Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali universiteti kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi


Download 2.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana18.10.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1709022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ANVAROV AZAMAT SHUXRAT O\'G\'LI Kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi fan nomi Mashinali o\'qitishga kirish

Bilimlar. Bilimlar - bu PrSdagi obyektiv qonuniyatlar (prinsiplar, aloqalar
qonunlar) bo’lib, ular amaliy faoliyat va professional tajribalar natijasida olinadi va 
mutaxassislarga ushbu sohada masalalarni qo’yish va yechishga imkoniyat yaratadi. 
Bilimlar bu yaxshi strukturalashgan ma’lumotlar, yoki ma’lumotlar haqidagi 
ma’lumotlar, yoki metama’lumotlar. 
Bilim tushunchasi boshqa ko’plab fundamental ilmiy tushunchalar (algoritm, 
intellekt, faoliyat va h.k) kabi intuitiv shaklda aniqlanadiganlar tipiga kiradi. 
Ba’zi PrS haqidagi bilimlar ushbu PrSdagi obyektlar haqidagi ma’lumotlar 
majmuasidan, ushbu sohadagi obyektlarning muhim xossalaridan va ularni 
bog’lovchi munosabatlardan, jarayonlar hamda unda vujudga keladigan 
vaziyatlardan hamda ushbu vaziyatlar bilan bog’liq muammolarni tahlil qilishdan 
iborat. 
Bilim tushunchasi ma’lumot yoki axborot tushunchasidan qanday farq 
qiladi? 
Bilim –bu tashqi olamdan tirik mavjudod (subyekt) yordamida idrok etilgan 
axborotlar. Bilimning ma’lumotdan farqli tomoni uning subyektivligidadir [2]. 
Bilim subyektning hayotiy tajribalariga, uning tashqi olam bilan o’zaro aloqalar 
tarixiga, ya’ni uning o’rganish va o’zini-o’zi o’rganish jarayonlariga asoslanadi. 
SI 
bo’yicha yaratilgan adabiyotlarga asoslangan holda bilimning 
ma’lumotlardan farqli tomonlarini quyidagicha ko’rsatish mumkin [2-4]


• bilimlar ko’proq strukturalashgan o’ladi; 


• bilimlarda ma’lumotlarga o’xshab bilimlarning alohida elementlari emas, 
balki ular orasidagi o’zaro bog’liqlik muhim ahamiyatga ega; 
• bilimlar ma’lumotlarga nisbatan o’zini-o’zi izohlovchi bo’ladi, ya’ni 
bilimlarda ulardan qanday foydalanish haqidagi axborotlar mavjud bo’ladi; 
• 
bilimlar ma’lumotlarga nisbatan faolroq bo’ladi, ya’ni bilimlar ulardan 
foydalanayotgan tizim harakatiga ta’sir etishi mumkin.
Shuni ta’kidlash joizki, bilimlar bilan ma’lumotlar orasida qat’iy chegara 
yo’q, chunki oxirgi 20 yillar mobaynida ma’lumotlar bazalarini boshqaruvchi 
tizilarni yaratuvchilar ma’lumotlarni va bilimlarni bir-biriga o’xshash qilib 
qo’ydilar. Misol sifatida ma’lumotlar bazalarini loyihalashda semantik to’rlarni 
qo’llash, obyektga yo’naltirilgan ma’lumotlar bazalarining paydo bo’lishi, 
saqlanuvchi protseduralar va h.k.larni keltirish mumkin. Shunday qilib, bilimlarning 
ma’lumotlardan yuqorida keltirilgan farqli tominlari informatika vositalarining 
rivojlanishi bilan bir-biriga yaqinlashib bormoqda. 
EHMda ishlatiladigan axborot protsedurali va deklarativga ajratiladi [2-4]. 
Protsedurali axborot masalani yechish jarayonida bajariladigan dasturlarda 
moddiylashtirilgan, deklarativ axborot - bu dasturlar ishlatadigan ma’lumotlarda 
moddiylashtirilgan bo’ladi. EHMda axborotlarni tasvirlashning standart shakli 
mashina so’zi hisoblanadi. Mashina so’zi mazkur EHM turi uchun aniqlangan 
ikkilik razryadlar - bitlardan tashkil topgan. Ammo bir qator hollarda mashina so’zi 
baytlar deb nomlangan 8ta ikkilik razryadlar bo’yicha guruhlarga ajratilmoqda. 
Hozirda mavjud ko’pgina EHMlarda axborotni mashina so’zining ixtiyoriy 
razryadlar to’plamidan bir bitgacha olish mumkin. Ko’pgina EHMlarda ikki yoki 
undan ortiq mashina so’zlarini katta uzunlikdagi bitta so’zga birlashtirish mumkin. 
EHM strukturasining rivojlanishi bilan parallel ravishda ma’lumotlarni 
tasvirlash uchun axborot strukturalarning rivojlanishi sodir bo’ldi. Ma’lumotlarni 
vektor va matritsa ko’rinishida tavsiflash usullari paydo bo’ldi, ro’yxat va iyerarxik 
strukturalar vujudga keldi. Hozirda yuqori darajali dasturlash tillarida abstrakt 
ma’lumotlar turlari qo’llanilmoqda. Ularning strukturasi dasturchi tomonidan 
beriladi. Ma’lumotlar bazasi(MB)ning paydo bo’lishi deklarativ axborotlar bilan 
ishlash bo’yicha yana bir ilgari qadam bo’ldi. MBda bir vaqtning o’zida katta 
hajmdagi ma’lumotlar saqlanishi mumkin, MBni boshqarish tizimlarini tashkil 
etuvchi maxsus vositalar esa ma’lumotlarni samarali manipulyasiya qilishga, kerak 
bo’lganda bazadan ma’lumotlarni olish va ularni kerakli tartibda bazaga yozishga 
imkon beradi. 
EHMda bilimlar ma’lumotlar kabi belgili ko’rinishda – formulalar, matnlar, 
fayllar, axborot massivlar va sh.k. ko’rinishida tasvirlanadi. 

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling