Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali universiteti kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi


Download 2.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana18.10.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1709022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ANVAROV AZAMAT SHUXRAT O\'G\'LI Kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi fan nomi Mashinali o\'qitishga kirish

3. Mashinali o‘qitish ma’nosi 
 
O‘zbek tilida so‘zlar boyligi juda katta, shunday so‘zlar borki, ular turli 
sohalarda turlicha ma’noni anglatadi, turli vaziyatlarda turlicha fikrlarni ifodalaydi. 
Inson ongi borliqni o‘zining sezgi organlari orqali fizik tasavvur qiladi, shu bilan 
birga, o‘zi yaratgan so‘zlashuv tilida borliqni yozma yoki og‘zaki hayolan tasavvur 
qiladi. Insonda ikkinchi vosita orqali borliqni tasavvur etishini yana ikkiga ajratish 
mumkin, o‘z tilida o‘zi tasavvur etishi yoki o‘zganing tilida aytilgan so‘zlar asosida 
tasavvur qilish. Fan va texnikaning rivojida Inson borliqni texnik ma’lumotlar bilan 
tasavvur qila boshladi hamda insonlarning ko‘payishi, fan-texnikaning jadal 
rivojlanishi borliqni tasavvur etish uchun berilgan ma’lumotlarning keskin va juda 
katta hajmda ortishiga olib keldi. Boshqa tillardagi kabi O‘zbek tiliga turli halqlar 
tilidan va texnik atamalardan kirib kelgan so‘zlarni tarjima qilish lug‘aviy jihatdan 
ixcham ifodalamasligi mumkin. Masalan, yuqorida ishlatilgan “ma’lumot” so‘zini 
o‘zbek tili lug‘atida ikki ma’noda – bilim yoki xabar (berilganlar) deb tushunish 
mumkin, biror jarayon haqida so‘zli tasavvurda ma’lumot ikki ma’nodan birini 
ifodalab keladi. Axborot va/yoki ma’lumot so‘zlari bilan ataladigan tushunchalar 
to‘plami bilan borliqni o‘zimiz tasavvurimizda yoki o‘zganing tasavvurida idrok 
qilamiz. Agar axborot deganda borliq haqida inson yoki texnikaning sezgi organlari 
bilan hosil bo‘ladigan so‘z yoki raqamlar, yoki xabarlar sifatida ifodalasak, u holda 
ma’lumot so‘zi bilan axborotlar asosida mantiqiy bog‘liqlikdan kelib chiqqan borliq 
haqidagi tushunchalar va bilimlarni ifodalash mumkin. Keyingi ma’ruzalarimizda 
borliqni anglash uchun dastlabki tushunchalarning “qayta ishlanmagan”larini 
axborot (Information) va qayta ishlanganini ma’lumot (Data) deb qaraymiz. 
Demak, ma’lumot deganda o‘zgalar tomonidan berilgan axborotlar ham 
tushuniladi. AKT sohasidagi bilimlarning o‘zbek tilidagi manbalarida “berilganlar 
bazasi” tushunchasi mazmunan “ma’lumotlar bazasi” tushunchasi bilan mos 
keladi. Axborotlar esa borliq haqidagi dastlabki belgilar bo‘lib, borliq – predmet, 
yoki jarayon, yoki hodisalardir. 
Borliqni tasavvur etishimiz yoki anglashimiz uchun katta xajmdagi axborot 
va ma’lumotlar oqimini o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Kompyuterlar, ya’ni elektron 
hisoblash mashinalari yaratilgandan keyin katta hajmdagi ma’lumotlar oqimini 
o‘rganish usullarining algoritmlari yordamida borliqni anglash uchun katta hajmli 
ma’lumotlarni qayta ishlash tushunchasi mashinali o‘qitish (MO’) tushunchasini 


paydo qildi. Ya’ni insonlar katta hajmli ma’lumotlarni qayta ishlash usullarini ishlab 
chiqib, mashinani katta hajmli axborotlar va/yoki ma’lumotlar oqimini real vaqtda 
tahliliy hamda mantiqiy hulosalash aloritmlari bilan ta’minladi. Shu bilan katta 
hajmli ma’lumotlar oqimini MO’orqali tezkor qarorlarni qabul qilish imkoniyati 
tug‘ildi va rivojlantirildi. Borliqni axborotlar orqali dastlabki tasavvuri timsol 
(timsol, ob’ekt) deb ataladi. O‘sha dastlabki tasavvurlarni anglash – timsollarni 
anglash deb atalib, Ma’lumotlar fani (Data Science)ning alohida bir yo‘nalishi 


sifatida rivojlangan. MO’ esa Data Science sohasidagi birinchi tadqiqot 
yo‘nalishidagi fan bo‘lib, timsollarni anglash usullariga ham tayanadi. 
Ingliz tilida “Machine learning”, rus tilida «Mashinnoye obucheniye» 
atamalari yuqoridagi “MO” tushunchasiga mos keladi. Boshqa tillardagi “Machine 
learning” va «Mashinnoye obucheniye» atamalarining o‘zbek tiliga tarjimasida 
bahsli holatlar paydo bo‘lishi mumkin, ya’ni “MO’”, “Mashinali o‘qish”, 
“Mashinada o‘qitish”, “Mashinali o‘rganish”, “Mashinani o‘qitish”, “Mashinani 
o‘rgatish”, “Mashinali ta’lim”, “Mashina ta’limi” kabi. Agar katta hajmli 
ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash uchun elektron hisoblash mashinasidan 
foydalanadigan bo‘lsak, u holda mavjud ma’lumotlar oqimini ushbu mashinaga 
o‘qitishimiz zarur, elektron hisoblash mashinasi esa ma’lumotlarni qayta ishlash 
usullarining va mantiqiy hulosalash mexanizmi algoritmlari bilan ta’minlangan 
dasturiy ta’minot bilan ishlaydi. Shuning uchun “MO”, “Mashinali o‘qish” va 
“Mashinali o‘rganish” tushunchalarni umumlashtirib, Data Science sohasida 
Machine learning atamasini o‘zbek tilida MO’ deb olamiz. 

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling