albatta. Bosh omon bo'lsa, do'ppi 
topiladi, degan maqolda yaxshi aytilgani kabi, oyoq omon bo'lsa, kavush topiladi.
Navoiy zamonidagi bunday shukronalik da'vati bugun uchun ham birday ahamiyatga ega. 
Xalqning shukrigina mustaqil-ligimizni mustahkamlash, yurtimiz tinchligini ta'minlash, Vatan-ni 
ravnaq toptirishga chinakam omil bo'la oladi.
Savol va topshiriqlar 
1. Qit'aning nasriy sarlavhasida qanday fikr ilgari surilgan? 
2. Qit'ada qanday ilg'or g'oya o'rtaga tashlanyapti? 
3. Kishi shukr qilishi uchun qanday imkoniyatlar kerak? 
4. Shoir fikr ta'sirchanligiga erishish uchun nimani nimaga qiyoslagan? 
5. Qit'aning bugun uchun ahamiyatini tushuntirib bering. 
6. Qit'a matnini yod oling. 
7. 
Yaxshilig' gar qilmasa, bori yamonlig' qilmasa, -Kim yamonlig' qilmasa, qilg'ancha bordur 
yaxshilig'.
8. 
AMIR LL-.MO'MININ ALI KARRAVlALLOHl VA.UIAIUJ SO'ZICA TARJIMAKIM - UNZHR 
UMOQOLA LOTANZLR 1.IMANQOLA
1
9. 
Chun g'araz
2
so'zdin erar ma'ni anga, Noqil
3
o'lsa xoh xotun, xoh er.
10.
So'zchi holin boqma, boq so'z holini, Ko'rma kim der ani, ko'rgilkim, ne der.
11.
Nazitriy ma 'lumot
12.
G’AZAL
13.
G'azal - musulmon Sharqi xalqlari adabiyotlarida eng ko'p tarqalgan lirik janr. U dastlab arab 
she'riyatida milodiy VI-VII asrlarda paydo bo'lib, keyinchalik boshqa Sharq xalqlari so'z 
san'atiga ham o'tgan. XIII-XIV asrlarga kelib she'rning bu turi to'la shakllangan va mukammal 
holga yetgan.
14.
G'azalning tuzilishi, mazmun-mavzusi va badiiy jihatlari bo'yicha bir necha talab va o'ziga 
xoslik bor.
15.
Avvalo, g'azallar ko'pincha ishqiy mavzuda bitiladi. Ammo ma'no-mazmun jihatidan Allohni 
maqtashga (hamd), Muhammad payg'ambar(s. a. v.)ni ta'riflashga (na't) bag'ishlangan, rindona 
(may va mayxona bilan bog'liq tasvirlarga asoslangan), orifona (pand-nasihat ruhidagi), tabiat 
go'zalliklaridan zavqlanish asosidagi (peyzaj) va boshqa g'azallar ham yoziladi. Shuning uchun 
shoirlar bu janr namunalarida odam va olam, tabiat va jamiyatning turli-tuman murakkab 
tomonlarini ham yoritishga harakat qilgan.
16.
Hajmi 3 baytdan 19, hatto, 27 baytgacha bo'lgan g'azallar
17.
uchraydi. Biroq Navoiy va boshqa ko'p shoirlarimiz ijodida,
18.
asosan, bu janrning 7 va 9 baytli namunalariga duch kelamiz.
19.
Shu miqdor eng mukammal hajm deb qabul qilinadi.
20.
' U n z u r l i m o q o l a l o t a n z u r l i m a n q o l a (arabcha) - Kim deganiga emas, nima 
deganiga qara. 
2
G' a r a z - maqsad, niyat. 
3
N о q i 1 - naql etuvchi, so'zlovchi.
Bir g'azal boshdan-oxir bir vaznda bitiladi. Garchi Navoiy ijodida aruzning turli bahrlarida 
yozilgan g'azallar uchrasa ham, o'zbek shoirlari g'azallarining ko'pchiligi, asosan, ramal, bir 
qismi esa hazaj bahrida bitilgan. Boshqa bahrlarda juda kam yozilgan.
G'azalda bitta qofiya tizimiga amal qilinadi. Misralar aa, ba, da, ea, fa va hokazo tarzda 
qofiyalanadi.
G'azal baytlari - nisbiy ma'noda mustaqillikka ega. Ya'ni har bir bayt imkon qadar til 


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
talablari bo'yicha tugallangan alohida jumladan iborat bo'lishi, umumiy matndan yulib olib 
o'qiganda ham tugal ma'no-mazmunni anglatishi lozim. G'azallar, baytlar mustaqilligi, ya'ni 
qo'shinisralarning o'zaro bog'liqligi, manti-qiy ketma-ketligi va bir-birini taqozo etishi darajasiga 
ko'ra, quyidagi turlarga bo'linadi:
a) parokanda g'azallar (bunda baytlar bir-biridan o'ta mustaqil bo'ladi, ularning o'rni 
almashtirilsa ham, unchalar sezilmaydi); 
b) yakpora g'azallar (bunda baytlar mantiqan ketma-ketlikka ega bo'ladi); 
d) voqeaband g'azallar (bunda baytlar kctma-ketligini sujet, ya'ni muayyan voqea tasviri 
boshqaradi); 
e) musalsal g'azallar (bunda baytlar o'zaro chambarchas bog'liq bo'ladi, ma'no-mantiq 
jihatidan kuchli tarzda biri ikkin-chisini taqozo etib keladi). 
Navoiy parokanda, ya'ni baytlar o'rnini o'zgartirib qo'ysang ham, hech narsa o'zgarmaydigan 
g'azallarni qattiq tanqid qilgan. Oldingi darslar jarayonida ko'rib o'tilgan «Jong'a chun dermen: 
«Ne erdi o'lmakim kayfiyati?..» g'azali musalsal g'azalning yorqin namunasi hisoblanadi.
G'azalning aksaran oxirgi bayti (maqta'si) yoxud ba'zan undan oldingi baytda shoir taxallusi 
qo'llanadi. Lekin taxallus qo'llash majburiy emas. G'azal taxallussiz ham yozilaverishi 
mumkin.
Istiqlol yillarida o'zbek mumtoz she'riyati, xususan, Navoiy ijodidagi g'azallar ma'nolarini 
har taraflama sharhlash kuchay-di, bu janr namunalarining tasavvufiy ma'nolarini ham ochib 
berishga harakat qilinyapti.
G'azal yozish an'analari hozirgi o'zbek she'riyatida ham davom etyapti. Ba'zan barmoq vaznida 
bitilgan g'azallar ham uchrayotir.
Ko'p asrlardan buyon g'azallarga kuy bastalanib, ular ashu-la qilib kuylanib keladi. 
«Shashmaqom» tarkibidagi ashula-lar matnini ham, asosan, g'azallar tashkil etadi. Hozirgi payt-
da g'azallarni zamonaviy estrada yo'lida aytish tajribasi ham kuchayyapti.
G'azaldagi uchta baytning alohida nomi bor: birinchi bayt «mat-la'» deyiladi; oxirgi bayt 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling