Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali universiteti kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi


 Mashinali o’qitishning sun’iy intellektda qo’llanilishi


Download 2.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana18.10.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1709022
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
ANVAROV AZAMAT SHUXRAT O\'G\'LI Kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi fan nomi Mashinali o\'qitishga kirish

5. Mashinali o’qitishning sun’iy intellektda qo’llanilishi 
 
Sun’iy intellekt (SI) tushunchasi. SI haqidagi tasavvur va bu sohadagi 
izlanishlar - «Aqliy mashinalar» ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo`lib 
Stanford universitetining (AQSh) professori Djon Makkarti tashabbusi asosida 1956 
yili tashkil topgan ilmiy to`garakda paydo bo`ldi. 
Bu to`garak tarkibiga Massachuset (AQSh) texnologiya 
oliygohi «Elektronika va hisoblash texnikasi» fakultetining 
faxriy professori Marvin Minskiy, «Umumiy masala 
yechuvchi» 
va 
«Mantiqchi-nazariyotchi» 
intellektual 
dasturlar bunyodkorlari – kibernetik Allen Nyuell va Karnegi-
Mellen, dorilfununning mashhur psixologi Gerbert Saymon, 
hisoblash texnikasining ko`zga ko`ringan mutaxassislari 
Artur Samuel, Oliver Selfridj, Klod Shennon va boshqalar 
kirar edilar. Aynan shu to`garakda «Sun’iy intellekt» 
tushunchasi paydo bo`ldi. 
Intellekt atamasi lotincha intellektus so’zidan olingan bo’lib - bu aql, idrok, 
ong tushunchalarini anglatadi; insonning fikrlash qobilyati [6]. Shunga ko'ra, sun’iy 
intellekt (artificial intelligence) - inson intellektining alohida funksiyalarini 
bajarishni ta’minlovchi avtomatik tizim sifatida qaraladi, masalan, oldindan 
to’plangan tajribalarga asoslangan bilimlar va tashqi ta’sirlarni ratsional tahlil qilish 
asosida optimal tanlash va qaror qabul qilish. 
SIning vaqtli taqvimi 1.7-rasmda keltirilgan. 
Zamonaviy ATlarning asosiy yo`nalishlardan biri insonga talluqli bo`lgan 
vazifalarni bajaruvchi sun’iy intellekt tizimlarni yaratishdir. 
Sun’iy intellekt deganda – maqsadli yo’nalishdagi harakatni o’zida namoyon 
qilish qobiliyatiga ega ixtiyoriy biologik, sun’iy yoki formal tizimlar tushuniladi. 
Sun’iy yoki formal tizimlar muloqot, bilimlarni yig’ish, idrok etish, o’rgatish, anglab 
olish, moslashish va h.k. larni o’z ichiga oladi. 
SI – hisoblash mashina(HM)larining insonlarga aqlli bo`lib ko`rinadigan 


tomonlarini bajarishga imkon beradigan konsepsiyalar haqidagi fan. 


1.7-rasm. SIning vaqtli taqvimi. 


SIning asosiy masalasi HMlarini foydaliroq qilish va aql asosida yotadigan 
prinsiplarni tushunishdan iborat. 
Tadqiqotlar va odamlar intellektual deb hisoblagan xatti-harakatlarni 
aniqlaydigan mashinalarni yaratilishini biz sun'iy intellekt deb ataymiz. Eng keng 
tarqalgan va zamonaviy mashinalar - kompyuter texnikasi va aloqa vositalari 
hisoblanadi, shuning uchun ham SI yo'nalishi kompyuterlar va hisoblash tizimlari 
sohasiga tegishli hisoblanadi. 
SI ning turli xil ta'riflari mavjud. Quyida ulardan ba'zilarini keltiramiz [6,16]: 
1) "[avtomatlashtirish] qaror qabul qilish, muammoni hal qilish, o’qitish, 
o’rgatish … kabi insoniy fikrlash bilan bog'liq bo'lgan faoliyat turlari " (Belman, 
1978). 
2) "Hisoblash modellarini qo'llash orqali intellektual qobiliyatlarni o'rganish" 
(Charniak, McDermott, 1985). 
3) "Anglab olishni, fikrlashni va harakat qilishni ta'minlaydigan 
hisoblashlarni o'rganish” (Winston, 1992). 
Sun’iy intellekt tizim (SIT) – bu fe’l – atvori maqsadga yo`naltirilgan qobiliyatni 
o`zida aks ettiruvchi ixtiyoriy biologik, sun’iy yoki formal tizimlar tushuniladi[6]. 
SIT - bu kompyuterli, kreativ tizim (ko’p funksiyali, integratsiyali, 
intellektualli), murakkab strukturali moslashish, o'rnatish uchun, (sintaktik, 
semantik, pragmatik axborot) maqsadga erishish uchun (aniq maqsadlilik) muhit 
o’zgarishiga moslashish va soha o’zgarishidagi ichki holat hisoblanadi 

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling