Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TA’LIMDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI TUTGAN O’RNI
Adabiyotlar
1. Дозорцев В.М. Компьютерные тренажеры для обучения операторов технологических процессов. М.: Синтег. 2009. 372 с. 2. https://vc.ru/flood/13837-vr-use 3. Дозорцев В.М. Мировой рынок компьютерных тренажеров для обучения операторов: тенденции, вызовы, прогнозы //Автоматизация в промышленности. 2016. № 2. С. 47-50. 4. Дозорцев В.М. Мировой рынок компьютерных тренажеров для обучения операторов: тенденции, вызовы, прогнозы //Автоматизация в промышленности. 2016. № 2. С. 47-50. 202 TA’LIMDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI TUTGAN O’RNI Ibragimova S.N. 1 , Rustamov B.X. 1 , Xakimova Sh.X. 1 1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, shaxnozaxakimova98@gmail.com Bugungi kunda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ning jadallik bilan rivojlanish sabablarini ham uning poydevoriga nazar solishdan boshlagan ma’qul. Sababi, uning poydevoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi PF-3080- sonli “Komyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnolog iyalarini joriy etish to‘g‘risida” Farori bilan asos solingan. Ana shu Farmondan so‘ng AKT ning poydevori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-sonli “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi bilan yanada mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasida bevosita AKT bilan bog‘liq bir qancha Qonunlar ishlab chiqilyapti hozirga qadar. Ular jumlasiga: “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”, “Elektron hujjat almashuvi to‘g‘risida” hamda “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunlarni misol tarzida kelt irish mumkin. Ushbu Qonunlarning ijrosini ta’minlash uchun kerakli qonunosti hujjatlar (Vazirlar Mahkamasi qarorlari, idoraviy normativ hujjatlar, standartlar va hokazo) ishlab chiqilgan. Bugungi kundalik hayotimizni internet tarmog‘i-yu, uyali aloqa xizmatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Sababi, bir ibora tobora o‘z tasdig‘ini topmoqda: Kim axborotga egalik qilsa- butun dunyodan xabardor bo‘ladi! Shunday axborot tarmoqlaridan biri shubhasiz bu internetdir. Bunda internetning ishlash tezligi hamda internet ning narxi ham katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda bu borada poydevor qo‘yilgan kundan boshlab ahvol qanday? Bu savolga quyidagi jadvallardan javob olishimiz mumkin. Internet tarmog‘idan foydalanuvchilarga e’tibor qaratsak. Bu yerda yana o‘sha poydevor qo‘yilgan 2002yildan boshlaganimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘sha yili o‘rgimchak to‘ri deb atalmish xalqaro axborot tizimi-internetdan foydalanuvchilar soni 137ming nafarni tashkil etib, bir yildan keyin ularning soni ikki baravarga o‘sganda ko‘pgina xorijlik mutaxassislar: “O‘zbekistonda AKT nafaqat tez, balki shiddat bilan tarqqiy etmoqda, bu ketishda 2010yilga kelib internetdan foydalanuvchilar soni 2mln.nafar foydalanuvchilarga yaqinlashadi:,- deya ta’kidlashgandi. Bundan tashqari hozirgi kunga kelib internetdan foydalanuvchilar soni 25mln dan ortiq desak adashmagan bo‘lamiz. Buni qarangki, mutaxassislar haq bo‘lib chiqishdi, O‘zbekistonda AKT nafaqat tez, balki shiddat bilan taraqqiy etdi, ammo xorijlik mutaxassislar foydalanuvchilar soniga kelishgan da yanglishganliklari ma’lum bo‘ldi. Sababi, 2010yilga emas, balki 2008 yilga kelib internetdan foydalanuvchilar soni 2 mln nafardan ortib ketdi. 203 1- rasm. Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar Oxirgi o‘n yilliklarda hisoblash texnikalari tez avj olib o‘sib borayotgan jarayon hisoblanadi. Asosan xalq- xo‘jaligi va barcha ilmiy o‘rganish sohalarida ma’lumotlarga raqamli ishlov berish amaliy usullariga o‘tishi katta sakrash bo‘ldi. Bularni har xil hisoblash ya’ni kerakli o‘rinlarda turuvchi signallarga raqamli ishlov berish (SRIB) tizimlari texnikalarida qo‘llash, keyingisi ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida masofadan turib zondlashgan foydalanish, med-biologik tadqiqotlarda, aerokosmik va dengiz kemalari qatnovi: aloqa, radiofizika, raqamli optika va bir qator raqamli sohalari masalalarini hal qilishda ishlatiladi. Signallarga raqamli ishlov berish (SRIB)-bu hisoblash texnika (HT) larida texnik sifatida va dasturli vositalarda ko‘chishlarni dinamik yozuvchisidir. Signallarga raqamli ishlov berish uchun va shu sohaga tegishli xabarlar nazariyasidan foydalanadilar. Jumladan signalni optimal qabul qilish nazariyasidan va ko‘rinishini bilish nazariyalari kiradi. Bu jarayonda asosiy vazifasi birinchidan fondagi shovqinlarni va tabiatdagi turli xil tovush signallarini belgilaydi, ikkinchidan signallarni sinflanishini, tenglashtirish va avtomatik aniqlashdan iborat. Signallarga ishlov berishni ta’sirini quiydagi texnologiyalarida ya’ni telekommunikatsiya, raqamli TV va ovoz yozish, biometrika, mobil aloqa va videosistemalarda kuzatishimiz mumkin. Bular asosan hisoblash qurilmalarida qo‘llaniladi. AKT dan faol foydalanish keng tarqalgan, uskunalar va texnologiya infratuzilmasining eng yangi turlari bilan jihozlangan, yuqori kadrlar potensiali bilan asoslangan. Bu ish insonlarning turmush darajasini sifatini yaxshilashga va ularning kundalik hayotini yaxshilash, davlat boshqaruvida eng yangi texnologiyalardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Axborotlashtirish zamonaviy dunyo taraqqiyotining eng muhim yo ’nalishlaridan biri hisoblanib, jahon-fan texnikasining iqtisodiy ijtimoiy taraqqiyot yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi dasturining Davlat boshqaruv tizimini isloh qilish nomli 1.2- bo‘limida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish; “Elektron hukumat” tizimlarini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati va 204 aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining foydalanish imkoniyatlarini oshirish hamd a iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari deb nomlangan 3- ustuvor yo‘nalishida iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish bozorlarida monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish aytib o‘tilgan. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining yangiligi va o‘ziga xosligi insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyatining barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uch yo‘nalishda ilgari bo‘lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to‘siqlarni yengib o‘tish imkon beradi: Bilimlarni egallash yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish natijasida ta’lim olish yo‘lidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, axborotlar bilimlar to‘plash jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak bo‘ladi. Internet va “Butun jahon tarmog‘i” barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar uchun birdek axborot izlash kanali bo‘lib xizmat qiladi. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling