Muhandislik geologik tadqiqotlar


lar deb ataluvchi tuproqli minerallarga aylanadi. Yana vaqt o’tishi bilan kimyoviy  nurash jarayoni tuproqli minerallarni kaolinitga (Al


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   192
Bog'liq
-qullanma

lar deb ataluvchi tuproqli minerallarga aylanadi. Yana vaqt o’tishi bilan kimyoviy 
nurash jarayoni tuproqli minerallarni kaolinitga (Al
2
O
3
*2SiO
2
*2H
2
O) aylantiradi. 
Bunday minerallar havo, muz va suv oqimi vositasida uzoklarga ko’chadi. 
Cho’kindi jinslar tabiatan magmatik tog’ jinslariga nisbatan g’ovakli mustahkam-
ligi kichik va zararli muhitda tez buziladigan xossalarga ega. Ayrim maydalangan 
tog’ jinslar ular tarkibidagi donalarni tabiiy bog’lovchi sementlar vositasida 
o’zaro yopishtirib har xil zichlikdagi jinslarini hosil qiladi. Masalan, kimyoviy
cho’kindi jinsning gips zichligi magmatik tog’ jinslaridan katta bo’lsada, lekin 
mustahkamligi anchagina kamdir. Bundan tashqari, gips suvda tez buziladi, 
zichlangan loy esa erib mayda zarracha va donalarga bo’linadi. Maydalangan 
sochiluvchan cho’kindi tog’ jinslarining asosiy xillari quyida keltirilgan.
Tuproqlar - kaolinit, kvarts, dala shpati, slyuda, kal’tsiy va magnit 
karbonatlari hamda temir oksidi kabi minerallardan tashkil topgan sochiluvchan 
jins. Tuproqni suv bilan qorishtirganda plastik holatga o’tadi. Quritganda esa o’z 
shaklini saklaydi, ammo qayta suv ta’sirida plastik holatga o’tadi. Bu xususiyat 
uni boshqa xom ashyolardan ajratib turadi.


210 
Qum - donalarining kattaligi 0,15 dan 5 mm. gacha bo’lgan sochiluvchan 
jins. Tarkibiga ko’ra qumlar kremniy, dala shpati, ohaktosh va pemzali turlarga 
bo’linadi.
Tog’ va jar qumlari notekis qirrali shaklda bo’ladi. Bunday qumlarda beton 
uchun zararli bo’lgan tuproq, chang aralashmasi va organik moddalar ko’p. Daryo 
va dengiz qumi yumaloq, sirti silliq bo’lib, tarkibida zararli aralashmalar kam. Ko’l 
qumida esa mayda tuproq zarrachalari ko’p miqdorni tashkil qiladi. Barxan qumi 
mayda va sirti silliq shaklda bo’ladi. Bunday qumdan beton konstruktsiyalari 
ishlansa, sement xarajati 15–30 %gacha ortadi.
Qum tarkibida tuproq miqdori 10 %dan kam bo’lsa - tuproqli qum, 10 
%dan ko’p bo’lsa - qumli tuproq deb ataladi. Qumning o’rtacha zichligi 1500
kg/m
3
. ga teng. Uni silkitib zichlanganda zichligi 1600–1700 kg/m
3
ga yetadi. 
Qum qanchalik mayda bo’lsa, namligining ortishi bilan hajmi ham kattalashadi. 
Qumni qabul qilishda uning namligi 1 dan 3 % gacha bo’lsa, hajmini 10 %ga 
kamaytirib olish lozim, agar namligi 3 dan 10 %gacha bo’lsa, hajmi 15 % 
kamaytiriladi. Qish sharoitida ochiq yerda saqlangan qumning hajmi har vaqt 15 % 
kamaytirib olinadi. Quruq qumning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti 0,3–0,4 
Vt/mtrad.
Qurilishda qum, asosan, beton va qorishmalar uchun mayda to’ldirgich 
sifatida ishlatiladi. Yaxshilab tuyilgan kremniy qumlari sementlar uchun faol 
gidravlik qo’shilma sifatida ham ishlatiladi.
Shag’al – har xil tog’ jinslarining parchalanishidan hosil bo’lgan 
sochiluvchan jins. Tashqi ko’rinishi bo’yicha shag’alning sirti silliq, yumaloq
shaklda bo’lib, yirikligi 5-80 mm. ga teng. Zichligi 2700-2900 kg/sm
3
, hajmiy 
massasi 1600 -1800 kg/sm
3
ga teng. Kelib chiqishiga ko’ra shag’al tog’, daryo va 
dengiz shag’allariga bo’linadi. Ular yumaloq, ignasimon, tuxum va yupqa 
patnissimon shakllarda uchraydi.
Tabiatda ko’p uchraydigan xarsangtoshlar tog’ jinslarining parchala-
nishidan kelib chiqqan, tabiiy sharoitda silliqlangan, yirikligi 150 mm dan katta 


211 
bo’lgan jins. Maydalangan xarsangtoshdan chaqiq toshlar olinadi va betonlar 
uchun yirik to’ldirgich sifatida ishlatiladi.
Sochiluvchan jinslarning yer qatlamining yuqori bosimi ostida o’zaro 
sementlanishidan hosil bo’lgan qumtosh – tabiiy sementlar vositasida qumning 
zichlanishi va nihoyat sementlanishidan hosil bo’lgan mustahkam jinsdir. U 
tarkibidagi bog’lovchi moddaning turiga ko’ra loyli, kremniyli, ohaktoshli, gipsli, 
bitumli qumtoshlarga bo’linadi. Loy vositasida zichlangan loyli qumtoshlar suvga 
chidamsiz bo’ladi.
Mayda kremniyli alyumosilikatlar (sementlar, opal, xaltsedon) bilan qumlar 
aralashmasining zichlanishi natijasida kremniyli qumtoshlar hosil bo’lgan. Uning 
siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 100–500 MPa, hajmiy zichligi 2400–2600 
kg/m
3
. Kremniyli qumtosh kislotaga chidamlidir, ammo uni ishlash qiyin. 
Qurilishda qumtosh betonlar uchun to’ldirgich, yo’lka va zinalar uchun plitalar 
sifatida ishlatiladi. Kremniyli qumtoshning ayrim xillari pardozlangan holda 
qoplama plita sifatida ham ishlatiladi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling