Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
Kvartsit – yer qatlamining yuqori bosimi ostida mayda kvarts donalarining
kremniy sementlari vositasida zichlanishidan hosil bo’lgan zich, kristall jins. Kvartsit o’zining zichligi, yuqori mustahkamligi, mo’rtligi va qattiqligi bilan boshqa jinslardan farq qiladi. U tabiatda oq, qizil, ko’kimtir, to’q qizil ranglarda 213 uchraydi. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 400 MPa dan kam emas. Zichligi 2500–2700 kg/m 3 , qattiqligi 7 ga teng. Kvartsit o’tga chidamli buyumlar tayyorlashda, shuningdek, beton uchun chaqiq tosh sifatida ishlatiladi. Asbest - serpantin guruhiga kiruvchi mineral bo’lib, uni maydalasa yupqa, ingichka elastik tolalarga bo’linadi. Asbest alangalanmaydi. U ishqor ta’siriga chidamli, tolasi yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan ashyo. Asbest sement va suv bilan qorishtirilganda turli qurilish qismlari va buyumlarini qoliplashga yarokli bo’ladigan plastik qorishma hosil bo’ladi va undan asbesttsement buyumlari ishlanadi. Asbest ikki xil: xrizotil – och ko’kimtir rangda, tolasi juda ingichka (0,0001 mm), mustahkamligi yuqori bo’ladi; amfibol – rogovaya obmanka (shox aldamchisi) guruhiga kiruvchi mineraldir. Qurilish sanoatida asosan xrizotil asbest ishlatiladi. Uning erish harorati 1500 0 C, ammo u kislotalar ta’siriga chidamsiz. Asbest o’tga chidamli gazlamalar, asbesttsement buyumlari, asbestli karton tayyorlashda va issiqlik izolyatsiya ashyolarini ishlab chiqarishda keng qo’llanadi. 29.6.Tog’ jinslaridan ishlangan qurilish materiallari 29.6.1.Tabiiy tosh Tabiiy toshlar zichligiga ko’ra yengil va og’ir turlarga bo’linadi. Zichligi 1800 kg/m 3 dan kam bo’lgan toshlarning tuzilishi serg’ovak (vulqon tufi, pemza, ohaktoshchig’anoqtosh) bo’lganligi uchun inshoot devorlaribop bloklar, yengil beton va qorishmalar uchun to’ldirgich sifatida keng ishlatiladi. Og’ir tosh ashyo- larning zichligi 1800 kg/m 3 dan katta bo’ladi, bularga granit, sienit, dioritlar kiradi. Bunday toshlardan qoplama va pardozbop ashyolar, pollar uchun toshtaxtalar yasaladi, shuningdek, gidrotexnika va yo’l qurilishida ko’plab ishlatiladi. Tabiiy toshlar ko’priklar, metro va noyob me’morchilik yodgorliklari qurilishida ham ishlatiladi. Devorlarning ichki va tashqi sirtlarini qoplashda ko’pincha marmar, angidrid, granit kabi toshlar ishlatiladi. Sopol va issiqlikka chidamli buyumlar, 214 bog’lovchi moddalar, issiqlikni kam o’tkazadigan ashyolar, shisha buyumlar tayyorlashda tog’ jinslari xom ashyo sifatida ishlatiladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling