Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
Shurflar va trubalar-to’g’ri burchakli (kovak) yoki yumaloq qismining
vertikal shaxta qailmasi ishlovi. Ular gorizontal yoki kichik burchak ostida joylashgan quruq bo’sh jinslarda yaratilgan (23.1-rasm). Shurfning odatiy chuqurligi 10 - 12 m, ayrim hollarda esa - 30 m gacha bo’ladi. Shurfning ko’ndalang kesmasining maydoni – 0,8 dan 4 m 2 bo’ladi. Shurflarda va trubkalarda penetrometr yordamida jinslarning har bir qatlamini konsistentsiyasini aniqlash qulaydir. Ulardanlaboratoriya sharoitda o’rganish uchun strukturasi va namligi o’zgarmagan namuna va monolitlar olinadi. Asl namlikni saqlab qolish uchun namunalar parafinlanadi. Shurf (nem.) - yer yuzasiga chiqish yo’liga ega bo’lgan vertikal, ba’zan qiya kon inshooti, chuqurligi 25 m. gacha bo’ladi. Yer yuzasidan foydali qazilmalarni izlash va razvedka qilish hamda muhandislik geol. si va gidrogeologik tadqiqotlar qilish maqsadida o’tkaziladi. Foydali qazilmalarni qidirish, suvni 181 chiqarib tashlash, shamollatish, material-larni yuqoriga chiqarish, odamlarni pastga tushirib chiqarish maqsadlarida foydalaniladi. Mustahkam bo’lmagan tog’ jinslaridan o’tadigan Shurflar mustahkamlanadi, chuq. 10 m dan ortiqlari shamollatiladi. Shurf-lar kvadrat yoki to’g’ri to’rtburchak, yumaloq shakllarda bo’ladi. Shaxta, shaxta stvoli - kon ishlarini bajarish uchun, yer yuzasiga chiqish yo’liga ega bo’lgan, yer ostidagi tik yoki nisbatan qiya, ko’ndalang kesimi uncha katta bo’lmagan (4,5*6,5 m gacha) kon inshooti. Shaxtalar liftlar, izli yoki konveyerli transportlar bilan, qurilish paytida esa paqirlar bilan jihozlanadi. Shaxta larning ko’ndalang kesimi dumaloq, ba’zan to’g’ri burchakli, kamdankam elliptik shaklda bo’ladi. Nisbatan qiya shaxta stvollari to’g’ri burchakli, ravoq shaklida va dumaloq bo’lishi mumkin. Shaxta devorlari beton, temirbeton, katta hajmli temir va cho’yan gardishlar bilan mustahkamlanadi. Shaxta stvoli odamlarni tushirib-chiqarish, mustahkamlovchi yog’ochlarni tushirish, rudaga aralashgan - keraksizjinslarni chiqarib olish va shaxtani shamollatish, yer osti suvlarini chiqarish va razvedka maqsadlari uchun kavlanadi. Shaxta stvoli turlaridan - yer yuzasiga chiqish yo’liga ega bo’lmagan (ko’r stvol), shaxtaning past qismidan yuqori qismiga foydali qazilmalarni tashib beruvchi tik kon inshooti mavjud. Shaxta larning xizmat ko’rsatish muddati katta konlarda 50 - 70 yilga yetadi. Dunyoda eng chuqur shaxtalar (chuqurligi 4 - 4,5 km) Hindiston («Chempion Rif» shahrisi)da va JAR («Vitvatersrand» va boshqalar)da mavjud. U yerdan oltin, kumush va olmoslar qazib chiqariladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling