Muhandislik geologik tadqiqotlar
TOG’ JINSLARINING DEFORMATIK TAVSIFINI VA
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29.1-rasm.
- Kvarts (SiO 2 )
29. TOG’ JINSLARINING DEFORMATIK TAVSIFINI VA
MUTAHKAMLIGINI ANIQLASH Yer qatlamida joylashgan tog’ jinslari geologik belgilariga ko’ra uch guruhga bo’linadi: magmatik (vulqondan otilib chiqqan) yoki birlamchi, cho’kindi yoki ikkilamchi, metamorf (shakli o’zgargan) jinslar (3.1-rasm). 29.1.Otilib chiqqan tog’ jinslari Chuqurdagi yaxlit toshib chiqqan vulqondan otilib chiqqan granit, sienit, diorit, gabbro. Qadimgi topilgani: kvarts, porfir, ortoklaz, diabaz, porfirit Yangi topilgani: liparit, traxit, andezit, bazal’t Sochiluvchan: vulqon, kuli vulqon qumi pemza Vulqon tufi; tuf; lava 29.1-rasm. Tog’ jinslarining xillari. Yer qatlamining quyi qismi magma deb ataluvchi yuqori haroratda erigan bo’tqasimon suyuqlikdan iborat. O’zining tarkibiga ko’ra, u yer qatlamidan kam farq qiladi. Magmaning yer yuzasiga otilib chiqqan qismi magmatik (yoki otilib chiqqan) jinslar deb ataladi. Tabiiy sharoitda shakllangan magmatik jinslar turli minerologik tarkibga va tuzilishga ega. Binobarin, ularning texnik xususiyatlari ham bir xil bo’lmaydi. 202 Yer qatlamining yoriqlari bo’ylab ko’tarilayotgan magma haroratning pasayishi natijasida chuqurlikda asta-sekin soviydi. Magmaning yer yuzasiga ko’tarilgan qismi esa tez sur’atda soviydi. 29.2. Jins hosil qiluvchi minerallar Yer qatlamini tashkil etuvchi barcha tabiiy toshlar minerallardan tashkil topgan. Tog’ jinsining xususiyatlari asosan shu jinsning tarkibiga kirgan minerallarning turiga, miqdoriga va zarrachalarning o’zaro bog’lanish kuchiga bog’liq. Quyida tog’ jinsi tarkibini tashkil etgan asosiy minerallar bilan tanishib chiqamiz. Kvarts (SiO 2 ) – asosan qumtuproqdan tashkil topgan yashirin yoki ochiq kristall shaklida uchraydigan nihoyatda zich, mustahkam va chidamli mineral. Kvartsning zichligi 2,5–2,8 g/sm 3 . Siqilishdagi mustahkamligi 200 MPa, cho’zilishdagisi esa 100 MPa dan ko’p. Qattiqlik shkalasida kvarts yettinchi o’rinda turadi. Oddiy haroratda kvarts barcha kislota va uning eritmalarida chidamlidir. Yuqori haroratda kvarts ftorli vodorod va fosfor kislotasi bilan reaktsiyaga kirishib, silikatlar hosil qiladi. Agar nam sharoitda reaktsiya davom ettirilsa, silikatlar hosil bo’ladi. Kvartsni 575 0 С dan 870 0 С gacha qizdirganda, u tridimit holatga aylanadi, ya’ni hajmi kattalashadi. Uning bu xususiyati kvarts ishlatiladigan buyumlar tayyorlashda e’tiborga olinishi zarur. 1710 0 C da esa kvarts suyuqlanadi va tez sovitilsa, kvarts shishasi hosil bo’ladi. Kvarts sanoatda o’tga chidamli buyumlar (dinas) tayyorlashda, sopol buyumlari ishlab chiqarishda, kvarts qumi esa shisha sanoatida va silikat g’ishti, kislotaga chidamli sementlar ishlab chiqarishda, shuningdek, qorishma va betonlar uchun mayda to’ldirgich sifatida ishlatiladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling