Муассасасннинг факультети тугрисида низом


Download 48.78 Kb.
bet6/8
Sana11.02.2023
Hajmi48.78 Kb.
#1188806
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IIXM nizom 2022 (2)

Bilishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya masalalariga tegishli Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, Akademiya buyruqlari, fakultet faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnoma va meyoriy hujjatlar, odob-axloq qoidalari, Akademiya ustavi, ichki mehnat tartib-qoidalari, ish yuritishga oid boshqa meyoriy hujjatlarni.

Malaka talablari:

  • Namunaviy fazilatli, intellektual, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy fikr, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish, Akademiya strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish;

  • oliy ma’lumotga ega bo‘lish (magistr diplomiga ega bo‘lish);

  • o‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;

  • kamida 3 yillik pedagogik yoki ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha faoliyat stajiga ega bo‘lishi;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni mukammal bilishi zarur.

Fakultet tyutorlarning lavozim vazifalari:

  • Talabalaming ma’naviy, axloqiy va kasbiy tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanish;

  • o‘z mahorati, kasbiy tayyorgarligi, nazatiy bilim va ish tajribasini doimiy ravishda oshirib borish;

  • Tyutorlik guruhlaridagi talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish va fakultetga taqdim etish;

  • Tyutorlik guruhidagi talabalar turar joyi, ijara, yaqin qarindoshi va o‘z uyida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitidan doimiy xabardor bo‘lish;

  • Talabalarning to‘garak va klublarga a’zoligini maksimal darajada ta’minlash va ularning ushbu to‘garaklar faoliyatidagi ishtiroki monitoringini yuritish;

  • O‘ziga biriktirilgan akademik guruhlardagi talabalar bilan muntazam (guruhlarda va yakka tartibda) suhbatlar o‘tkazib borish;

  • Talabalar va ulaming ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini oliy ta’lim muassasasi ustavi, ichki tartib, odob-axloq hamda TTJdan foydalanish qoidalari va ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi;

  • 5 akademik guruhlarda dars jadvali asosida har haftada bir marta “Axborot va murabbilik soati”, “Soft skills” treninglari o‘tilishini tashkil etish hamda uning samaradorligini ta’minlash;

  • Talabalar bilan bog‘liq favqulodda muammoli vaziyatlar yuzasidan zudlik bilan fakultet dekaniga axborot berish;

  • Talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va diniy ekstremizmning oldini olish bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida muntazam tushuntirish ishlarini olib borish;

  • Alkogol, tamaki va psixotrop vositalar iste’mol qilishning zararli oqibatlari xususida doimiy profilaktik ishlarni tashkil etish;

  • Moddiy yordamga muhtoj talabalami aniqlash, ulami ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fakultet dekaniga taklif kiritish;

Bilishi kerak:

  • Amaldagi qonun hujjatlari, Akademiya ichki tartib va odob-axloq qoidalari hamda ushbu nizomga muvofiq boshqa barcha majburiyatlarni.


Download 48.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling