To'lovlar:
Kommunal xizmatlar, internet, televizor, taksi xizmatlari uchun to'lov, kreditlarni to'lash va boshqalar.
O'tkazmalari:
Bir necha soniya ichida kartadan kartaga o'tkazish;
rekvizitlar bo'yicha o'tkazmalar;
hamyonga pul o'tkazish;
hisob raqamga pul o'tkazmalari.
Monitoring:
Bank hisob raqamlari, hamyonlar va kartalardagi mablag'larning harakatini onlayn monitoring qilish, xarajatlar va tushumlarni kuzatish;
Kredit to'lovlari va onlayn depozitlar bilan amalga oshirilgan harakatlar tarixi.
Onlayn kreditlar:
“Davr Mobile” ilovasi orqali mijozlar bank filialiga onlayn kreditlar tashrif buyurmasdan turib kredit olishi mumkin.
Onlayn depozitlar:
Uyingizdan chiqmasdan bankimizda foydali omonat ochish.
Konvertatsiya:
Mamlakatimizning istalgan yerida va istalgan vaqda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish.
Hozirda deyarli barcha tijorat banklari tomonidan bank mobil ilovalari yaratilgan. Bir necha to‘lov tashkilotlarining ham mobil ilovalari faol ishlamoqda. Bu aholiga bankka tashrif buyurmagan holda qulay, tezkor va ishonchli to‘lov xizmatlaridan foydalanish imkonini bermoqda.
Tijorat banklari hamda to‘lov tashkilotlarining mobil ilova xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari quyidagilar:
uydan chiqmasdan to‘lovlarni amalga oshirish;
infektsiya ehtimoli mavjud bo‘lgan naqd pul mablag‘larisiz xaridni amalga oshirish;
daromad va xarajatlarni kuzatib borish;
vaqt va transport xarajatlarini tejash va xavfsizlikni oshirish.
Mobil ilovalardan foydalanish uchun, avvalo, ixtiyoriy bankdan o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasini olish taqozo etiladi (agar bank kartasi mavjud bo‘lmasa). Hozirda tijorat banklari tomonidan ikki turdagi (HUMO va UZCARD) bank kartalari emissiya qilinmoqda.
Jismoniy shaxslar tomonidan bank kartasini olish va mobil ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:
bank kartasini (birinchi marta) olish uchun o‘zi tanlagan bankka pasport bilan murojaat qilish (onlayn tarzda tijorat banklarining rasmiy veb-saytlari orqali ham buyurtma berish imkoniyati mavjud);
kartani pul mablag‘lari bilan to‘ldirish (“cash-in” funktsiyali bankomat yoki bank filiallariga tashrif buyurish orqali);
bankka tashrif buyurib yoxud bankomat va infokiosklar orqali bank kartasini o‘z mobil telefon raqamiga bog‘lash (biriktirish) orqali sms-xabarnoma yoki telegram-xabarnoma xizmatini faollashtirish;
tijorat banklari yoki to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarini Android operatsion tizimli mobil telefon uchun “Google Play market” internet ilovasidan yoki iOS operatsion tizimli mobil telefon uchun “Appstore” internet ilovasidan yuklab olish;
Mobil ilovalar orqali nafaqat kommunal va mobil aloqa xizmatlari, balki davlat xizmatlari uchun to‘lovlar, notarius xizmatlari, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar, soliq to‘lovlari, internet xizmatlari, ta’lim va xayriya uchun pul mablag‘larini o‘tkazish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va turli taomlarni yetkazib berish xizmatlari uchun ham to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud11.
II.BOB. ELEKTRON TIJORATNI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TATBIQ ETISHNING AHAMIYATI
Do'stlaringiz bilan baham: |