Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali universiteti kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi


Download 2.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana18.10.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1709022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ANVAROV AZAMAT SHUXRAT O\'G\'LI Kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi fan nomi Mashinali o\'qitishga kirish

Kreditlarni olish uchun talablar: 
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil 
natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar xaqida mustaqil 
mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va 
topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirish. 
1. 
Ma’lumotlar va bilimlar 
 
Ma’lumotlar bu alohida faktlar bo’lib, predmet soha(PrS)dagi obyektlar, 
jarayonlar va hodisalarni hamda ularning xossalarini tavsiflaydi. 
Ma’lumot(belgi)larning turlari. Timsollarni anglovchi tizim(TAT)larni 
yaratishda eng asosiy masalalardan biri – bu timsollarni anglovchi obyektlarning 
xossalarini aniqlashdan iborat. Obyektlarning bu xossalaridan sinflarga xos boʻlgan 
belgilar 
hosil 
qilinadi. 
Belgilarning 
quyidagi 
turlari 
mavjud 
[2,4,30,33,38,43,44,51,76,93]: 
- determinalli belgilar; 
- ehtimolli belgilar; 
- mantiqiy belgilar
- strukturali belgilar. 
1. Determinalli belgilar – bu obyektlarning shunday xossalari boʻlib, ular aniq 
va doimiy sonli qiymatlarga ega boʻladi. Determinalli belgilarga misol tariqasida 
samolyotning xossalarini quyidagi 1.1-jadvaldagidek keltirish mumkin: 
1.1-jadval 
№ 
Xossalari 
Samolyot tiplari 
F-4E 
F-105E 
F-15 
F-100D 
Xanter 
1 Ekipaj 





2 Tezligi (km/s) 
2330 
2230 
2655 
1400 
1000 
3 Potolok (m) 
19000 
15000 
21000 
15000 
17000 
4 Vazni (t) 
26 
24 
25 
18 
11 
5 Samolyot uzunligi (m) 
18 
21 
19 
12 
13 
6 Dvigatellar soni 







Ushbu jadvalda har bir samolyotning xossalar 8-oʻlchovli belgilar fazosidan 
iborat. 
2. Ehtimolli belgilar - bu obyektlar xossalari tavakkalli (ehtimolli) xarakterga 
boʻladi. Bunday belgilar koʻproq tabiat va texnikada uchraydi. Bu belgilar bir vaqtda 
bir nechta sinfda uchraydigan obyektlarda uchrashi mumkin. Ehtimolli belgilarga 
misol tariqasida: 
- radiolokator signallari quvvatining oʻrtacha qiymati; 
- oʻsimlik bargining oʻlchamlari; 
- shaxs jinsining qandaydir patologik oʻzgarishi oʻlchovi va h.k. 
3. Mantiqiy belgilar - obyektlarda uchraydigan xossalarning mavjudligi (rost) 
yoki mavjud emasligi (yolgʻon) bilan aniqlanadi. Mantiqiy belgilarga misol 
tariqasida: 


- bemorda bosh ogʻrigʻining bor yoki yoʻqligi; 
- bemorda yoʻtalning bor yoki yoʻqligi; 
- reaktiv aralashmaning bor yoki yoʻqligi. 
Shuningdek, mantiqiy belgilar sifatida obyektlarning biror oraliqda berilgan 
xossalari ham olinishi mumkin. Masalan, bemor temperaturasi 38
0
dan kichik yoki 
katta. 
4. Strukturali belgilar - simvol koʻrinishida yoki tasvir koʻrinishida berilgan 
obyektlarda uchraydi. Strukturali belgilarga misol sifatida: 
- toʻgʻri toʻrtburchakni tasvirlash uchun toʻgʻri chiziqning gorizontal va 
vertikal kesmasi; 
- displey ekranida ixtiyoriy tasvirni hosil qilish uchun pikseldan foydalanish. 
Shunday qilib, TATni yaratishda obyektlarni xarakterlovchi belgilar 
roʻyxatini toʻliq aniqlash kerak. Belgilar roʻyxatini tanlash evristik operatsiya boʻlib, 
u belgilar hoʻyxatini tanlovchining mahoratiga bogʻliq. Shuningdek, belgilar 
determinalli, ehtimolli, mantiqiy va strukturali belgilardan iborat boʻlishi kerak. 
Misol. Sinflarning aprior roʻyxatini hosil qilish. Bu masalani yechish 
quyidagi pogʻonalardan iborat: 
1) Obyektlarni avtomatik boshqarishda yoki shaxs orqali boshqarishda 
qanday qaror qabul qilish kerakligi aniqlanadi, ya’ni obyektlarni tanib olish maqsadi 
qoʻyiladi; 
2) Yuqorida keltirilgan maqsad asosida sinflashtirish tamoyilini tanlashga 
erishish uchun TATga qoʻyiladigan talablar formallashtiriladi; 
3) Sinflar uchun belgilar roʻyxati tuziladi. 

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling