Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydalangan jinslar
- Organogen qatlamlar
- Alyumosilikatlar
29.4.Cho’kindi tog’ jinslari Bir qism sochiluvchan jinslar suv yoki shamol ta’sirida daryo, dengiz yoki ko’llar ostiga tushib, asrlar mobaynida ikkilamchi yoki cho’kindi jinslarga aylanadi. Mayda jinslarning bir qismi suvda eriydi, qolganlari esa geologik qatlamlar hosil qilib suv ostiga cho’kadi. Erigan jinslar o’ta to’yingan eritmalar hosil qiladi va kimyoviy cho’kindilar paydo bo’ladi. Qatlamlar bosimi ostida hamda tabiiy sementlarning o’zaro birikishi natijasida cho’kindilardan mustahkam va zich sementlangan jinslar hosil bo’ladi. Cho’kindi jinslarning g’ovaklarini to’la to’yingan eritmalardagi (SaSO 3 , SaSO 4 , temir oksidi) moddalar to’lg’izib, undagi mayda donalarni o’zaro yopishtiradi yoki boshqa so’z bilan aytganda, tabiiy sement vazifasini bajaradi. Tabiatdagi ko’pgina mineral qatlamlar hayvonot va o’simlik qoldiklarining o’zaro birikishidan hosil bo’lgan. Bunday jinslar organogenlar deb ataladi. Qurilishda qo’llaniladigan cho’kindi jinslarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: Maydalangan jinslar – loy, qum, shag’al, xarsangtosh, mayda tosh va sementlanib qolgan jinslar - konglomeratlar, brekchiylar, qumtoshlar; Kimyoviy cho’kindilar - gips, angidrid, ohaktoshning ayrim xillari, dolomit, magnezit, ohak tufi, mergel; Organogen qatlamlar – chig’anoq, ohaktosh, bo’r, trepel, diatomit, uglerodli jinslar (torf, neft, ozokerit). 208 Qurilish sanoatida ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolarining katta bir guruhi - cho’kindi jinslar g’ovakli va zich buyumlar tayyorlashda xom ashyo sifatida muhim ahamiyatga ega. Alyumosilikatlar cho’kindi jinslar tarkibida ko’p bo’ladi. Ular asosan tabiatda kaolin (Al 2 O 3 * 3 SO 2 *2H 2 O) va boshqa tog’ jinslarining yemirilishi natijasida vujudga kelgan mineraldir. Tuproqning tarkibi asosan kaolinitdan iborat. Uning solishtirma og’irligi 2,5–2,6, qattiqligi 1-2. Alyumosilikatlar cho’kindi jinslardan ohaktosh, dolomit, mergel, qumtosh va boshqa jinslar tarkibida ham uchraydi. Bu cho’kindi jinslar tarkibini asosan karbonat tuzlari tashkil etadi. Ayniqsa, ko’p tarqalgan kal’tsiy yoki ohak shpati deb ataluvchi kal’tsiy karbonati (SaSO 3 ) va magniy karbonat (MgSO 3 ) tuzlar guruhiga kiradi. Cho’kindi jinslardan gips va angidrid (SaSO 4* 2H 2 O*SaSO 4 ) asosan sul’fatlardan iborat. Yer yuzida cho’kindi tog’ jinslaridan eng ko’p uchraydigani kremnezem guruhiga kiruvchi opal, xalsedon va cho’kindi kvartslardir. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling