Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
l = l gacha oshirilishi nurlanish qarshiligini ortishiga olib keladi. Lekin
u keyinchalik kamayadi, keyin yana ortadi. Umumiy holda R nurl kompleks xarakterga ega. Masalan, ingichka yarim to‘lqinli vibrator uchun R nurl = 73,1 Om va X nurl = 42,5 Om. Vibratorning qalinligini oshirish to‘lqin qarshiligini kamayishiga olib keladi Antennaning to‘lqin qarshiligi. Antennaning Z OA to‘lqin qarshiligi muhim parametrlardan biri hisoblanadi. Simmetrik vibrator ko‘rinishidagi antenna kiritilishi mumkin bo‘lgan l uzunlikli bittali silindrik sim uchun hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega: , bu yerda r p – simning radiusi. Kirish qarshiligi. Antennaning kirish qarshiligi antennaning uchlaridagi kuchlanishning ular orqali oqib o‘tadigan tokka nisbatidan iborat ko‘rsatkich hisoblanadi. Umumiy holda bu qarshilik kompleks xarakterga ega bo‘ladi: Z Akir = R Akir + iX Akir bu yerda R Akir – kirish qarshiligini aktiv tashkil etuvchisi; X Akir – kirish qarshiligini reaktiv tashkil etuvchisi. Yo’qotishlar qarshiligi. Yo’qotishlar qarshiligi quyidagicha aniqlanadi: R p = R n + R i + R yer , bu yerda R q – simlarning qizishiga yo‘qotishlar qarshiligi; 26 R i – antennaning izolyatorlaridagi yo‘qotishlar qarshiligi; R yer – yer va yerga ulash tizimlaridagi yo‘qotishlar qarshiligi. Antennaning samarali maydoni. Antennaning samarali maydoni antenna radiochastotalar energiyasini “ajratadigan” frontning o‘sha qismini xarakterlaydi. Antennaning samarali maydoni tushunchasi bir vibratorli, ko‘p vibratorli va boshqa murakkab qabul qilish antennalari uchun qo‘llaniladi. Miqdoran u antenna bilan moslashtirilgan qabulagichning kirishiga antennadan keladigan quvvatni R mos quvvatini qabul qilish nuqtasidagi radioto‘lqinning quvvati oqimi zichligiga nisbati sifatida aniqlanadi: A e = R mosl / S. Taqsimlangan sirtli ko‘p vibratorli, parabolasimon, linzali va boshqa antennalar uchun A e qiymat ularning S A geometrik maydoni bilan quyidagicha bog‘langan: A e = K A S A , bu yerda K A – tok amplitudasi va fazasi antennaning sirtida taqsimlanishi xarakteriga va antennaning tayyorlanishi aniqligiga bog‘liq bo‘lgan maydondan foydalanish koeffitsienti. Yo‘naltirilgan antennalarning katta qismi uchun K A ~ 0,8, lekin 0,5 dan 0,9 gacha o‘zgarishi mumkin. Antennaning samarali maydon va yo‘naltirilgan ish koeffitsienti orasida quyidagi bog‘lanish mavjud: A e = l 2 D / 4p . Antennaning ekvivalent sxemasi. Antennaning ekvivalent sxemasi 1.11-rasmdagi ko‘rinishga ega. Bu yerda qabul qilish antennasi yuklamaga nisbatan (E to‘g‘ ) EYUK hosil qiladigan va bu antenna uzatish rejimida ishlagandagi kirish qariligiga teng bo‘lgan ichki qarshilikka ega bo‘lgan generator sifatida qaraladi. Ma’lumki, generator, agar yuklama qarshiligi va generatorning ichki qarshiligi kompleks uyg‘unlashtirilgan hisoblansa, yuklamagan maksimal quvvatni beradi 27 1.11- rasm. Antennaning ekvivalent sxemasi Bu holda yuklamga maksimal quvvatni uzatilishi sharti Z kir = Z yuk ko‘rinishga ega bo‘ladi, ya’ni antennaning kirish qarshiligi va yuklamaning qarshiligi (fiderning to‘lqin qarshiligi) teng bo‘lishi kerak. Antennaning shovqin harorati. Yuqori sezgirlikli qabullagichlarga ulangan o‘ta yo‘naltirilgan qabul qilish antennalari uchun ko‘pincha antennaning T ASH shovqin haroratini bilish zarur bo‘ladi. U qabullgichning kirishiga ulanganida unda antennaning o‘zidagi kabi o‘sha quvvatni ajratadigan antennaning kirish qarshiligiga teng bo‘lgan qarshilikli rezistorning harorati sifatida aniqlanadi. O‘z issiqlik shovqinlariga bog‘liq bo‘lgan antennaning shovqinlar quvvati unchalik yuqori emas. Antennaning shovqinlari asosan qabullagichning kirishiga keladigan kosmik manbalardan radionurlanishlar, shuningdek yer atmosferasi va antenna yaqinida joylashgan predmetlardan issiqlik nurlanishlari orqali aniqlanadi: R ASH = KT ASH D f , bu yerda K = 1,38 10-23 Vt s/grad; D f – qabul qilish trakti chiziqli qismining o‘tkazish polosasi, Gs. Tikkaga yo‘naltirilgan o‘tkir yo‘naltirilgan antenna uchun T ASH 100 0 Kga va hatto undan kichikka yetishi mumkin, shu bilan bir vaqtda yer sirtiga yo‘naltirilganda T ASH ≥300 0 K bo‘ladi. Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling