Muhammadiyev shohjahonning
Ishlab chiqarish hajmi foizda
Download 0.71 Mb.
|
Shohjahon ipakchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`sish 100 foizga nibatan
Kiyim ishlab chiqarish 2021- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 3,3 % ni, fizik hajm indeksi esa 109,8 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,1 %, fizik hajm indeksi 102,6 % ni, ishlab chiqarish hajmi esa 2 837,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O'zbekistonda ipak ishlab chiqarishning qadimiy tarixi va boy an'analari, iqlim, aholining zichligi, shuningdek, qishloq joylarda mehnat resurslarining yuqori darajasi ipakchilikni investitsiya uchun istiqbolli tarmoqqa aylantiradi, — dedi FAOning yurtimizdagi vakolatxonasi loyiha koordinatori Sherzod Umarov. — “O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash» loyihasining amalga oshirilishi mazkur tizim va, umuman, qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishga xizmat qildi. XULOSA Mamlakatimizda ipakchilik tarmog'ining rivojalanish bosqichlari qadim tarixga borib taqaladi. Ipak qurti etishtirish va ipakni yigirish amaliyayoti bundan 4000 yil oldin O'zbekistonning janubida, shuningdek, Zarafshon daryosi bo'ylarida rivoj topganligiga doir ma'lumotlar mavjud. Bugungi kunda yurtimiz pilla etishtirish va ipak tolasi ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o'rinda turadi. Ajdodlarimiz tomonidan bir necha ming yil ilgari tamal toshi qo'yilgan pilla etishtirish an'analarining bardavomligi bejiz emas. Boisi, ushbu tarmoq uzoq yillar davomida xalqimizning asosiy mehnat mashg'ulotilaridan, daromad manbalaridan biri bo'lib kelgan. Bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, O'zbekistonda ipakchilik va pillachilik tarmog'ini rivojlantirishga oxirgi yillarda e'tibor ortdi. Prezidentimizning 2017 yil 29 martdagi “O'zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan yangi tuzilmaning ish boshlashi soha rivoji yo'lida tashlangan muhim qadam bo'ldi. Hujjatning asosiy maqsadi tarmoqni ilg'or texnologiyalar asosida tubdan isloh qilish orqali nafaqat “o'zbek ipagi”ning dunyo bozoridagi yangicha talqinini shakllantirishni, balki ko'plab odamlarni ish bilan ta'minlash imkoniyatini kengaytirishga ham qaratilgan. — Tuzilmaning tashkil etilishi ipakchilik va pillachilik tizimida yangicha yondashuvlar, jahon talablariga mos islohotlarni amalga oshirishga zamin hozirladi, — deydi “O'zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruv raisi Bahrom Sharipov. — Bu borada oxirgi to'rt yilda Prezidentimizning o'ndan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi. Bugun mazkur islohotlar o'zbek milliy ipak mahsulotlarining jahon bozorlariga chiqishi va sohada ishlab chiqarish hajmining bir necha barobarga ortishiga xizmat qilmoqda. Avvalo, tarmoqda ozuqa bazasining mustahkamlangani hisobiga pilla etishtirish hajmi joriy yilda 2017 yilga nisbatan 180 foizga o'sganini qayd etish joiz. Misol uchun bundan uch yil oldin respublikamizda 2 894 tup tut ko'chati ekilib, 184 gektar yangi tutzor barpo qilingan bo'lsa, 2020 yil bahor mavsumida 48 736 tup tut ko'chati hamda 3 658 gektar yangi tutzorlar tashkil etildi. Bugungi kunda mamlakatimiz bo'yicha 49 124 gektar maydonda tutzor, 69 763,9 million tup yakka qator tut daraxtlari mavjud. Tutzorlar sonining keskin oshirilishi natijasida tizimdagi pillani qayta ishlash korxonalarining yil davomida to'liq quvvat bilan faoliyat yuritishiga erishilmoqda. Sohani rivojlantirishda shubhasiz, xalqaro sherikchilik aloqalarni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. O'tgan davr mobaynida pillachilik tarmog'iga jami 175,4 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi natijasida 40 ta pillani qayta ishlash korxonasi modernizatsiya qilinib, 2019-2020 yillarda 14 ta yangi pilla qayta ishlash, 4 ta ipak qurti urug'i, 1 ta tut bargidan choy ishlab chiqarish korxonalari barpo etildi. 2020 yilda sohaga jami 15,6 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan bo'lib, shundan 6,34 million dollari korxonalarning o'z mablag'i, 6,04 million dollari tijorat bank kreditlari hamda 3,23 million dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tashkil etadi. Bundan tashqari, ipakchilikni rivojlantirish bo'yicha bir qancha xalqaro hamkorlik kelishulariga ham erishilgan. 2018 yilning 4—13 iyul` kunlari “O'zbekipaksanoat” uyushmasi delegatsiyasi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Vengriya, Avstriya, Italiya, Bel`giya va Turkiya davlatlarida bo'lib, xalqaro tashkilotlar, ipakchilik sohasida faoliyat yuritayotgan hamda texnologik asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi etakchi kompaniyalar vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvlar davomida qator hamkorlik hujjatlarini imzolashga muvaffaq bo'ldi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling