Муассасасннинг факультети тугрисида низом


Download 48.78 Kb.
bet1/8
Sana11.02.2023
Hajmi48.78 Kb.
#1188806
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IIXM nizom 2022 (2)


O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI


ISLOM IQTISODIYOTI VA XALQARO MUNOSABATLAR FAKULTETI


NIZOMI


(Akademiya Kengashining 20__-yil “___” ___________dagi __-sonli majlisida tasdiqlangan)


Toshkent - 2022


“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor _________________Z. Ro‘ziyev


O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
ISLOM IQTISODIYOTI VA XALQARO MUNOSABATLAR” FAKULTETI


NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

  1. Fakultet O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb yuritiladi) tarkibida “Islom iqtisodiyoti va moliyasi”, “Xalqaro munosabatlar”, Jurnalistika (xalqaro jurnalistika), Yurisprudensiya (islom huquqi), “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlakatlari)”, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha), “Turizm (ziyorat turizmi)”, “Axborot xavfsizligini boshqarish”, Komputer injiniringi (“Komputer injiniringi”, “AT servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejasidagi fanlarni o‘rganuvchi va ushbu sohalarda oliy malakali kadrlarni tayyorlovchi o‘quv-ilmiy tarkibiy tuzilma hisoblanadi.

  2. Fakultet “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar yo‘nalishi va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonini uzviylik va uzluksizlikda, bosqichma-bosqich, maqsadli tashkil etilishini ta’minlash, tegishli kompetensiyalarga ega bo‘lgan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish va mustahkamlash faoliyati bilan shug‘ullanadi.

  3. Fakultet o‘z tarkibiga kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mutaxassisliklariga taalluqli kafedralar va laboratoriyalar, shuningdek Akademiya tarkibidagi o‘z faoliyati mazmuniga muvofiq hamda fakultet ixtisosligiga mos bo‘lgan boshqa kafedralarni ham o‘zaro birlashtiradi.

  4. Fakultet Akademiya Kengashining qarori asosida rektorning buyrug‘i bilan tashkil etiladi.

  5. Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi yirik ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari (belgilangan tartibda tuzilgan bitim asosida) bilan hamkorlikda tashkil etilishi, qayta tuzilishi va takomillashtirilishi mumkin.

  6. Fakultet kadrlar tayyorlash jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan holda kunduzgi shaklda amalga oshiradi.

  7. Fakultet sohadagi kadrlar iste’molchilari talablari va xususiyatlari, istiqbol taraqqiyot omillari, jamiyatdagi mavjud ehtiyojlarni inobatga olgan holda o‘quv jarayoni samaradorligini ta’minlash maqsadida o‘z tarkibida yangi bo‘linmalar tashkil etish vakolatiga ega.



Download 48.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling