Муассасасннинг факультети тугрисида низом
Download 48.78 Kb.
|
IIXM nizom 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoshlar bilan ishalash bo‘yicha dekan o‘rinbosarining lavozim vazifalari
Malaka talablari:
namunaviy shaxsiy fazilatlar – intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish; oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; o‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur. Yoshlar bilan ishalash bo‘yicha dekan o‘rinbosarining lavozim vazifalari: O‘zbekiston Respublikasi ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining buyruqlari, xat, topshiriqlari, shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat jarayonlariga tegishli Akademiya rektori buyruqlari bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish; fakultetda tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish; talabalarning individual psixologik portreti aks ettirilgan shaxsiy varaqalarni to‘ldirishni tashkil etish; talabalarning kiyinish va muomala madaniyatiga rioya etishlarini kundalik nazoratga olish; fakultet va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ish rejalarini muvofiqlashtirish hamda ular asosida umumiy ish rejani shakllantirish, fakultet dekaniga tasdiqlatish; fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qiluvchi tadbirlar tashkil etish; Akademiya rejasiga ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir masalalarni kiritish va doimiy muhokamasini yo‘lga qo‘yish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlar mazmunini talabalarga yetkazib borish; talaba-yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’siridan himoya qilishda hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiysi bo‘lib yetishtirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish; Akademiyada amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga oid tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash; talaba-yoshlar orasida ahloqiy, estetik, siyosiy-g‘oyaviy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish; ma’naviy-ma’rifiy ishlarni ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislikdan kelib chiqib talabalarda ixtisoslik ko‘nikmasini shakllantirish; milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjuman, davra suhbatlari, uchrashuvlar va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish; talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashish; Rektor, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor, Yoshlar va talabalar bilan ishlash bo‘limi, Fakultet dekanining topshiriqlari asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish; ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan kafedra mudirlari tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish; professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalaridagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” sohasiga tegishli bandiga tegishli vazifalarni tahlil qilish va to‘liq bajarilishini nazorat qilish; ijarada yashaydigan talabalarga murabbiylarni biriktirish, ularning faoliyatini doimo muvofiqlashtirib borish; tyutor bilan olib boriladigan “Tyutorlik soati”, bitiruvchi kurslar uchun “Axborot soat”larining o‘tilishi hamda mazmunini doimiy nazoratga olish; talabalarning ota-onalari bilan doimiy muloqot qilish va fakultetda “Ota-onalar kuni” tadbirini uyushtirish; o‘quv binosi va talabalar turar joylarida rahbariyat topshirig‘iga muvofiq belgilangan kunlarda navbatchiliklarni tashkil etish va nazoratga olish; har semestr yakunida fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlari yuzasidan hisobotni bo‘lim rahbariga taqdim qilish; ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda yaxshi tashabbus ko‘rsatgan faollarni moddiy, ma’naviy rag‘batlantirishga doir taklif va tavsiyalar berish; jamoat tashkilotlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va muammoli talabalar bilan individual ishlash; fakultet binosi, kafedra va o‘quv xonalarining targ‘ibot plakatlari bilan bezatishda tashabbuskor bo‘lish hamda mazkur vazifaga siyosiy hushyorlik bilan yondashish. Download 48.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling