Muhammadiyev shohjahonning


RESPUBLIKADA IPAKCHILIKNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI


Download 0.71 Mb.
bet5/11
Sana01.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1241096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shohjahon ipakchilik

4.RESPUBLIKADA IPAKCHILIKNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI
Pillachilik tarmog‘ining eng dolzarb muammosi yuqori navli raqobatbardosh pilla hamda ipak tolasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir. Sohadagi ushbu m uam m oni bartaraf etish maqsadida Vazirlar mahkamasining 2012-yil 3-yanvardagi 01-03-26-1 sonli «Fermer xo`jaliklarida 3 gektar va undan ortiq tutzorlar tashkil etib, ularning yonida 15 qutiga mo‘ljallangan qurtxonalar qurish to ‘g‘risida» hamda 2012-yil 12-noyabrdagi “o‘zpaxtasanoat” uyushmasi tizimidagi paxta punktlarida pilla yetishtirish va aholiga xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarorlar qabul qilindi.
Ushbu qaroriarga asosan, « o‘zpaxtasanoat» uyushmasi tizimidagi paxta zavodlari va ularning 196 ta paxta qabul qilish maskanlarida 50—70 qutidan ipak qurti boqib pilla yetishtirishni yo‘lga qo‘yish va qurtxonalar yonida intensiv texnologiyali tutzorlar tashkil qilish uchun 5 gektardan yer maydoni ajratish bo‘yicha tegishli idoralarga topshiriqlar beriladi.
Hozirgi kunda yuqoridagi topshiriqlar asosida 196 ta paxta qabul qilish maskanlari ichida yoki yonida 72x12 sxemada 70 quti ipak qurti boqish uchun qurtxonalar qurilib, tutzorlar tashkil qilish uchun Xitoydan tut ko‘chatlari keltirilib ekildi.
1-Jadval

O`zbekistonning yengil sanoat tarmoqlari.
Respublika ipakchilik sanoatida tabiiy ipak, kimyoviy va aralash iplardan mahsulot ishlab chiqariladi. Qadimdan Marg`ilon, Namangan, Qo’qon, Buxoro, Samarqand kabi shaharlar shoyi gazlamalar ishlab chiqarish bilan mashhur bo’lgan. Shoyi gazlama va zarli kiyimlar ishlab chiqarishda katta tajribaga ega bo’lgan o'zbek xalqi o'z udumlarini asrlar osha davom ettirib va takomillashtirib kelmoqda.
Respublikamizda sanoat usulidagi dastlabki pillakashlik fabrikasi 1921-yil Farg’ona shahrida ishga tushdi. 1926-1927 yillarda Samarqand, Buxoro va Marg`ilonda qurilgan.
1937 yilda sun`iy ipak gazlamalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Hozirgi vaqtda esa ushbu sohada Marg`ilon (1926), Farg`ona (1926), Samarqand (1927), Buxoro (1927), Toshkent (1959), Namangan (1966), Urganch (1975), Shahrisabz (1976) va Buloqboshi (1989) pillakashlik fabrikalari va ularning 12 ta filiallari ishlab turibdi.
Respublikada shoyi to’qish sanoatida Marg`ilon shoyi to’qish kombinati (1928), Marg`ilon "Atlas" (1925) va Namangan (1966) shoyi ishlab chiqarish birlashmalari, Namangan abrli gazlamalar kombinati (1925), Samarqand shoyi ishlab chiqarish birlashmasi (1934), Qo’qon shoyi to’qish fabrikasi (1926), Sho’rchi va Boysun shoyi to’qish fabrikalari faoliyat ko’rsatmoqda.
1942-yilda Marg’ilon pillakashlik fabrikasi asosida yirik shoyi kombinati (hozirgi Marg’ilon "Ipakchi" AJ) barpo etildi. Bu kombinat xilma-xil shoyi (krepdeshin, krepshifon, krepjarjet) gazlamalar ishlab chiqaradi. "Marg’ilon xonatlasi" AJ da esa xilma-xil milliy gazlamalar, birinchi navbatda atlas ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Mamlakat shoyi va atlas to’qish sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan krepdeshin, krepshifon, krepjorjet, atlas, xonatlas, beqasam, shoyi, sun`iy iplardan to’qilgan abrli gazlamalar xalqimiz ehtiyojini qondirib kelmoqda va xorijga eksport qilinmoqda. Ipak matolar doimo aholi uchun zarur bo`lgan va shuning uchun bunday mahsulotlar ishlab chiqarishga qiziqish yuqori bo`lgan. Ammo Turkistonning Rossiya mustamlakasiga aylantirishi va Rossiya sanoati ishlab chiqargan arzon ip gazlamalarning olib kelinishi mahalliy to`qimachilikka zarar ko`rsatdi.
Shunga qaramay yirik shaharlarda ayrim ipak matosi ishlab chiqaruvchi korxonalarni yirik pillakashlik fabrikalariga aylantirish boshlandi. Ammo bu kutilgan natijani bermagach, ipak mahsulotlari ishlab chiqarish qisqara boshladi. O`sha davrlarda Turkistonda mavjud ipakni qata ishlovchi korxonalarning 4/5 qismi Farg`ona viloyatida , asosan Marg`ilonda joylashgan edi.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling