Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali universiteti kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi


Bilimlarning tiplari va bilimlarni sinflash


Download 2.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana18.10.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1709022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ANVAROV AZAMAT SHUXRAT O\'G\'LI Kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi fan nomi Mashinali o\'qitishga kirish

Bilimlarning tiplari va bilimlarni sinflash. Bilimlarni ikkita: obyektiv va 
subyektiv (inson bilimlari) bilimlarga ajratish mumkin [1]. 
Obyektiv bilimlar aniq obyekt yoki obyektlar sinfini (narsalar, jarayonlar, 
hodisalar va h.k.) tavsiflash bilan bo’g’liq. Metabilimlar esa tabiyat, jamiyat va 
fikrlashning umumiy tushunchalari, prinsiplari va qonuniyatlarni tvsiflaydi. 


Subyektiv bilimlar inson, insonlar guruhi yoki sun’iy bilimlar manbalaridan 
(kitob, o’quv kursi, gazeta, ilmiy jurnal,videofilm va boshqalar) olinadi. Inson 
yordamida olingan subyektiv bilimlarni izohlashda ushbu insonning dunyoqarashi, 
qobilyati, xulq-atvori, hayotiy tajribasi, professional faoliyat sohasi va h.k. kabi 
xususiyatlari e’tiborga olinishi lozim. 
Bilimlarni manbalardan olish xarakterlariga, foydalanish hamda ishonchlilik 
darajalari va maqsadga bog’liqligiga qarab sinflash 1.1-rasmda keltirilgan [1]. 
Bilimlar
 
Manbalardan bog’liqligi 
bo’yicha 
Apriorli 
Hosil qilinuvchi 
Qandaydir muammoli soha 
masalalarini yechishda 
foydalanish darajasiga 
bog’liqligi bo'yicha 
Ishonchlilik darajasiga 
bog’liqligi bo’yicha 
Exspertli 
Kuzatiladigan 
Xulosalaydigan 
Deklarativli (faktlar) 
Protsedurali 
Metabilimlar 
Muayyan ichonchlilikga ega 
bo’lgan bilimlar 
Noravshan ichonchlilik 
darajasiga ega bo’lgan bilimlar 
Maqsadga (churliligi) 
bog’liqligi bo’yicha 
Nusxa oluvchi bilimlar 
Tanishtiruvchi bilimlar 
Qobilyatni rivojlantiruvchi 
bilimlar 
Malakani oshiruvchi bilimlar 
1.1-rasm. Bilimlarni sinflash. 
Bilimlarni olishning manbalariga qarab ular aprior va hosil qilinadigan 
bilimlarga bo’linadi [1]. Aprior bilimlar MBni o’z ichiga olgan intellektual 
tizim(IT)lar o’z faoliyatini boshlanguncha undagi MBda aniqlanadi va to’planadi. 
Aprior bilimlardan farqli ravishda, hosil qilinuvchi bilimlar MBdan foydalanish 
jarayonida shakllantiriladi. 
Ushbu bilimlarning manbalari sifatida exspertlar, tashqi sun’iy kuzatuvchi 
qurilmalar (turli xildagi datchiklar, timsollarni angllash mexanizmlari va h.k) hamda 


intellektual tizim doirasida bilimlarni hosil qilish va xulosalash qoidalari hamda 
protseduralari bo’lishi mumkin. 


Bilimlardan foydalanish aspektlariga qarab ularni deklarativli (faktlar, 
ma’lumotlarning tavsifiy tipi), protsedurali (qandaydir muammoli sohada bir xil 
tipdagi masalalarni yechish uslublari haqidagi axborotlar) va metabilimlarga 
(bilimlar haqidagi bilimlar) ajratish mumkin [1]. 
Deklarativ bilimlar obyektlarni va ular orasidagi munosabatlarni tavsivlash 
uchun qo’llanildi. 
Protsedurali bilimlar –o’zini-o’zi izohlovchi bilimlardan iborat bo’lib, 
protseduralarni tavsiflashda qo’llaniladi. Bu protseduralarda PrSning hamda uning 
MBdagi modellari o’zgarishi bilan bog’liq harakatlari dasturlashtirilgan bo’lishi 
mumkin. Bunda bilimlar bazasining ba’zi qismlarini qayta ishlovchi maxsus 
protseduralar nabori joriy holatni ifodalaydi. 
Metabilimlar ko’p hollarda bilimlar haqidagi bilimlar shaklida aniqlanadi va 
bilimlardan foydalanish prinsiplari haqidagi umumiy ma’lumotlardan iborat bo’ladi. 
Metabilimlar tipiga protsedurali bilimlarni tanlash va qo’llashni boshqarish 
strategiyalari ham kiradi. 
Bundan tashqari ba’zi adabiyotlarda bilimlarni quyidagi tiplarga ajratishadi 
[2-4]: 
 
• interfeysli – atrof-muhit bilan aloqa qiluvchi 
bilimlar; 
• muammoli- PrS haqidagi bilimlar; 
• protsedurali - masalarni yechish usullari haqidagi 
bilimlar; 
• strukturali – operatsion tizimlar haqidagi bilimlar; 
• metabilimlar – bilimlarning hossalari haqidagi 
bilimlar. 
Maqsadga yo’naltirilganlik nuqtai-nazaridan
 
bilimlarni 
extensionalli 
(aniq, tashqi) va intensionalli (abstraktli, maqsadli) tiplarga ajratish mumkin [2- 
4]. Extensionalli bilimlar haqiqiy olamdagi obyektlar haqidagi faktlarni ifodalaydi. 
Ushbu bilimlarga misollar sifatida relyatsion bazalarni keltirish mumkin: 
1) "Axmedov avtomobilga ega "; 
2) "Yerdan quyoshgacha bo’lgan masofa 150 mlrd. km"; 
Intensionalli bilimlar faktlarni bir-biri bilan bog’lovchi qoidalar yoki haqiqiy 
olam qonuniyatlarini ifodalaydi. Ushbu bilimlarga misollar sifatida mahsuliy 
bazalarni keltirish mumkin: 
1) "Inson shaxsiy mulkga ega bo’lishi mumkin, masalan, avtomobil "; 
2) "Planetada hayot bo’lishi uchun, u yerdan 100-300 mlrd.km 
masofada bo’lishi kerak "; 
Bilimlarni olish usullari. Bilimlar injenerining ekspert(mutaxassis)dan 
bilimlarni olishi uch rejimda amalga oshiriladi: protokolli tahlil, intervyu va 
professional faoliyatning o`yinli immitatsiyasi [1-4,13-16]. Protokolli tahlilda 


olingan bilimlar belgilab qo`yishdan iborat. Intervyu rejimida bilimlar injeneri 
ekspert bilan uni kerakli tomonga yo`naltirib, faol muloqotni olib boradi. O`yinli 
immitatsiyada ekspert uning professional faoliyati kechadigan holatga o`xshash 
holatga tushib qoladi. Uning harakatlarini turli holatlarda kuzatib bilimlar injeneri 
keyinchalik intervyu rejimida ekspert tomonidan chuqurlashtiriladigan ekspert 


bilimlar haqidagi o`z qarashlarini shakllantiradi. O`yinli imitatsiyaning prinsiplari 
turli ish o`yinlarida, maxsus trenajerlarda o`z o`rnini topdi. 
 

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling