Muhammadiyev shohjahonning


SO`NGI YILLARDA O`ZBEKISTONDA IPAKCHILIK SOHASINING RIVOJLANISHI


Download 0.71 Mb.
bet6/11
Sana01.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1241096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shohjahon ipakchilik

5.SO`NGI YILLARDA O`ZBEKISTONDA IPAKCHILIK SOHASINING RIVOJLANISHI
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “O’zbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etilgandan so’ng pillachilik sohasini rivojlantirish borasida ijobiy qadamlar tashlanib, tarmoqda o’nglanish, rivojlanish kuzatila boshlandi.
O’zbekiston — ipakchilik sohasida boy tajriba, yuksak salohiyatga ega mamlakat. YUNESKO tomonidan o’zbek shoyi matolari — atlas va adras tayyorlashning qadimiy texnologiyasi nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish ro’yxatiga kiritilgani buning amaliy tasdig’i, dunyo hamjamiyatining yuksak e’tirofidir. 
Biroq keyingi paytda ipakchiligimiz dovrug’i pasayib, aholi orasida ipak qurti parvarishlashga ishtiyoq susaygan edi. Oqibatda pilla etishtirish, uni chuqur qayta ishlash va eksport qilish ko’rsatkichlari keskin tushib ketdi. Shunday paytda Prezidentimizning 2017 yil 29 martdagi qarori bilan tarkibida 210 ga yaqin korxona hamda tashkilotlarni birlashtirgan “O’zbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etilgach, bamisoli ko’pdan buyon ko’milib qolgan buloq ko’zi ochilgandek bo’ldi. Takroriy pilla: tasavvurimizga sig’magan yangilik
Soha fidoyilarining e’tiroficha, 2017 yilda o’zbek pillachiligi tarixida yangi sahifa ochildi. Ya’ni ko’pchilikning tasavvuriga ham sig’magan ish — takroriy pilla etishtirish muvaffaqiyatli yo’lga qo’yildi: mamlakatimiz bo’yicha ikki marta, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida esa hatto uch marta ipak qurti parvarishlanib, sanoatbop pilla olindi.
Ilgari yilda bir marta ham mo’ljaldagi hosil olinmagan yurtimiz sharoitida erishilgan natija hammaning havasini keltirmoqda, — deydi “O’zbekipaksanoat” uyushmasi raisi Bahrom Sharipov. — Joriy yilda uch marta, keyingi yillarda esa to’rt martadan ortiq “kumush tola” etishtiramiz.
Yangilikni amaliyotda qo’llash uchun katta mablag’ sarflanmadi. Balandparvoz gaplar, bir necha yillar ilgari ishlab chiqilib, amaliy natija bermagan “indeks”lardan voz kechilgan holda, oddiy hamda puxta hisob-kitoblar asosiga qurilgan loyihalar real hayotga tatbiq etildi, xolos.
Shu bilan birga, xorij tajribasi chuqur o’rganilib, innovatsion g’oya va texnologiyalar keng joriy etila boshlandi. Bunda nainki ipak qurti parvarishlash jarayoniga, balki ozuqa etishtirish, zarur uskuna hamda jihozlar etkazib berish, qayta ishlash bosqichlariga ham ilg’or ishlanmalarni tatbiq qilish chora-tadbirlari ko’rilayapti. Shu ma’noda, innovatsion pillaxonalar yangicha ish tarzimizning dastlabki mevasi bo’ldi.
Shu o’rinda yana bir muhim omilni alohida ta’kidlash joiz. U ham bo’lsa, pillachillarning moddiy manfaatdorligi oshirilib, har tomonlama g’amxo’rlik ko’rsatilayotganidir. Gap shundaki, uy sharoitida pilla etishtirgan fuqarolar daromad solig’idan ozod qilinib, ularning bir mavsum ishlagan davrlari pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o’tishi huquqiy jihatdan kafolatlangani pillachilik bilan shug’ullanib kelayotgan opa-singillarimiz uchun juda katta rag’bat bo’ldi.
Davlatimiz rahbari shu yilning yanvar oyida Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog’ida respublikamiz bo’yicha barpo etilgan 220 dan ortiq maxsus pilla etishtirish majmualaridan biri — Termiz tumanidagi “Inter Silk Pro” qo’shma korxonasiga qarashli pillaxona faoliyati bilan tanishar ekan, kelgusi besh yilda bunday pillaxonalarni 10 mingtaga, eksport hajmini esa yiliga 1 milliard AQSh dollariga etkazish haqida mutasaddilarga topshiriq berdi. Shunga muvofiq, mamlakatimizda ipakchilik sanoatini rivojlantirish bo’yicha “yo’l xaritasi” ishlab chiqildi. Unga ko’ra, joriy yilning o’zida 1000 ta ana shunday ob’ektni bunyod qilish ishlari jadallashtirib yuborildi. Bunda respublikamizdagi mavjud 43 ming gektar tutzorlar uyushma tasarrufiga o’tkazilayotgani ayni muddao bo’ldi. Uning har besh gektarida bittadan innovatsion pilla etishtirish maskani barpo etilayapti.
Ta’kidlash kerakki, ushbu pillaxonalarning afzalliklari ko’p. Ularda ipak qurti Xitoy texnologiyasi asosida plyonka ostida parvarishlanayotgani bois ozuqa sarfi 30 foizgacha kamayadi. Bargning qotib qolib, behuda yo’qotilishining oldi olinadi. Hududlar tabiiy-iqlim sharoiti inobatga olingan holda, imorati to’liq mahalliy xom ashyodan qurilgani tufayli esa iqtisodiy jihatdan tejamlidir. Yana bir muhim tomoni, bahorda issiq, yozda salqin bo’lishi hisobiga energiya resurslari sarfi o’ta kamdir. Eng asosiysi, mazkur usulda sun’iy dastadan foydalanilishi tufayli jahon standartlariga mos, yuqori sifatli pilla olinadi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling