Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
- Bu sahifa navigatsiya:
- SABAB VA OQIBAT
250
BUTUN VA QISM U olam va undagi narsalarning tarkibiy tuzilishini anglatadi Butun va qism — falsafiy kategoriyalar Butun narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda joylashgan va o’zaro bog’langan yagonalikning ifodasidir. Qism butun tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o’z vazifasi (funktsiyasi)ni bajara oladigan alohidalikdir Ushbu tushunchalarning umumlashishi ob’ektiv olamdag’i xilma-xillikning mohiyatan yaxlitligi bilan ifodalanadi. Biroq ular alohida -alohida holatda ham voqelikdagi biron-bir reallikni idrok etishga imkon tug’diradi. Ob’ektiv olam bepoyon bo’lgani va u juda ko’p nisbiy butunliklardan tashkil topgani uchun butun boshqa butunlikning qismi bo’lishi, qismi esa boshqa elementlarga nisbatan butunvazifasini o’tashi ham mumkin. SABAB VA OQIBAT Sabab olamning harakati va uayyan vaqt doirasida bo’lgan o’zgarish- dan ' so’ng ikkinchi boshqa bir natija- ning zaruran kelib chiqishini ta’min- ovchi asosiy hodisani angla-tadi. Oqibat esa hodisa-lar zanjirida sabab-ning ta’siridan vujud-ga keladigan yangi hodisadir, sababning natija-sidir. Olam taraq - qiyotidagi bog’lanishlar sababiyatga, umumiy qonuniyatga bo’ysunadi, deb hisoblovchi ta’- limot fanda Determinizm oqimi, deb yuritiladi Aksincha, sababiyat va zaruriyatni inkor etib, bu Kategoriyalarni voqelikdan ajratgan holda tushunti- ruvchi oqim indeterminizm, deb ataladi. Olamdagi narsa va hodisalarning bir- biri bilan aloqadorligi, ta’siri va aks ta’sirini, voqelikka xos ana shunday munosabatlar jarayonidagi sabab hamda oqibat boglanishini ifodalay- digan kategoriyalardir. 251 5.9. Falsafiy kategoriyalar ZARURIYAT VA TASODIF Voqealar rivoji davomida sodir bo’ladigan hodisalarni tavsiflaidigan, ob’ektiv olamdagi aloqadorlikni ifoda etuvchi falsafiy kategoriyalar. Falsafaning boshqa kategoriyalari singari zaruriyat va tasodiflarning mazmuni hamda umumiy xususiyatlari haqidagi masala hozirga qadar o’tgan ko’plab faylasuflarning e’tiborini o’ziga jalb etgan edi. Ma’lum sharoit mavjud bo’lgan taqdirda albatta yuz beradigan hodisa yoki voqea zaruriyat, deb ataladi. Qadimgi dunyo falsafasi- ning Levkipp va Demokrit kabi vakillari yangi zamon falsafasining P.Golbax, B.Spinoza kabi namoyan- dalari metafizik deter- minizm pozitsiyasida tur- ganlari holda ana shunday qarashni ilgari surdilar. Ma’lum sharoit mavjud bo’lgan taqdirda albatta yuz beradigan hodisa yoki voqea zaruriyat, deb ataladi. Imkoniyat yangi narsa, hodisa va tamoyillar kelib chiqishini ifodalovchi muayyan shart-sharoit majmui, narsa, hodisaning ichki tabiatiga ko’ra zaruriy ravishda reallashishi lozim bo’lgan, biroq hali yuzaga chiqmagan voqelikdir. Voqelik esa imkoniyatning nisbatdoshi bo’lib, real holat va mavjud bo’lgan hodisalarni ifodalaydigan kategoriyadir. Olamdagi narsa, hodisalar taraqqiyotining davomiyligini, ularning bir-biriga o’tib turishini anglatadigan falsafiy kategoriyalar. O’zgarish, rivojlanish va hodisalarning vujudga kelishi, namoyon bo’lishi jarayonidagi o’zaro bog’liqlik bu olamdagi yangilanish, bir shakldagi narsalarning ikkinchisi bilan almashinishi, oddiy organizmlarning, jism va hodisalarning murakkabroq shakl va mazmundagilariga aylanish jarayonidir. Tabiiyki, bu jarayonlar o’z- o’zicha, mexanik tarzda sodir bo’lmay, muayyan zaruriyat, qonuniyat asosida ro’yobga chiqadi. Download 4.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling