Muhammadiyev shohjahonning
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati
Download 0.71 Mb.
|
Shohjahon ipakchilik
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati
2021- yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 15,7 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 119,1 % ni tashkil etgan. Shuningdek, 2022- yilning yanvar-mart oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 15,8 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 3,8 % ga o‘sgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 14 504,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Yangi quvvatlarni barpo etishda “Buxoro brilliant silk” korxonasi tajriba maydoni vazifasini o’tayotgani bilan ahamiyatlidir. Negaki, tashqi bozordan mustahkam joy egallagan mazkur korxona o’zbek ipakchiligi shuhratini yoyishda katta rol o’ynayapti. O’tgan yili Hindiston, Eron, Turkiya, Vetnam va boshqa mamlakatlarga 2,5 million dollarlik mahsulotlar eksport qilingani, joriy yilda bu ko’rsatkich 3,5 million dollarga etkazilishi mo’ljallanayotgani bunga asos bo’la oladi. Korxonaning “Yulduzlar”, “Bahor”, “Binafsha”, “Nastarin”, “Atirgul”, “Yomg’ir”, “Kamalak” deya nomlangan tabiiy matolari esa ichki bozorda ham xaridorgir. Ular rangining yorqinligi, suv hamda quyosh nuriga chidamliligi, har qanday iqlimga mosligi bilan barchaga manzur bo’lmoqda. 15 million dollarlik investitsiya jalb etiladiO’zbekiston ipakchilik sohasida qo’lga kiritayotgan shu kabi yutuqlar xalqaro hamjamiyatning qiziqishini oshirmoqda. Joriy yil 9 — 13 aprel kunlari bo’lib o’tadigan Osiyo — Evropa ipakchilik forumi mezboni sifatida hunarmandu kosiblar yurti hisoblangan Buxoro shahri tanlangani fikrimiz tasdig’idir. Italiya ipak assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda yurtimizda birinchi marta tashkil etilayotgan mazkur nufuzli anjuman 2017 yil dekabr oyida Vena shahri (Avstriya)da o’tkazilgan O’zbekiston — Evropa xalqaro ipakchilik forumining mantiqiy davomi ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Unda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO), Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO), Italiya ipak assotsiatsiyasi rahbari Stefana Vitali rahbarligida ishbilarmon doiralar vakillari, chet ellik investorlar, salohiyatli tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlari mas’ul xodimlari qatnashishi kutilayapti. Forum doirasida mamlakatimiz pillachilik tarmog’iga 1 million AQSh dollari miqdoridagi grant mablag’lari va 15 million dollarlik imtiyozli kredit ajratish yuzasidan memorandum-kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan. Aytish joizki, shu paytga qadar sohada Xitoy, Vetnam kabi qirqdan ortiq davlatlar sarmoyasi ishtirokida qo’shma korxonalar tashkil qilingan bo’lsa, endi Italiya, Frantsiya, Germaniya kabi Evropa davlatlari bilan hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga chiqmoqda. Binobarin, jalb etilayotgan investitsiyalarning salmoqli qismi O’zbekistonda tajriba loyihalarni amalga oshirish mo’ljallangan Evropa sanoat parki ijrosiga yo’naltiriladi. Ko’rinib turibdiki, yangicha ish tutumi, sohaga innovatsion yondashuv tanazzul yoqasiga kelib qolgan pillachilik tarmog’ini qayta tiklabgina qolmasdan, balki uning taraqqiyot sari yuz burishiga keng yo’l ochib berdi. Zotan, yurtimizda olib borilayotgan shiddatli islohotlardan ko’zlangan maqsad ham shu — qaysi soha bo’lmasin, uni odamlar uchun muhim daromad manbaiga, iqtisodiyotimiz tayanchiga aylantirish. Yer yuzining har qanday burchagida qiyosi topilmaydigan atlas, adras matolari rango-rang jilosi bilan kishini maftun etadi. Chunki, xalqimizning nafaqat zamonaviy taraqqiyoti, balki qadim o'tmishidan so'zlaguvchi bejirim bu kabi matolarimizga so'nggi yillarda xorijliklarda ham qiziqish ortib, dunyoning mashhur dizaynerlari tomonidan yaratilayotgan liboslar kollektsiyalaridan munosib joy egallamoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamda “O'zbekipaksanoat” uyushmasi hamkorligidagi “O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida o'tkazilgan “Xalqaro investitsiya forumi” va “Silk and Fashion” o'zbek ipak matolaridan tikilgan liboslar namoyishi ham chet elliklarning diqqat-e'tiborida bo'ldi. Namoyishda o'zbek dizaynerlari tomonidan bir-birini takrorlamaydigan 10 dan ortiq liboslar kollektsiyasi taqdim etildi. Zamonaviy dekoratsiya va yorqin chiroqlar bilan bezatilgan namoyish yo'lagi yosh dizaynerlar uchun o'ziga xos ijod maydoniga aylandi. Yo'lak bo'ylab ketma-ket o'tayotgan harir liboslar jilosi va zaldagi ishtirokchilarning taassurotlari xalqaro forumning 100 ga yaqin xorijlik mehmonlariga onlayn translatsiya tarzida etkazilib, o'zbek ipak matolarining jozibasini jonli ko'rishlari uchun imkoniyat yaratildi. Liboslar namoyishida ishtirok etgan Malika Sayfullaeva, Asal Qosimbekova, Madina Mavlonova, Gulruh Bozorova, Nilufar Kamolova, Dinara Ashurova, Maftuna Akbarova kabi yosh va iqtidorli dizaynerlar yaratgan liboslar kollektsiyasi yig'ilganlar e'tirofiga sazovor bo'ldi. Ular orqali nafaqat milliy ipak matolarimiz, balki xalqimizning boy madaniy merosi, ipakchilik yo'nalishidagi qadimiy va zamonaviy uslublari jahon ahliga yana bir karra namoyish etildi. “O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash” loyihasini o'tkazishda yurtimizda ipakchilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surish, ipak mahsulotlarini loyihalashdan tortib, marketinggacha bo'lgan jarayondagi asosiy to'siqlarni aniqlash va bartaraf etishni maqsad qilingan edi. Uni amalga oshirish jarayonida Samarqand, Farg'ona va Xorazm viloyatlarida ipak etishtirish, dizayn, mahsulotlarni diversifikatsiya qilish bo'yicha o'quv dasturi ham tashkil etildi. Bunda qishloq aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari, xususan, ishsiz yoshlar va ayollar, imkoniyati cheklangan shaxslar hamda keksalarga alohida e'tibor qaratildi. 2-Jadval
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling