Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zararli muhitga chidamliligi
O’tga chidamli tosh ashyolarning mineralogik tarkibi katta ahamiyatga
ega. Ular tarkibidagi gips 200 0 C haroratda, ohaktosh 900 0 C da buziladi. Granit va porfirlar yuqori haroratda inshootlarga o’t ketganda, kengayishi hisobiga yoriladi. Qattiqlik. Tabiiy tosh ashyolarning qattiqligini aniqlashda Moosning qattiqlik shkalasidan foydalaniladi (2-rasm). Maxsus tanlab olingan 10 xil mineral qattiqlik shkalasida shunday joylashtirilganki, navbatdagi mineral bilan o’zidan oldingi mineralni chizganda unda iz qoldiradi, lekin o’zini shu mineral bilan chizganda iz qoldirmaydi. Minerallarning qattiqligi quyidagicha aniqdanadi. Tekshirilayotgan minerallarning silliq yuzasiga shkalada ko’rsatilgan minerallarning hammasi bilan (yumshoq mineraldan boshlab) chizib ko’riladi. Bunda sinalayotgan namunada qaysi mineral iz qoldirganligini bilish kerak. Masalan, tekshirilayotgan namunani apatit bilan chizganda unda iz qolsa va namunaning o’zi plavik shpatda iz qoldirsa, u holda tekshirilayotgan mineralning qattiqlik ko’rsatkichi 4 - 5 bo’ladi. Mineral- ning qattiqligini bexato aniqlash uchun kamida 3 ta namunani sinovdan alohida- alohida o’tkazish va har birining qattiqligini uch marta aniqlash zarur. Ba’zi minerallarning qattiqlik ko’rsatkichlari bir-biriga yaqin bo’lishi va ular tashqi belgilariga ko’ra birbiridan kam farq qilishi mumkin. Masalan, kal’tsit bilan gips yoki angidrid xuddi shunday mineraldir. Bu holda namunaga xlorid kislotaning 10 % li eritmasidan tomiziladi, natijada, karbonat angidrid ajralib chiqadi. Mineral- ning turini xlorid kislota ta’sirida aniqlash ancha samarali usul hisoblanadi. Zararli muhitga chidamliligi. Tog’ jinslari atmosfera ta’sirida asta-sekin buzila boshlaydi. Muhit va yer osti suvlari tarkibida har xil moddalar - uglekislota, sul’fatlar, organik birikmalar bor. Agar tog’ jinslariga shu moddalar ta’sirini ko’rsatsa, ularning tarkibi asta-sekin o’zgara boradi va murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar 217 ro’y beradi. Tog’ jinslarining atrof-muhit ta’sirida buzilishi uning yemirilishi deyiladi. Jinslarning yemirilishga chidamliligi ularning tarkibiga, tuzilishiga va tabiatning ta’sir etuvchi omillariga bog’liq. Qurilishda ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolarni yemirilishdan va fizik- kimyoviy jarayonlar ta’siridan saklashning quyidagi usullari keng qo’llaniladi: sirti silliklangan va pardozlangan toshlarni ishlatish; tosh sirtida yomg’ir, qor suvlarining ushlanib qolishiga yo’l qo’ymaslik; tosh sirtiga kimyoviy usullar bilan ishlov berish va hokazo. Kimyoviy usullar bilan ishlov berishda tabiiy toshning sirtiga kimyoviy moddalar shimdiriladi. Modda toshdagi minerallar bilan birikib, uning sirtidagi g’ovaklarni to’lg’azadi. Natijada, ashyoning mustahkamligi, sovuqqa hamda kimyoviy eritmalar ta’siriga chidamliligi ortadi va suv shimuvchanligi kamayadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling