Muhammadiyev shohjahonning


Klaster usulida daromad 4-5 barobar ortadi


Download 0.71 Mb.
bet7/11
Sana01.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1241096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shohjahon ipakchilik

Klaster usulida daromad 4-5 barobar ortadiIpakchilik sohasida etakchi hisoblangan Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlar investorlari bugun O’zbekistonga ishonchli hamkor sifatida qaramoqda. Buning asosiy sababi, pillachilik qisqa vaqt ichida mavsumiy tarmoqdan doimiyga aylantirilib, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilganidir. Gap shundaki, yurtimizda tarkibida kamida 4-5 ta korxonani birlashtirgan pillachilik-klasterlari yaratish sa’y-harakatlari allaqachon boshlab yuborildi. Ularda ipak qurti ozuqasini etishtirishdan tortib, pilla olish, ipak yigirish, mato to’qish va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo’lgan barcha bosqich qamrab olinadi.
Shu bilan birga, foydalanishga topshirilayotgan pillachilik majmualari qoshida parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik hamda quyonchilikni rivojlantirish, ikkilamchi qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish imkoniyati paydo bo’layapti.
— Jahon tajribasidan ma’lumki, pilla etishtirish o’ziga xos faoliyat turi bo’lib, unda muvaffaqiyatga erishish ishni tizimli yo’lga qo’yishga bog’liq, — deydi B. Sharipov. — Shu bois yurtimizda zanjirsimon usul amaliyotda qo’llanila boshlandi. 
Chunki daromadning asosiy qismini tayyor mahsulot ishlab chiqarganlar ilib ketishadi. O’zingiz bir hisoblab ko’ring. Jahon bozorida bir kilogramm ipakning bahosi 38 — 40 AQSh dollariga teng.
Agar u kalava qilinsa, narxi 55 dollargacha ortadi. Undan mato to’qib, kiyim-kechak tikib sotilsa, daromad 3 barobar ko’payadi. Vaholonki, ipak kalavasining har bir kilogrammidan 11 metrgacha mato to’qiladi. Xuddi shuningdek, gilamchilikni rivojlantirish ham koni foyda. Masalan, bitta gilam to’qish uchun o’rtacha 10 kilogramm ipak kalavasi kerak, xolos. Shu hisobda, ipak ip uchun 500 — 600 dollar atrofida mablag’ sarflanadi. Gilam tayyor bo’lgach, uning bahosi 10 marotaba oshib ketadi. Tarmoqda yuz berayotgan yangilanishlar, yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar innovatsion loyihalar ijrosiga ham keng yo’l ochib, noan’anaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishda rag’batlantiruvchi omilga aylangan. Negaki, ilgari pillachilikda faqat tola olingan bo’lsa, bugun ipak momig’i tayyorlanayapti. Tut bargidan shifobaxsh choy, ipak qurti g’umbagidan esa antiqa yog’ ishlab chiqarilish arafasida ekanligi tahsinga loyiq.
Mutaxassislarning qayd etishicha, bir litr g’umbak yog’i jahon bozorida 200 dollar atrofida baholanadi. Biroq shu paytgacha g’umbakning har kilogrammi parrandachilik, baliqchilik sanoati korxonalariga ozuqa sifatida 3-4 ming so’mga sotilgan, xolos.
Farmakologiya va kosmetologiya sanoatining muhim xom ashyosi sanalgan g’umbak yog’iga tashqi bozorda talab g’oyat yuqori. U xushro’ylashtiruvchi sovun hamda shampunlar, shuningdek, malham va surtmalar ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Bunday vositalar jarrohlikdan keyin qolgan chandiqlarni yo’qotish, soch to’kilishining oldini olish xususiyatiga egaligi bilan alohida qadrlanadi.
Bugungi kunda g’umbak yog’i korxonasi uchun zarur uskunalar Xitoy kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvga ko’ra, yurtimizga keltirilmoqda.
Buxoroda faoliyat boshlaydigan yana bir korxonada esa tut bargidan ekologik toza choy ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar Xitoydan keltirilgan bo’lsa, hademay, O’zbekiston uni eksport qiluvchilar safidan joy oladi.
Mamlakatimizda tutchoy ishlab chiqarish tabiiy imkoniyati nihoyatda katta. Chunki tutzorlarning har gektaridan 52,5 tonnadan tut bargi yig’ib olish mumkin. Shu bois joriy yilda foydalanishga topshiriladigan zavodning o’zida 218 tonna choy ishlab chiqarilishi ko’zda tutilgan. Natijada 1500 ta mavsumiy va 50 doimiy ish o’rni yaratilib, shu yilning o’zida 1,4 million dollarlik choy eksport qilinadi.
Kelgusida bunday korxonalar respublikamizning boshqa hududlarida ham barpo etiladi. Ular uchun xom ashyoning asosiy qismi kuzda jamg’ariladi. Bu paytda bahorgi mavsumdagidan 7 marta kam ipak qurti parvarishlanishini inobatga oladigan bo’lsak, barg tanqisligi aslo yuzaga kelmaydi. Qolaversa, tutchilikda innovatsiya qo’llanilib, o’rma tutzorlar barpo etilayaptiki, ular yiliga uch-to’rt marta barg beradi. Shuning hisobiga yurtimizda takroriy pilla etishtiruvchi kasanachilaru qayta ishlovchilar barg bilan barqaror ta’minlanadi.Kamalak tusli matolar jilosi Buyuk Ipak yo’lida joylashgan O’zbekiston ipakchiligi ko’p asrlik tarixga ega. Bugun azaliy an’analar yanada sayqallanib, milliy iftixorimizga aylangan matolar sanoat usulida ishlab chiqarilayotir. Axir xom ashyoning serobligi qayta ishlash quvvatlarini oshirishni taqozo qilayapti. Keyingi paytda ipak yigirish va mato to’qishga ixtisoslashtirilgan ko’plab loyihalar amalga oshirilayotganining boisi shunda.
Darhaqiqat, ayni paytda Andijon, Sirdaryo, Xorazm, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida ana shunday korxonalar barpo etilmoqda. “Andijon silk” shulardan biri bo’lib, bu erda joriy yilning may oyida dastlabki mahsulot tayyorlanadi. Mingdan ortiq ish o’rinlari yaratiladigan mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ekt tasarrufida maxsus qurtxona, quruq pillani qayta ishlash, ipak o’rash, yigiruv hamda tikuv tsexlari faoliyat ko’rsatadi. Buning evaziga ipakli matolardan kiyim-kechaklar, shuningdek, ipak momig’idan ko’rpa, yostiq, to’shaklar ishlab chiqariladi. Mahsulotlarning asosiy qismi eksport qilinishi ko’zda tutilgan. Ya’ni birinchi yil 3,5 million, ikkinchi yilda esa 12 million dollarlik xalq iste’moli mollari tashqi bozorga jo’natiladi.
3-Rasm


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling