Муассасасннинг факультети тугрисида низом
Download 48.78 Kb.
|
IIXM nizom 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dekanat uslubchisi lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
Malaka talablari:
Mas’uliyatli, intellektli, madaniyatli, xushmuomalali, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega, mustaqil ish tuta oladigan, Oliy ma’lumotga ega, 25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yosh) katta bo‘lmasligi lozim. Pedagogik va psixologik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi; Qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi kerak; Dekanat uslubchisi lavozim vazifalari Fakultet dekanati va kafedralar tomonidan o‘quv-uslubiy ishlarining, o‘quv, namunaviy rejalarning bajarilishini nazorat qilish; o‘quv-uslubiy ishlarning tuzilishini nazorat qilish; dekanatda amalga oshirilayotgan o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etish; fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalar, talabalar guruh jurnallari va o‘quv varaqalari, talabalarning yetkazuv varaqalari olishini muntazam ravishda tekshirib borish; o‘quv mashg‘ulotlari jadvali asosida o‘ziga biriktirilgan kurslar talabalarining davomatini nazorat etish; kelish va ketish hujjatlarini rasmiylashtirish; dekanatga kiruvchi va chiquvchi hujjatlarning hisobini yuritish va ro‘yxatdan o‘tkazish; Akademiya talabalar turar joyida yashayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ma’naviy-madaniy tadbirlarni tashkil etishga ko‘maklashish; dekanat arxivi va kartotekasini yuritish. Bilishi kerak: O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnoma va meyoriy hujjatlar, Akademiya ichki tartib-qoidalari, meyoriy hujjatlarni. Malaka talablari: Namunaviy shaxsiy fazilatlar – intellekt, madaniyatli, ijodkorlik, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, qat’iy harakat qilish; oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur; o‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur. Download 48.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling