Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27. LABORATORIYA VA KAMERAL ISHLAR. GEOLOGIK XARITA VA QIRQIMLARI. MUHANDISLIK GEOLOGIK HISOBOT 27.1. Laboratoriya va kameral ishlar
Inshootning
kengligi Qavatlar soniga qarab burg’u quduqlar chuqurligi, m 1 2 4 8 12 30 60 120 3,3 3,6 3,6 6 6,6 6,9 9,9 12,3 13,5 15,9 20,4 24,3 24 32,4 40,8 Mustahkamligi yuqori bo’lishi lozim inshoot va binolarning asosini o’rganishda ish chizmasi loyihasiga qo’shimcha ishlar kiritilishi mumkin, bu ishlar poydevorni qancha chuqurlikka joylashtirish lozimligi, uning o’lchamlariga oid bo’lib, o’tkazilgan ishlarning natijasiga uncha katta ta’sir etmaydi. Qurilish kotlovanlari qazishda har qanday qonuniyatga buysunmaydigan, fizika – mexanikaviy xossalari o’zgaruvchan tog’ jinslariga katta e’tibor berish shart. Ish loyihasida o’tkazilgan muhandislik - geologik tekshirish ishlari tamomila to’la, inshootning konstruktiv tomonlarini hisobga olgan holda, muhandislik - geologik sharoitni baholash bilan birga, qurilish olib borish uslublarini, poydevor turlarini va ularning tejamlilik tomonlarini asoslab berilishi kerak. 193 27. LABORATORIYA VA KAMERAL ISHLAR. GEOLOGIK XARITA VA QIRQIMLARI. MUHANDISLIK GEOLOGIK HISOBOT 27.1. Laboratoriya va kameral ishlar Laboratoriya ishlari muhandislik - geologik qidiruv tadqiqotlar davrida olingan suv, yaxlit jinslarni tajriba yo’li bilan aniqlashdan iborat. Bunday ishlar maxsus muhandislik – geologik laboratoriya, markaziy laboratoriyalarda, ba’zan dalalarda olib boriladi. Laboratoriyada – gruntlarning granulometrik tarkibi, fizik xossalaridan: hajmiy massasi, zichlik, tabiiy namligi, gilli gruntlarga xos bo’lgan xususiyatlardan: ivishi, bo’kishi, plastikligi, ichki ishqalanish burchagi, yonuvchanligi, siljishga qarshiligi, siqiluvchanligi va yer osti suvlarining ximiyaviy tekshirishlari kiradi. Tajribaviy ishlar gruntlarni tarkibi va fizik – mexanik xususiyatlari buyicha klassifikatsiyasini aniqlashtiradi, turli hisob ishlarida kerak bo’ladi. Kameral ishlar dalada va laboratoriyada aniqlangan natijalarni jamlab ularni tahlil qilishdan iboratdir. Jumladan: muhandis - geologik xaritalar, qirqimlar, kolonkalar, jadvallarni tuzish. Gruntlarning fizikaviy - mexanikaviy xususiyatlarining sonli ko’rsatgich- larini, rejim kuzatishlarini, jinslarning darzbardoshligini va boshqa ko’rsatgich- larni matematik ishlash shu jumladan EHM larda hisoblash. Turli hisobiy ishlar - masalan gruntlarning hisobiy mexanikaviy ko’rsatgichlarni hisoblash. Muhandislik - geologik tadqiqotlar tugatilgandan so’ng geologik hisobot tuziladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling