Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Dala shpati – silikatlar guruhida keng tarqalgan oq va qizg’ish rangli 
mineraldir. U silikatlar guruhidagi ortoklaz va plagaoklaz, al’bit, anortit jinslarida 
uchraydi. Kimyoviy tarkibi bo’yicha ortoklaz (K
2
O*Al
2
O
3
*6SiO
2
) alyumosilikat 
kaliydan farq qilmaydi. Ortoklaz to’g’ri burchak shaklidagi bo’laklarga 
parchalanadi. Qurilish sanoatida ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolariga tomonlari 


203 
qirrali yoki kichik burchak shaklida bo’linuvchan jinslar - plagioklaz, al’bit 
(alyumosilikat natriy - Na
2
О*Аl
2
О
3
*6SiO
2
) va anortit (alyumosilikat kal’tsiy – 
CaO*Al
2
O
3
*2SiO
2
) lar kiradi. Dala shpatining siqilishdagi mustahkamligi 
kvartsnikidan kam (120 - 170 MPa), erish harorati esa 1170–1550
0
C ga teng. Dala 
shpati atmosfera ta’sirida asta-sekin yemirilib, kaolin (chinni buyumlari 
ishlanadigan xom ashyoning bir turi), qumtuproq qumlari va boshqa jinslarga 
aylanadi. Toza dala shpatidan quyma sopol ashyolari ishlanadi.
Dala shpati va kvartsdan tashkil topgan jinslar pegmatitlar deb ataladi va 
asosan chinni buyumlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Slyuda - kimyoviy tarkibi jihatidan murakkab suvli alyumosilikatdir. 
Tabiatda slyudaning bir necha xili uchraydi. Shulardan eng ko’p tarqalganlari 
muskovit va biotitdir.
Muskovit – yaltiroq oq yoki kulrang holatda uchraydigan, qiyin eruvchan, 
kislotalar ta’siriga chidamli slyuda.
Biotit qora rangdagi, oson yemiriluvchan magnezial-temir slyuda. U 
yassi va yupqa qatlamga ajralish xususiyatiga ega.
Olivin asosan temir va magniy silikatlaridan tashkil topgan mineraldir. U 
ko’k rangli, atmosfera ta’siriga chidamsiz, suv ta’sirida esa hajmi kengayadi. U 
asbesttsement sanoatida va issiqlik o’tkazmaydigan ashyolar ishlab chiqarishda 
ko’p ishlatiladi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling