Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Piroksen va amfibollar guruhiga bo’g’iq rangli minerallardan quyidagilar 
kiradi: avgit, rogovaya obmanka va boshqalar. Bular kal’tsiy, magniy, temir va 
giltuproq silikatlaridan tashkil topgan. Bu guruhdagi minerallar yuqori 
mustahkamlikka ega. Magmatik tog’ jinslari ichida dala shpati 75 % ni tashkil 
etadi. Kvartsga nisbatan mustahkamligi va chidamliligining kichikligi sababli 
tabiatda ko’proq dala shpati qum sifatida uchraydi. Dala shpatining nurashi 
tarkibida uglekislota bo’lgan suv ta’sirida tezlashadi.
 
 
 


204 
29.3.Chuqurdagi yaxlit jinslar 
Granit – qurilishda keng tarqalgan magmatik tog’ jinsi. U bir tartibli 
kristall jins bo’lib, asosan kvarts (20-40 %), dala shpati - ortoklaz (40-70 %) va 
slyuda (5-20 %) dan tashkil topgan. Bundan tashqari, granit tarkibida ishqorli 
plagioklaz, rogovaya obmanka kabi minerallar ham uchraydi. Granit tiniq sariq 
yoki och qora rangda bo’lib, asosan tarkibidagi minerallar rangiga qarab o’zgaradi. 
Granitlar mayda, o’rta yirik kristalli, porfir kabi yaxlit va qatlam-qatlam (gneys 
jinsi singari) holatda bo’ladi. Granitning zichligi 2,6-2,8 g/sm
3
, g’ovakligi (0,5 -
1,5 %) va suv shimuvchanligi esa nihoyatda kam. Siqilishdagi mustahkamlik 
chegarasi 120–250 MPa, issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti 2,5–3,0 Vt/m-grad. 
ga teng. Granit ancha qattiq jins (MOOS shkalasiga ko’ra 6-7), ammo uni qayta 
ishlash va silliqlash uncha qiyin emas.  
Slyuda miqdori ko’p bo’lsa, granitni silliqlash qiyinlashadi. Granitning 
erish harorati 1400–1500
0
C. Harorat 750–800
0
C ga yetganda granit tarkibida 
kvarts kristallari kengayib, uning mustahkamligini kamaytiradi.  
Tosh ashyolar orasida granit yuqori texnik sifatga ega bo’lganligi sababli 
qurilishda (yo’l qurilishlarida, gidrotexnika inshootlarida, me’morchiliqda, bezak 
qismlar tayyorlashda) keng qo’llaniladi. U tabiatda har xil rangda uchraydi. Undagi 
dala shpati oq, kulrang, sariq, qizil va binafsha ranglarda bo’lishi mumkin. Shu 
sababli granit ajoyib pardozbop qurilish ashyosidir. Chidamli bo’lgani uchun ochiq 
sharoitda va zararli muhit ta’sirida ko’p ishlatiladi.  

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling