28
to‘lqinlarda, shuningdek kichik sig‘imli
liniyalarda bu turdagi
antennalar, shuningdek parabolasimon antennalar qo‘llanilishi
mumkin.
Parabolasimon
antennalar
o‘rtacha sig‘imli liniyalardagi
detsimetrli diapazonda keng qo‘llaniladi. Kichik va o‘rta sig‘imli
santimetrli diapazonda asosan parabolasimon antennalar qo‘llaniladi.
Santimetrli diapazonda ishlaydigan katta sig‘imli va katta
masofali magistral
RRLlarda parabolasimon, rupor-parabolasimon,
nurlantirgichi chiqarilgan parabolasimon va ikki oynali antennalar
qo‘llaniladi. Bitta RRL antennasi
bir vaqtda ham uzatish, ham qabul
qilish uchun ishlatiladi.
Mobil aloqa tizimlari antennalari. Nisbatan uncha katta
bo‘lmagan
kuchaytirishi, uncha katta bo‘lmagan hajmlari va vazni
tufayli shtirli antennalar vaqtinchalik yoki harakatdagi bazaviy
stansiyalarda qo‘llaniladi. Zamonaviy sotali
tizimlarda statsionar
bazaviy stansiyalarda asosan chastotalarning takrorlanishi afzalliklari
tufayli sektorli antennalar qo‘llaniladi. Gorizontal tekislikda sektorli
YDni, masalan, burchakli reflektorli yarim to‘lqinli
vibratordan
foydalanish orqali olish mumkin. Sektorli YDni har bir qavatda
parallel vibratorlardan antennalar panjarasidan foydalanish orqali ham
olish mumkin.
Sotali
telefoniya
texnologiyasida
ishlatiladigan
ko‘plab
nurlantirgichlar shleyfli simmetrik vibrator,
spiralli antenna, chorak
to‘lqinli shtir va past profilli antennalar hisoblanadi [1].
Do'stlaringiz bilan baham: