Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   192
Bog'liq
-qullanma

 
27.3. Geologik qirqimlar 
Agar geologik xaritalar yer sirtida turli tog’ jinslarining tarqalishini
ko’rsatar ekan, qirqim yer pustining ma’lum chiziq bo’yicha vertikal geologik 


195 
tuzilishi haqida tasavvur beradi. Ular joylarning ma’lum chuqurlikdagi geologik 
tuzilishini o’rganishga imkoniyat tug’diradi. 
Geologik qirqimlar chizish uchun eng avvalo uning topografik asosini
tiklash kerak. Rel’yefning gorizontallar bilan ifodalangan xaritasi orqali 
topografik profil’ tuzamiz. Qirqimda qatlamlarning nisbiy qalinligi va qiyaligini 
aniqroq ko’rsatish maqsadida vertikal masshtab gorizontal masshtabdan 10 marta 
katta qilib olinadi.
Qirqimning topografik asosiga geologik ma’lumotlarni tushiramiz. Buning
uchun qirqim chizigi bo’yicha ko’ringan qatlamning enini xaritadan o’lchab, 
qirqimning nolinchi chizig’iga yoki uning ostidagi tor yo’lga tushiramiz. Bundan 
tashqari, qirqimga bor gidrogeologik, muhandislik - geolgik ma’lumotlarni, 
qazilgan burg’ quduqlar va ulardan olingan natijalar tushiriladi (27.1-rasm). 
Bunday qirqimlar muhandislik - geologik deb ataladi. 
Qirqimlar qurilish rayonlarini muhandislik - geologik baholashda, zamin
jinslarini tanlashda va grunt suvlarini rejimini o’rganishda katta ahamiyatga ega. 
Muhandislik - geologik xaritalar o’rganilayotgan territoriya to’g’risida maxsus 
ma’lumot olishga imkon beradi. Muhandislik - geologik xarita tuzishda topografik, 
hamma turdagi geologik xaritalardan, muhandislik - geologik qidirish ishlarining 
27.1 – rasm. Chirchiq vodiysining hududlaridagi geologik – 
geomorfologik ko’ndalang kesimi (A.M. Xudoyberganov tuzgan). 


196 
natijalari va jinslarning xossalaridan foydalaniladi. Muhandislik - geologik 
xaritalar 3 turga:
1) Muhandislik - geologik sharoitlar;
2) Muhandislik - geologik rayonlashtirish;
3) Maxsus maqsadlarga mo’ljallangan muhandislik geologik xaritalarga 
bo’linadi. Muhandislik - geologik sharoiti xaritasida hamma tur yer usti qurilishlar 
to’g’risidagi axborotlar bo’ladi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling