Муассасасннинг факультети тугрисида низом


III. Fakultetni tashkil etish va boshqarish


Download 48.78 Kb.
bet3/8
Sana11.02.2023
Hajmi48.78 Kb.
#1188806
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IIXM nizom 2022 (2)

III. Fakultetni tashkil etish va boshqarish
- Fakultet Akademiya Kengashi tavsiyasi asosida rektor buyrug‘i bilan tashkil etiladi.
- Fakultet ishiga rahbarlikni fakultet dekani amalga oshiradi. Dekan lavozimi mustaqil shtat hisoblanadi va uni o‘rindoshlik tartibida egallashga ruxsat etilmaydi.
- Fakultet dekani va uning o‘rinbosarlari shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari”ga muvofiq joriy etiladi.
- Dekan o‘rinbosarlari, aksariyat hollarda, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan shaxslar safidan, fakultet dekanining tavsiyasiga ko‘ra Akademiya rektori tomonidan tayinlanadi.
- Nizom bo‘yicha fakultet dekani Akademiya Kengashi va qabul komissiyasining a’zosi, shuningdek Davlat Attestatsiya komissiyasi raisining muovini hisoblanadi.
- Fakultet dekani har o‘quv yili yakunida Akademiya Kengashida o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan o‘quv, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha hisobot beradi va fakultet faoliyatining natijalari bo‘yicha to‘la mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.


IV. Fakultet dekani lavozim majburiyatlari

  • Fakultet dekanatining faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

  • fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga umumiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;

  • o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishi, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish;

  • talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish;

  • talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash va rektoratga taqdim etish;

  • talabalarning bitiruv malakaviy ishlari himoyasi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;

  • iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli tanlovlarda qatnashishga tayyorlash;

  • professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;

  • fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;

  • yangi informatsion va pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishi, professor-o‘qituvchilarning ularni egallashini nazorat qilish;

  • ilmiy va ilmiy-uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;

  • Akademiyaning Marketing (buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoring) bo‘limi bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar) yuzasidan, amaliy tavsiyalar berish;

  • turdosh oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

  • fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash;

  • talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy-axloqiy ishlarni tashkil etish:

  • vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish.


Download 48.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling