Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radioqabul qilishga halaqitlar.
- Sanoat va atmosfera halaqitlari.
< l < 0,8· l
0 chegaralarda yotadigan sezilarli masofalarda yerning sferikligini hisobga olish zarur bo‘ladi. Shu bilan birga refraksiyaning ta’sirini yerning ekvivalent radiusidan foydalanish yo‘li bilan hisobga olish kerak bo‘ladi. Bunday masofalarda UQTni tarqalishi uchun metrologik sharoitlar ta’sir qiladi. Troposferaning sindirish koeffitsientining o‘zgarishi bilan to‘lqin traektoriyasining egriligi o‘zgaradi, binobarin, to‘g‘ri va yer sirtidan qaytgan nurlar uchun bu o‘zgarishlar turlicha bo‘lishi mumkin. Natijada to‘g‘ri va qaytgan nurlar orasidagi fazalar farqi o‘zgaradi, buning natijasida radioto‘lqinlar maydonlari sathi o‘zgaradi, signalning so‘nishi ro‘y beradi. Masofaning ortishi bilan so‘nishlarning halaqit qiluvchi ta’siri ortadi [1-3]. Radioqabul qilishga halaqitlar. Radioqabul qilish shartlari signal maydoni kuchlanganligini absolyut qiymatlari orqali emas, balki signal maydoni kuchlanganligini shovqin maydoni kuchlanganligiga nisbati orqali aniqlanadi. Turli aloqa turlari – radiotelefon, radiotelegraf, radioeshittirishni va boshqalarni amalga oshirish uchun ma’lum minimal signal/halaqit nisbati talab qilinadi. Bu joyda va berilgan to‘lqin diapazonida halaqitlar sathini aniqlashni bilish katta amaliy ahamiyatga ega. Binobarin, ma’lum halaqitlar sathi bo‘yicha talab qilinadigan maydon kuchlanganligini aniqlash mumkin. 18 Biz faqat tashqi halaqitlarni ko‘rib chiqamiz, radioapparaturalarning ichki shovqinlari esa qabullash qurilmalari fanida ko‘rib chiqiladi. Sanoat va atmosfera halaqitlari. Sanoat halaqitlari manbalari birinchidan, ishlashi uchqunlash bilan bog‘liq bo‘ladigan turli xil elektr qurilmalar, ikkinchidan, qisqaroq to‘lqinli stansiyalarning ishchi diapazoniga tushadigan asosiy chastotaning yuqori garmonikalarini nurlantiradigan radiostansiyalar hisoblanadi. Sanoat halaqitlari, ayniqsa 2000 ÷ 10000 m to‘lqinlar uzunliklarida halaqitlar maydoni kuchlanganligi 1000 mkV/mga yetadigan katta shaharlarda sezilarli bo‘ladi. Qisqaroq to‘lqinlarda sanoat halaqitlari kamayadi. Sanoat halaqitlari har bir holda maxsus o‘lchagichlar yordamida aniqlanadi. Sanoat halaqitlarini ularning vujudga kelishi joylarida ham radioto‘lqinlarni nurlanishiga, ham ularning ta’minot o‘tkazgichlari bo‘yicha tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan filtrlash va ekranlashning qo‘llanilishi yo‘li bilan so‘ndirish amalga oshiriladi. Atmosfera halaqitlarining asosiy manbai yashinlar hisoblanadi. Yashin razryadi vaqtida aperiodik xarakterga yoki so‘nuvchi tebranishlar xarakteriga va t = 0,1 ÷ 3 msek uzunlikka ega bo‘lgan quvvatli tok impulsi vujudga keladi. Bunday impuls uzluksiz chastotalar spektrini hosil qiladi, binobarin, spektrning sinusoidal tashkil etuvchilari amplitudasini chastotaga teskari proporsional kamaytiradi. Eng katta amplituda qiymatiga f Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling