Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/49
Sana13.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#999700
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
Bog'liq
8-sinf 1-qism

Savol va topshiriqlar 
1. G'azal hajmi, mavzusi, vazni, qofiyasi va radifi haqida ma'lumot bering. 
2. Lirik qahramon yordan ko'ngil uzmoqchi cdi, lckin g'azalda keltirilgan qaysi asoslarga ko'ra, kundan-kunga 
uning oshiqligi ortib boryapti? 
3. Uchinchi baytda qaysi so'zlar orasida tazod hosil bo'lgan? 
4. G'azalda qanday undalmalar (murojaatnomalar) mavjud? 
5. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
6. Soqiy, jomi Jam va Xizr suyi timsollari mohiyatida qanday ma'no yashirin? 
7. Matla'ning badiiy go'zalligi nimada? 
8. G'azalni yodlang. 


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
BO'L" RADIFLI G'AZAL 
Ko'nglung istar yorlar birla hamesha shod bo'l, Mendin-u, kimdinki, ko'ngling istamas - ozod 
bo'l. 
Garchi sabrim uyi yanglig' aylading vayron meni, Doimo, yo Rabki, husnung mulkidek obod bo'l. 
Men chekib anduh, о'lay, el joni bo'lsun ul Masih, Sovrul, ey charxi nigun, v-ey dahri dun, barbod 
bo'l. 
Bevafolar zulmu bedodig'a ermassen harif, 
Ey sinuq ko'nglum, agar xud shisha, gar po'lod bo'l. 
Tuttum oimakdin tirilmak hajrida, tengdur manga Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo'l. 
Chekma boshkim, emin ermassen xazon yag'mosidin, Bu chaman ichra agar savsan, agar 
shamshod bo'l. 
Ey Navoiy, olam ahlig'a chu yo'q ermish vafo, Kel-u, mundin nori bekaslik bila mo'tod bo'l. 
"G 'aroyib us-sig 'ar "ning 384-g 'azali. 
G'azal - an'anaviy tarzda yetti baytdan iborat. U ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), 
ya'ni foilotun foilotun foilo-tun foilun (yoki foilon) vaznida bitilgan. Taqte'si: - V - - \ - V - -
\ - V - - \ - V - ( - V ~ ) .
Shoir so'zning kelib chiqishi jihatidan arabiy ("jallod", "mo'tod") hamda forsiy ("shod", 
"ozod", "obod", "barbod", "po'lod", "shamshod") qofiyalar, turkiy radif ("bo'l") qo'llagan.
Mavzusiga ko'ra, bu Navoiyning o r i f o n a g'azallari sirasi-ga kiradi. Bunday g'azallarda 
umrning o'tkinchiligini ta'kidlash, ezgulikka da'vat etish, bevosita hayotiy fikr-mushohada va xu-
losalarini ilgari surish ustunlik qiladi.
An'anaga ko'ra, ko'p g'azallar ikkinchi shaxsga murojaat tarzida bitiladi.
Xo'sh, "sen" tarzida murojaat etilayotgan ana shu shaxs kirn?
Albatta, g'azal tabiatan yor vasfiga bag'ishlangan bo'lgani uchun ko'pincha "sen" deb murojaat 
qilinganda yor ko'zda tuti-ladi. Biroq, mohiyatan, shoir uchun ana shu yor timsoli ham - bir 
vosita, ko'nglini bo'shatish, dard-u hasratini kitobxonlar bi-lan o'rtoqlashishning bir yo'li.
Ushbu g'azal m a t l a ' s i ham bevosita ikkinchi shaxs-ga aytilgan so'z bilan boshlangan. 
"Yorlar" so'zi bu baytda aynan "do'stlar" ma'nosida kelgan. Lirik qahramon shu tariqa 
to'g'ridan-to'g'ri she'rxonga murojaat qilib, birinchi misrada: "Hamisha ko'nglingga yoqadigan 
do'stlaring bilan suhbat qilib, shod bo'l", - deyayotibdi. Ikkinchi misra esa ko'ngilga yoq-
maydigan kishilar suhbatidan ozod bo'lish, ya'ni qochishga da'vat qiladi. Baytning oxoriyligi 
shundaki, lirik qahramon bu masalada odil turadi: "Agar o'sha senga yoqmaydigan kishi men 
bo'lsam, mendan ham voz kecha qol".
Shu tariqa g'azal bevosita sof insoniy ruhiy holat bayoni bilan boshlanadi. Shoir shu 
ikkigina misra orqali har bir kishi ko'nglida necha-necha bor kechishi mumkin bo'lgan bir 
nozik tuyg'uni ifodalaydi. Chunki bashariyat jamiyati shunday tuzilganki, hammavaqt ham bir 
kishining ko'ngliga ikkinchisi xush yoqavermaydi. Ehtimol, siz suhbatdoshingizga yoqarsiz, u 
sizga yoqmas yoki, aksincha u sizga ma'quldur-u, siz unga -
noma'qui'.
Ko'ngil shu qadar nozikki, faqat o'ziga ma'qul odam suh-batidangina huzur topadi. 
Yoqmaydigan birovning oldida o'tirish esa - koni azob. Lirik qahramonning fikri qat'iy: bunday 
suh-batdan voz kechib qo'ya qolishdan yaxshiroq yo'l yo'q. Ko'rinib turibdiki, shoir, bir
qarashda, juda oddiygina ko'ringan satr-lar zamirida bir ajib qat'iy xulosani o'rtaga 
tashlagan. Xo'sh, shoirning murojaati aynan kimga qaratilgan? Ana shu savolga javob izlab,
i k k i n c h i b a y t n i o'qiymiz: "Ey Egam, garchi meni sabrim uyidek vayron qilgan bo'lsang 
ham, (sen o'zing) doimo husning mamlakati kabi obod bo'l".
Bu esa sabr-u bardoshning tugaganligini ifodalaydi. Xo'sh, bu qanday sabr-u bardosh? 
Kim u o'zi lirik qaqramonni bun-chalar azoblarga qo'ygan?
'Bu ruhiy holatni Navoiy "Badoe' ul-vasat"ning: Meni men istagan о 'z suhbatiga arjumand 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling