Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Opal (SiO
2
*2N
2
O) tarkibida 2 dan 14 % gacha suv bo’lgan amorf 
kristallanmagan) mineraldir. U rangsiz yoki xira oq. Unda aralashmalar ko’p
bo’lsa, sariq, ko’k, qora ranglarda bo’lishi mumkin. Zichligi 1900–2500 kg/m
3

qattiqligi 5–6, mo’rt.
Xalsedon (SiO
2
) tolali, yashirin kristalli kvartsdir. Tabiatda oq, kulrang, 
yaltiroq, sariq, qo’ng’ir va ko’k ranglarda uchraydi. Zichligi 2600 kg/m
3
, qattiq-
ligi - 6. Xalsedon opal mineralining kristallanishi hamda to’yingan quyqalar 
cho’kindisidan hosil bo’ladi.
Cho’kindi kvarts (SiO
2
) – cho’kindi tog’ jinslari tarkibida kvarts bo’lgan 
yoki opal bilan xaltsedonning qayta kristallanishidan hosil bo’lgan mineral. U 
ko’pincha kremnezemli tog’ jinslari tarkibida darz va yoriqlarni to’lg’izgan holatda 
uchraydi.
Tuproqli minerallar cho’kindi tog’ jinslari xossalarining o’zgarishida 
katta rol o’ynaydi. Bunday minerallar suvli alyumosilikatlar guruhiga kiradi. 
Shular ichida kaolinit, montmorillonit va slyudalar tabiatda keng tarqalgan.


209 
Kaolinit (Al
2
O
3
*2SiO
2
*2H
2
O) dala shpati, slyuda va har xil silikatlarning 
nurashi natijasida maydalanib yanada parchalanishidan hosil bo’lgan mineraldir. 
Rangi oq, ayrim hollarda qo’ng’ir va ko’k tuslarda ham uchraydi. Zichligi 2600 
kg/m
3
, qattiqligi - 1. Bu degani bo’r kabi yumshoq. Kaolinit tarkibida ko’p 
mineralli kaolin tuproqlari bor.
Montmorillonit – tog’ jinslarini ishqorli muhitda nurashidan hosil bo’lib, 
dengiz ostida cho’kindi holatda uchraydi. Tarkibidagi bentonit tuprog’i bog’lovchi 
modda sifatida qumtoshlarni o’zaro yopishtiradi va yaxlit holatda uchraydi. 
Montmorillonit tuproqlarda asosiy jins hosil qiluvchi mineraldir. Montmorillonit 
guruhidagi minerallar asosan cho’kindi tog’ jinslarida keng tarqalgan. Ohaktosh 
yoki qumtosh tarkibida tuproq minerallari 3 - 4 %dan oshib ketsa, ularning suv va 
muzlashga chidamliligi keskin kamayadi.
Cho’kindi tog’ jinslaridan dala shpati uzoq vaqt tabiiy muhit ta’sirida 
hamda kimyoviy minerallarning oksidlanishi natijasida asta - sekin gidroslyuda-

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling