Муассасасннинг факультети тугрисида низом


II. Fakultetning asosiy vazifalari


Download 48.78 Kb.
bet2/8
Sana11.02.2023
Hajmi48.78 Kb.
#1188806
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IIXM nizom 2022 (2)

II. Fakultetning asosiy vazifalari
- Fakultetning o‘quv-tarbiyaviy, tashkiliy–ma’muriy va ma’naviy-ma’rifiy vazifalari kuyidagilardan iborat:

  • “Islom iqtisodiyoti va moliyasi”, “Xalqaro munosabatlar”, Jurnalistika (xalqaro jurnalistika), Yurisprudensiya (islom huquqi), “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlakatlari)”, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha), “Turizm (ziyorat turizmi)”, “Axborot xavfsizligini boshqarish”, Komputer injiniringi (“Komputer injiniringi”, “AT servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”) ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis kadrlar – bakalavr o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, ta’lim mazmunini jamiyatdagi tub o‘zgarishlar talablariga muvofiq doimiy takomillashtirib borish;

  • mamlakatimizda ta’lim tizimining maqsadi talabaning ta’lim ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish ekanidan kelib chiqqan holda, uning bilim, malaka va ko‘nikmalari va mutaxassis sifatidagi tegishli kompetensiyasini to‘laqonli amalga oshirish uchun ta’lim sifatini doimiy takomillashtirib borish;

  • fakultet tarkibidagi kafedralarning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkil qilish va o‘zaro muvofiqlashtirish;

  • islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar sohasida innovatsion, fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar, ilmiy-metodik ishlarini tashkil etish, ilmiy-innovatsion faoliyatni amalga oshirish, fakultet rivojiga yo‘naltirilgan investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish;

  • ta’lim mazmunini davlat va jamiyat strategik rivojlanishining maqsadlari bilan uzviy olib borilishini ta’minlash va o‘zaro muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini sohaga oid tuzilmalar amaliy faoliyatlariga joriy etish;

  • fakultetning ixtisosligini belgilovchi bilimlar tarmoqlari bo‘yicha yuqori sifatli bosma va elektron formatdagi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy materiallar va ilmiy ishlar (monografiya, ilmiy to‘plamlar) yaratish, sohaviy, respublika va xalqaro konferensiyalar o‘tkazish;

  • islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar sohasidagi tashkilot va muassasalar, yetakchi xorijiy ilmiy markazlar, elchixonalar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama manfaatli amaliy ilmiy-metodik aloqalar o‘rnatish, ularni rivojlantirish va mustahkamlash, uzoq muddatli shartnomalar tuzish;

  • sohada mutaxassislar tayyorlashning jahon tajribalarini o‘rganish, ularni umumlashtirish, faol foydalanish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonga maqsadli tatbiq etish;

  • fakultet professor-o‘qituvchilari, talaba va ilmiy xodimlarining xorijiy mamlakatlarda tajriba almashishlari, stajirovkalar o‘tashi, qisqa va uzoq muddatli ish o‘rganishlarini ta’minlash;

  • fakultet O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa har qanday ta’lim-tarbiyaviy faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega.




Download 48.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling