Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114
g
= 1/t

chastotada, ya’ni 
300 ÷ 10000 Gs diapazonda erishiladi. 
Yashin razryadi vaqtida vujudga keladigan turli uzunliklardagi 
radioto‘lqinlar mos diapazonlar to‘lqinlariga o‘xshash tarqaladi va 
qabulash qurilmalariga halaqitlar ko‘rinishida ta’sir qiladi. 
Atmosfera halaqitlariga o‘rta to‘lqinlar sohalarida va qisman 
qisqa to‘lqinlar sohalarida yotadigan diapazonlar eng ko‘p uchraydi.
UQT diapazonida atomsfera halaqitlarining ta’siri sanoat 
halaqitlari kabi sezilarli emas. 
Kosmik halaqitlar. Yerdan tashqi manbalar hosil qiladigan 
radionurlanishlar kosmik radionurlanishlar, bu nurlanishlar hosil 
qiladigan halaqitlar esa kosmik halaqitlar deyiladi. 
Radionurlanishlarning asosiy manbai unga ko‘plab diskret 
manbalarning nurlanishlari qo‘shiladigan radionurlanish fonini hosil 
qiladigan galaktika hisoblanadi. Quvvatli radionurlanishlar asosiy 


19 
manbalari Quyosh, Yupiter, Saturn, Venera, Oy, Yulduzlar 
hisoblanadi. 
Galaktikaning 
radionurlanishlari 
barcha 
yo‘nalishlarda 
kuzatiladi, lekin ayniqsa uning ekvotrial tekisligida galaktikaning 
markaziga yo‘nalishda intensiv hisoblanadi. 
Galaktikadagi halaqitlar 18 ÷ 30 MGs diapazonda eng intensiv 
hisoblanadi. Bu halaqitlar sathi juda doimiy, lekin yerning aylanishi 
hisobiga yer sirtining bu nuqtasida halaqitlar sathining sutkalik 
o‘zgarishi kuzatiladi. 
Quyosh va planetalarning radionurlanishlari galaktikaning 
radionurlanishlariga qaraganda ikkinchi darajali ahamiyatga ega
chunki u faqat antenna nurlanish manbaiga yo‘naltirilganida sezilarli 
halaqitlarni hosil qiladi. 
Quyoshning nurlanishi spektri murakkab va o‘zgaruvchan. 
Nurlanish intensivligi Quyoshdagi portlashlar va qo‘zg‘alishlar 
vaqtida keskin ortadi. Binobarin, bu eng kuchli qisqa to‘lqinlar 
diapazonida namoyon bo‘ladi. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling