Muhandislik geologik tadqiqotlar


SANOAT QURILISHIDA MUHANDISLIK - GEOLOGIK


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   192
Bog'liq
-qullanma

26. SANOAT QURILISHIDA MUHANDISLIK - GEOLOGIK 
QIDIRISH ISHLARI 
26.1.Texnikaviy loyiha, ish chizmasi (ikki bosqichli loyihalash) 
26.1.1.Texnikaviy ish loyihasi (bir bosqichli loyihalash) 
Hozirda sanoat qurilishida muhandislik - geologik qidirish ishlari 2,3
bosqichlarda olib boriladi. 
Texnikaviy loyiha bosqichida muhandislik - geologik sharoitni xarak-
terlash, qurilishga mo’ljallangan inshoot konturlarida burg’ quduqlari kovlash
qurilish uchastkalarida tajribaviy va statsionar ishlar olib borish ko’zda tutiladi. 
Hozirgi paytda quriladigan inshoot konturlarida olib borilgan ishlar ish chizmasi 
bosqichida kengaytirilar va bu orqali kerakli aniqlikda muhandislik - geologik 
xulosa olish mumkin edi, lekin bu ishlarni o’tkazish juda ko’p vaqt va mablag’ 
talab etadi.
Qurilishga mo’ljallangan inshoot konturi ma’lum bo’lmagan holda 
muhandislik - geologik tekshirish ishlari, qurilish uchun mo’ljallangan uchastka-
larning muhandislik - geologik sharoiti va ularni yuzaga keltiruvchi qonuniyatlar
ochib beriladi. 
Uchastkalarda tarqalgan tog’ jinslarining tarkibi, fizikaviy va mexanikaviy 
xossalari, ularning o’zgarish qonuniyatlarini, burg’ quduqlar va shurflardan 
olingan namunalarni o’rganish yo’li bilan olib boriladi.
Qurilish uchastkalarida olib boriladigan ishlarning hajmi geologik
sharoitga bog’liq bo’ladi. 
Qurilish uchastkalari geologik tuzilishlarining qanchalik murakkabligiga 
qarab, 3 guruhga bo’linadi; har bir guruh uchun kovlanadigan burg’ quduqlar va 
ular orasidagi masofa quyidagicha qabul qilinadi (26.1 - jadval). 
Shurf – to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qaziladigan quduq bo’lib, unda 
monolit (tog’ jinslari tabiiy tuzilishining buzilmagan o’lchamlari 20x20x20 sm) va 
namunalar (tabiiy strukturasi buzilgan) shurf devorlaridan olinadi. 


191 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling