Muhammadiyev shohjahonning
Download 0.71 Mb.
|
Shohjahon ipakchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- TerDU__2022-2023 Topshirdi: ______________ Qabul qildi: ______________ O`ZBEKISTONDA IPAKCHILIK SOHALARINING RIVOJLANISHI REJA
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI 4-BOSQICH G319-GURUH TALABASI MUHAMMADIYEV SHOHJAHONNING O`ZBEKISTON GEOGRAFIYASI FANIDAN “O`zbekistonda ipakchilik sohalarining rivojlanishi” MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI TerDU__2022-2023 Topshirdi: ______________ Qabul qildi: ______________ O`ZBEKISTONDA IPAKCHILIK SOHALARINING RIVOJLANISHI REJA KIRISH Ipakchilikning xalq xo'jaligidagi ahamiyati va oziqa bazasini rivojlantirish. O‘zbekiston pillachiligining tarixi va uning asoschilari. Ipak qurtining asosiy turlari va uni rivojlantirish omillari. Respublikada ipakchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari. So`ngi yillarda O`zbekistonda ipakchilik sohasining rivojlanishi. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Ipakchilik sanoati - yengil sanoat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sunʼiy ipak tolasi, yigirilgan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sunʼiy tolalar birikmasidan ipak (shoyi) gazlamalar toʻqib chiqaradi. Pilla chuvish (tortish), uning losidan ipak yigirish va toʻqilgan gazlamalarni pardozlash ham Ipakchilik sanoati .ga kiradi. Oʻzbekistonda ipakchilik tarmogi teran tarixiy ildizlar va anʼanalarga ega. Ipak qurti boqish va uning pil-lasidan tola olish, ipak gazmollar toʻqish dastlab Xitoyda vujudga kelgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish 4-asrda Xitoydan Buyuk ipak yoʻli orqali hozirgi Oʻzbekiston hudu-diga tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan kabi shaharlarda ishlab chiqarilgan turli-tuman shoyi gazlamalar mashhur boʻlgan. Shoyi gazmollar Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga chiqarilgan. 19-asrning 2-yarmidan boshlab Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan soʻng 1867-yildan boshlab Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Xoʻjand sh.larida dastlabki ipak kalavalash fabrikalari qurildi. Masalan, Oʻzbekistonga bi-rinchilardan boʻlib kelgan rus sanoatchisi I. I. Pervushin 1871-yilda Toshkentda araq va vino zavodi bilan birga pillakashlik fabrikasi ham qurdi. Lekin ipak gazlamalarning asosiy qismi maqalliy hunarmandlarning ustaxona (doʻkon)larida ishlab chiqarilar edi (mas, 19-asr oxirida Margʻilonda 120, Qoʻqonda 49 ta shoyi toʻqish ustaxonalari ishlagan). Pilladan yarim kustar holda (qozonlarda qaynatib) qoʻl charxlarida ipak (11,8 kg pilladan 1 kg ipak) olingan, qoʻlda boʻyalgan ipakdan atlas, adras, bekasam, olacha, turli abrli gazlamalar, baxmal, parcha qoʻl dastgoqlarida toʻqilgan. 1913-yilda Oʻzbekistonda qariyb 4 ming t pilla yetishtirilgan, uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari qoʻliga oʻtib, ipak olish uchun Italiya va Fransiyaga joʻnatilgan. 1921-yilda Oʻzbekistonda Fargʻona sh.da birinchi 56 qozonli pillakashlik fabrikasi ishga tushirildi. 1927—32 yillarda Samarqand, Buxoro, Margʻilon sh.larida ham pillakashlik fabrikalari qurildi. Ayni paytda pillakashlik fabrikalarida olingan ipak toladan shoyi toʻqish ham rivojlandi. Margʻilon atlas (1925), Namangan abrli gazlamalar (1925), Margʻilon shoyi (1928), Samarkand shoyi (1934) kombinatlari, Qoʻqon shoyi toʻqish fabrikasi (1926) ishga tushirildi. 1937-yilga qadar shoyi gazlamalar tabiiy ipakdan tayyorlanar edi. Kimyo sanoatining rivojlanishi natijasida sunʼiy ipak gazlamalar toʻqish ham keng ta-raqqiy etdi. 1940-yilga kelib Oʻzbekistondagi pillachilik fabrikalarida 9833 t pilla qayta ishlanib, shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi. Uning tarkibiga ipakli va aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi toʻqish korxonalari, shuningdek, tabiiy shoyi i. ch. va qayta ishlash boʻyicha Markaziy ilmiy tadqiqot institutini ("Shoyi" tadqiqot instituti, Margʻilon) oʻz ichiga oladigan "Shoyi" aksiyadorlik kompaniyasi hamda pilla xom ashyosi, ipak kalava ishlab chiqaradigan pillakashlik korxonalari, ipak qurti tayyorlanadigan zavodlar, ipak qurti naslchilik xoʻjaliklari, xom pillani qabul qilish va dastlabki ishlov berish korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot institutini oʻz ichiga oladigan "Pilla xolding" xolding kompaniyasi kiradi. Pilla xom ashyosini respublikaning oʻzida qayta ishlanishini taʼminlash maqsadlarida 2000-yil fevral oyida Oʻzbeki ston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan pilla xom ashyosi, ipak chiqindilari va ipak ipni res-publikadan chetga chiqarishga chek qoʻyildi. 1995-2000-yillarda Ipakchilik sanoatiga chet el investitsiyalarini jalb qilish, ipak ashyosini qayta ishlash, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chikarish va uni eksport qilishni koʻpaytirish boʻyicha muhim ishlar amalga oshirildi. "Pilla xolding" xolding kompaniyasi tarkibida 7 qoʻshma korxona: "Silk Road" Oʻzbekiston— Yaponiya (Namangan), "Kumush" Oʻzbekiston—Britaniya (Shahrisabz), "Silk indiastrz Ko" Oʻzbekistan—Vyetnam (Toshkent), "Tonmen" Oʻzbekistan— Janubiy Koreya (Toshkent viloyati), "Xadan" Oʻzbekiston—Xitoy (Buxoro), "Silk star" Oʻzbekistan—Singapur (Samarqand viloyati), "Buxoro—Kvashen" Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonalari tashkil etildi. 2000-yilda "Kumush" aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketini Buyuk Britaniyaning "Carthill invest ment" kompaniyasi 565 ming AQSH dollariga sotib oldi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling